2.2. SANOAT TARMOQLARI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI, MAHSULOT TANNARXI VA NARXI Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi.Mahsulot tannarxi to`g’risida tushuncha. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o`ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo`lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi. Korxona sarf xarajatlari o`z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari: – mahsulot tannarxi: Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me`yorida o`tishini ta`minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);