Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mundarija


O’rta Osiyo allomalarining fan taraqqiyotidagi o‘rni



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə3/14
tarix28.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mun


O’rta Osiyo allomalarining fan taraqqiyotidagi o‘rni

Ma’lumki, 8 asrda Yaqin Sharqda Arab xalifaligi shakllandi va rivoj topdi. 8 asr oxiri – 9 asrning o‘rtalariga kelib Arab xalifaligi Sharqda yirik imperiyaga aylandi. Bu davrda Bog‘dodda birinchi akademiya – “Donolik uyi” tashkil topdi. Bu yerda turli ilmiy, diniy muzokaralar uyushtirilib, turli millatlarga xos olimlar bilan birgalikda, ilmiy muhokamalar avj oldi. Yaqin va O‘rta Sharqda yangi-yangi ilm maskanlari vujudga keldi, asarlar yozish, kitob ko‘chirish, arab tiliga tarjima qilish uchun maxsus tarjimonlar maktabi tuzildi. Akademiya faoliyatida O‘rta Osiyodan kelgan ko‘pgina olimlar ham muhim o‘rin egalladilar.

9-10 asrlarda tabiatshunoslik fanlarning rivojlanishida aniq va fundamental fanlar sohasida ijod etgan musulmon olami vakillarining alohida hissalari bor.

Bu o‘rinda: Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (780-880), Abu Kasr Al-Farobiy (873-950), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973-1050), Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali Xusayn ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1123), Mirzo Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) va boshqalarni aytib o‘tish joizdir. O‘rta asrlarda Sharqda ilm-fanda erishilgan yutuqlarning ayrimlarini ko‘rib chiqaylik. Katta savdo-sotiq matematika masalalari uchun boy material bersa, uzoq yurtlarga sayohatlar esa astronomik bilimlarining rivojlanishini rag‘batlantiradi, kasb-hunarning rivojlanishi esa amaliy san’antning rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun amaliy masalalarni hal qilishga qulay bo‘lgan yangi matematika Sharqda paydo bo‘ldi. Xalif al Mamun podsholigi davrida ijod etgan xorazmlik al-Xorazmiy “Arifmetika“” va “Algebra bo‘yicha traktat” asarning muallifi edi. Yevropaliklar “Arifmetika” asari orqali arab sonlari, butun sonlar va kasrlar bilan o‘tkaziladigan arifmetik amallar bilan tanishdilar. Al-Xorazmiyning arifmetik traktati matematikaning yangi yo‘nalishi – algebra (“Al Jabr”) nomini berdi. Al-Xorazmiyning ishlarida birinchi marta chiziqli va kvadrat tenglamalar yechilgan.

Xorazmiyning mashhur asari “Kitob suratil arz” (“Yer yuzining haritasi”) musulmon Sharqida geografiya ilmini boshlab bergan. Asarda, o‘sha vaqtda insonlarga ma’lum bo‘lgan geografik ob’ektlar tasvirlanadi. Osiyoni sxematik haritasi beriladi.

Ahmad al-Farg‘oniy (797-865 yillar) astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan qomusiy olim. Sharqda al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus tahalluslari bilan mashhur bo‘lgan. Uning astronomiya, geografiya va matematika sohasidagi asarlari bu fanlar taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissa bo‘lgan va keyingi davrlarda o‘tgan olimlar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.

Arab xalifaligi davrida Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘g‘li al-Ma’mun davrida ikki rasadxona: biri Bog‘dodda Shammosiya degan joyda, ikkinchisi Damashqda yaqin Kasiyun nomli tog‘da qurildi. Al-Farg‘oniy Bog‘dod rasadxonasida ko‘pgina kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 812 yilgi Quyosh tutilishini oldindan bilgan va bu haqda ilmiy kuzatish olib borgan. Al-Farg‘oniy Yerning dumaloqligini shunday dalillar bilan isbotlaydiki, ular o‘z ilmiy qiymatini hali ham yo‘qotgani emas. U Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan yangi o‘lchov asbobi “Miqyos jadidni” yaratdi. Al-Farg‘oniy asarlari 11- asrdan boshlab Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilina boshladi.

