Biz Quyoshda sodir bo‘ladigan hodisalar bilan tanishib chiqdik, endi undan keyin Quyosh energiyasini kosmos orqali Er orbitasiga qanday etib kelishini ko‘rib chiqamiz.
Er atmosferasi tashqarisidagi fazoning istalgan nuqtasida Quyosh tomonidan beriladigan nurlanish (insolyasiya) deyarli turg‘un bo‘ladi. Er sirtida esa vaziyat quyidagi holatlarga ko‘ra o‘zgaradi:
Atmosferadagi gazlar nisbatan turg‘un. Oxirgi yillarda havoning zararlanishi tufayli global yoritilish kamayishi kuzatilmoqda, atmosferadagi qattiq aralashmalar, qazilma yoqilg‘ilar chiqindilari Quyosh energiyasini Ergacha etib kelishini kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Bulutlar ancha harakatchan va Erda joydan-joyga ko‘chib qiya soyalar berib turadi.
Er va uning orbitasi haqida tasavvur qilsak, biz Er o‘z o‘qi atrofida aylanishida Quyoshga nisbatan qiya joylashganini ko‘rishimiz mumkin. Er o‘zgarmas tezlik bilan aylanadi, Er orbitasining shunday nuqtalari topilishi mumkinki, uning ayrim qismlari ko‘proq yoritilishi mumkin va aksincha, chunki Er fazoda joylashgan. Erning o‘sha qismi kun davomida Quyoshga yaqinroq bo‘ladi. Bu esa fasllar bo‘lishining sababidir – jarayon 1.4- rasmda tasvirlangan.
Quyosh osmonning har xil joylarida ko‘rinadigandek bo‘lganligi uchun Quyosh qurilmamizni uni kuzatadigan qilishimiz kerak. 1.5- rasmda yassi kollektorni yilning turli vaqtlarida energiyadan samarali foydalanish uchun Quyoshning vaziyatiga qarab qanday o‘rnatish kerakligi tasvirlangan.