Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko`rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o`stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko`paytirish kerak bo`ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o`sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o`sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo`lgan sarflarni qisqartirish kerak bo`ladi.
Xizmat ko`rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma`muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to`lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta`minlovchi omillari bo`lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta`sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizatsiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya`ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko`zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko`z ilg’amaydigan bo`lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo`ladi.
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to`planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo`yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo`yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo`yicha ham guruhlarga bo`lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo`lib ko`rish mumkin:
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar;
- ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya`ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o`qiladigan ma`ruzalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2. Mahsulot tannarxini kal’kulyatsiya etish;
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo`limlariga etkaziladi.
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o`zida hisob qilinadigan ko`rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko`rsatkichlaridan biri bo`lib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo`lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo`lgan holda (masalan, xuddi o`sha mahsulotning narxi barqaror bo`lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko`p bo`ladi.
Xulosa Xulosa qilib shuni aytganda mamlakat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishda sanoat korxonalarini roli. Sanoat ishlab chiqarishning vujudga kelishi, tarixiy, an`anaviy rivojlanish yo`llari. To’qimachilik sanoatini milliy iqtisodiyotning rivojlanishidagi ahamiyati. Sanoatni tadqiq qilishdagi geografik yo`nalishlar. Sanoatni hududiy tashkil etish.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining salohiyati, avvalo, uning tarkibidagi sanoat ishlab chiqarishining rivojlanganligi bilan belgilanadi. SHu sababdan ham iqtisodiy geografik tadqiqotlarda sanoatni o’rganish alohida o’rin tutadi O’z navbatida, sanoat shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayoni, transport hamda hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanishida asosiy omil bo’lib xizmat qilish ushbu tadqiqot yo’nalishining ahamiyatidan darak beradi.
Sanoat ham bamisoli san’atdir. Ma’lumki, san’at - badiiy tasviriy saimtda tabiiy borliq, hodisa va voqelik sun’iy ravishda o’z shaklini. ko’rinishini o’zgartiradi. Masalan, akter o’zi bajarayotgan obrazga moslashsa, tasviriy va amaliy sanьatda voqelik umumlashtirilgan holda suratga, rasmga tushiriladi. Xuddi ana shu oddiy misolga o’xshab sanoatda ham tabiatdan olingan turli xil xom ashyo qayta ishlash jarayonida o’z shaklini o’zgartiradi va iste’molga tayyorlaniladi.
Jamiyat taraqqiyoti bildn iste’mol buyumlari va mahsulotlariga bo’lgan talab -ehtiyoj asta -sektin ortib boradi. Natijada, qishloq xo’jaligi - chorvachilik yoki dehqonchilik mahsulotlari yetishmay qoladi. Bu avvalari hunarmandchilik va kosibchilikni, keyinchalik esa sanoat ishlab chiqarishi va undagi kooperatsiya shaklining dastlabki ko’rinishi - manufakturaga zamin yasaydi. Manufakturaning rivojlaningi hozirgi zamon industriyasiga ko’chadi - ki, bu jamiyat taraqqiyotida yangi davrga muvofiq keladi. Sanoatning bukday tarixiy. an’anaviy rivojlanib borishi asosan to’qimachilik tarmog’i negizida amalga oshadi. Qolgan tarmoqlar, jumladan, mashinasozlik va mgtallurgiya sanoatining dastlabki shakllarning ko’proq aql shu to’qimachilik sanoatining talablari bilan bog’liq bo’lgan.