Ahmad al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitobi”dir. Olimning bu asarida astronomik asboblar va Quyosh soatlari bayon qilinadi. Bu asar “Astronomiya asoslari haqida kitob” nomi bilan ma’lum bo‘lib, 1145-1175 yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima qilingan va bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan. Asarning geografiyaga oid bo‘limi “Yerdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida” deb ataladi. Asarda Yerning sharsimonligi, bir xil osmon yoritkichlarining turli vaqtda ko‘tarilishi, tutilishi va bu tutilishning har bir joyda turlicha ko‘rinishi, masofalar o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishini o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Hozirgi kungacha Ahmad al-Farg‘oniyning yetti asari saqlanib qolingan, ular Berlin, London, Parij, Tehron, Toshkent, Dushanbe, Mashhad, Panta, Rampur, Xalab va Qohiradagi yirik kutubxonalarda saqlanmoqda.

Abu Nosir Farobiy (873-950 yillar) jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan qomusiy olim. O‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, Yunon falsafasini sharhlab, dunyoga tanitganligi uchun ulug‘lanib “Al-Muallim as-Soniy”, “Sharq Arastusi” deb atalgan. Farobiy boshlang‘ich ma’lumotini ona yurtida oldi, Toshkent, Buxoro, Samarqandda o‘qidi. Eronning Isfaxon, Hamodon, Ray shaharlarida bo‘ldi. So‘ng, Bog‘dodda uzoq yashab zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo‘lgan. Umrining oxirini Damashqda o‘tkazgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u yetmishdan ortiq tilni bilgan va ilmni turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan.

Farobiy Antik davr olimlari – Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfiriy va boshqalar asarlariga sharhlar yozgan. Uning sharhlari O‘rta va Yaqin Sharq ilg‘or mutafakkirlarining dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Abu Ali ibn Sino Farobiy sharhlarini o‘qib, Aristotel asarlarini tushunganligini ta’kidlaydi.

Farobiy falsafaning umumiy masalalariga, insonning bilish tomonlarining falsafiy bilish tomonlariga, materiyaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini o‘rganishga, materiya xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlari, tilshunoslik, she’riyat, ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish va boshqa masalalarga oid asarlar yozdi.

Farobiyning tabiatshunoslikka oid “Hajm va miqdor haqida so‘z”, “Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob”, “Astronomiya qoidalari haqida mulohazalarni to‘g‘irlash usuli haqida maqola”, “Fizika asoslari haqida kitob”, “Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola”, “Inson a’zolari haqida risola”, “Hayvon a’zolari to‘g‘risida so‘z” va boshqalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotganalri yo‘q.

Farobiy asarlari 12-asrdan boshlaboq, lotin qadimiy yaxudiy, fors tillariga tarjima qilinib, Yevropada keng tarqaldi. Toshkentda Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Farobiyning 16 risolasi saqlanmoqda.

Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) mashhur qomusiy olim Yevropada “Avitsenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan olim.

Abu Ali ibn Sino o‘z zamonasining nafaqat buyuk tabibi va faylasufi bo‘lgan, balki atoqli tabiatshunos olim sanalgan. U matematika, kimyo, botanika, zoologiya va boshqa qator fanlar bilan ham shug‘ullangan. U fizikaviy hodisalar, xususan mexanika, issiqlik, tovush va yorug‘lik hodisalarini ham o‘rgangan. Ibn Sino ijodida mexanik mashinalarni yasash g‘oyasi ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, mexanika qonunlarini o‘rganishda Ibn Sinoning “Donishnoma” kitobini keltirish mumkin. Ibn Sino bu asarida: “Agar kuch yo‘qolsa shu sabab vujudga keltirgan oqibat ham tura olmaydi, bir xil sharoitda nima kichik bo‘lsa, tezroq harakat qilishi nima katta bo‘lsa, sekinroq harakat qilishi kerak” – deb ta’kidlab, massa inersiya o‘lchovi degan fikrni bildiradi. Keyinchalik ingliz olimi I.Nyuton massaga shunday ta’rif bergan. Shu bilan birgalikda Ibn Sino Nyutonning inersiya qonuni, hamda ikkinchi qonuniga mos keladigan mulohazalarni ham bergan.

