Zamonaviy quyosh elementlari fizikasi va texnologiyasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə7/8
tarix24.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#85454
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Zamonaviy quyosh elementlari fizikasi va texnologiyasi

1.4- rasm. Quyosh va fasllar


Xo‘sh, biz Quyosh energiyasidan qanday foydalanishimiz mumkin?


Bu haqda o‘ylaydigan bo‘lsak, Quyoshdan kelayotgan barcha energiya bir nuqtadan boshqa nuqtaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita uzatiladi.
Quyosh energiyasi-Quyosh quvvatidan ta’minlanadigan ko‘pchilik qurilmalar Quyosh energiyasini to‘g‘ridan to‘g‘ri yig‘adi va foydalanadi hamda uni biror foydali energiya turiga aylantirishi mumkin. Qurilmalar Quyosh energiyasini o‘zida to‘playdi va to‘g‘ridan to‘g‘ri foydali energiya manba’siga aylantiradi.
SHamol energiyasi -Quyosh beradigan issiqlik bizning atmosferamizda konvektiv oqimlarni hosil qiladi, bu oqimlar katta va kichik bosimli sohalar orasida
gradient bo‘lishi aniqdir. Havoning bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurishi shamol hosil qiladi va katta shamol generatorlaridan foydalanib Quyosh energiyasini olishga va uni elektr energiyaga aylantirishimiz mumkin



1.5- rasm. Yilning turli vaqtlariga nisbatan Quyosh vaziyatining o‘zgarishi


Gidroenergiya-Quyosh gidrologik siklni amalga oshiradi, ya’ni suv bug‘lanib osmonga ko‘tariladi va yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bilan erga qaytib tushadi. Buning ma’nosi suvning dengiz sathidan erning balandroq sathiga ko‘tarilishi bilan tushuntiriladi! Baland joylarda to‘g‘on hosil qilib suvni to‘plasak, uni turbinalar orqali tushirish bilan suvning gravitatsion potensial energiyasini elektr energiyasiga aylantirishimiz mumkin.
Biomassa - qazilma yoqilg‘ilarni tejash uchun biz uning o‘rnini bosadigan hosil etishtirishimiz mumkin. Daraxtlar biomassadir, ular yoqib ishlatiladigan o‘rmon hosil qiladi. SHakarqamishni ham etishtirsa bo‘ladi va uni bio-etanolga aylantirish mumkin, ular ichki yonuv dvigatellarida benzin o‘rnida ishlatiladi. Etishtiriladigan barcha o‘simlaklar Quyosh ta’sirida o‘sadi, shunday ekan ular ham Quyosh energiyasi mahsuli hisoblanadi.
Shunday qilib, fotoelektor yacheykalarida yorug‘lik nurlanish energiyasi elektr energiyasiga aylantiriladi. Fotoelektr yacheykalarini tayyorlashda birinchi bo‘lib mono yoki polikristall kremniydan foydalanilgan (1.6 – rasm). Hozirgi kunda bu elementdan tayyorlanadigan yacheykalar, butun dunyoda o‘rnatilgan tizimlarning 80 % ni tashkil etadi. Ularning foydali ish koeffitsenti 11 – 16 % ni tashkil etadi.




Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin