1. Zamonaviy quyosh elementlari fizikasi va texnologiyasi
2. Fotoelektrik batareyalar va qurilmalar texnologiyalarining rivojlanishtarixi
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon quyoshga sig‘inib kelgan, uni xudo o‘rnida ko‘rganlar. Chunki u xaqiqatdan xam yer yuzida hayot manbaidir. Qadimgi Misr fira’vinlaridan biri (Nefyertitining yeri) Exnaton ismini qabul qilgan (Atonga
quyoshga sajda qiluvchi), ya’ni Exnaton – tabiiy termayadro reaktoriga sajda qilgan. Quyoshdagi energiyani hosil bo‘lishi – termayadro reaksiyasi tufaylidir. Quyosh nurlari – bu vodorodning 4 dona va geliyning bir dona atomining qo‘shilganidir.
Quyosh bizdan 92.25·106mil uzoqlikda, yoki metrlarda 149,6·106 km narida (1.1- rasm). Bunday katta masofani tasavvur qilish uchun sekundiga 299792458 metr bosib o‘tadigan yorug‘likni olib qaraydigan bo‘lsak, u bizga etib kelishi uchun 8,31 minut kerak bo‘ladi. Amerikadan uchib o‘tayotgan samolyot misolida xayoliy tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin. U soatiga 500 mil tezlik bilan harakatlansa, to‘rt soat kerak bo‘ladi. Agar siz yorug‘lik tezligida harakatlansangiz Er atrofida ekvator bo‘ylab sekundiga etti yarim marotaba aylanasiz. Endi shunday tezlikda 8,31 minut harakatlansangiz qanchalik uzoq masofaga borishingizni tasavvur qilishingiz mumkin.
U nafaqat uzoqda, balki u juda ham ulkandir. Uning diametri 864950 mil; agar siz metrli standardda ishlaydigan bo‘lsangiz u 1392 million km ga teng bo‘ladi.
Quyosh juda uzoqda bo‘lganligi bilan – u o‘ta katta! Siz bizgacha nisbatan kam energiya etib keladi deb o‘ylashingiz mumkin, aslida bizgacha etib kelayotgan Quyosh nurlanish energiyasining miqdori yillik global energiya sarfidan 10000
marta katta. Yiliga bir kvadrat metrga o‘rtacha 1700 kVt·soat Quyosh energiyasi tushadi.
Er sirtini bir mil qalinlikda qora suyuqlik qatlam bilan isitish uchun qoplasak, biz Er sirtiga tushayotgan energiyani to‘plovchi manba’ga ega bo‘lamiz degan g‘oya endi bema’ni emasdek tuyuladi. Quyosh energiyasi Ergacha etib kelganida uni o‘rab turgan atmosferada 19 % yutiladi va yana 35 % bulutlarda yutiladi.
Quyosh energiyasi Erni faqat davomiy ravishda qizdiradi, bu sarflanishlar behuda yo‘qotilayotgan energiyani foydali energiyaga aylantiruvchi texnologiyani talab qiladi, ya’ni bunda biz biror foydali ish bajara olishimiz zarur.