O‘rta asr Sharqining buyuk olimlaridan biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy metallar va boshqa moddalarning solishtirma og‘irliklarini tajribada katta aniqlik bilan o‘lchagan. Hozirgi zamonaviy usullarda aniqlangan metallarning solishtirma og‘irliklarni taqqoslaganda Beruniy tomonidan aniqlangan qiymatlarining aniqlik darajasiga ancha yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Beruniy Yer radiusini o‘lchashning usulini ishlab chiqdi. Uning o‘lchashlari bo‘yicha Yerning radiusi 1081,66 farsaxga, ya’ni 6490 km ga teng. Beruniy Quyosh tutilishi vaqtida Quyosh tojini kuzatdi va uni tushuntirib berdi. U Yerning Quyosh atrofida aylanish to‘g‘risida fikrni aytgan va geliotsentrik nazariyasini olg‘a surdi. Globusni ixtiro qildi.

Sharqning buyuk allomasi – astronom olim, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek buyuk Amir Temurning nevarasi bo‘lgan. U Samarqandda o‘z davrida jahonda yagona hisoblangan observatoriyani qurgan. Mirzo Ulug‘bekning butun jahonda unga shuhrat keltirgan asosiy asari “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji Ko‘ragoniy” va “Ziji jadida Ko‘ragoniy” nomlari bilan ma’lum. Samarqand ilmiy maktabining shoh asari bo‘lgan “Zij” o‘rta asr astronomiyasi va matematikasini o‘z ichiga olgan. 16-arsdan boshlab hozirgi kungacha, Yevropada lotin va boshqa tillarga tarjima qilingan. “Ziji”da keltirilgan jadvallarning aniqligi va qo‘llanilgan matematik usullariga ko‘ra u o‘rta asrlarda yozilgan astronomik asarlarning eng mukammali bo‘lgan.

Shunday qilib, Sharqning buyuk alomalari, tabiatshunos olimlari o‘zlarining ilmiy ishlari bilan Yevropa, qolaversa jahon sivilizatsiyasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shganlar.



Yevropaning tabiiy-ilmiy fikri

16-17 asrlar insoniyat tarixida birinchi ilmiy inqilob hisoblanadi. Chunki, bu davr O‘rta asrdan – Yangi davrga o‘tish bosqichidir. Bu davrda dunyoni yangi manzarasi paydo bo‘lgan. N.Kopernik, G.Galiley, I.Nyutonning kashfiyotlari bunga ko‘maklashganlar.

Bu davrda geliotsentrik nazariyani polyak astronomi N.Kopernik fanga olib kirdi. N.Kopernik “Osmon sferasining aylanishi haqida” asarida Yer Koinotning markazida turadi deb tushuntiruvchi Olam tuzilishining geotsentrik sistemasidan voz kechdi. U Quyoshni Koinotning markazi deb tan oluvchi geliotsentrik sistemani himoya qildi. N.Kopernik Yerni oddiy sayyora qatoriga qo‘ydi va Yer ham boshqa sayyoralarga o‘xshab Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanadi, degan nazariyani ilgari surdi. Bu esa o‘sha davrda tabiatshunoslikda haqiqiy inqilob edi. Bu vaqtda italiyalik mutafakkir J.Bruno Koinotning markazi yo‘qligini, u chegarasiz bo‘lib, cheksiz sayyoralar sistemasidan iborat ekanligini isbotlaydi.

Yerni markaz deb bilgan din arboblari, J.Brunoni 1600 yil 17 fevralda Rimdagi Gullar maydonida tiriklayin yondirishadi. J.Bruno fojeasi Uyg‘onish davri bilan Yangi davr chegarasida ro‘y berdi. Bu davrda G.Galiley, I.Kepler, I.Nyuton kabi buyuk olimlar tabiatshunoslikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdi.

G.Galiley o‘zi yasagan ko‘rish trubasi orqali astronomik kuzatishlar olib bordi va ixtirolar qildi. Uning kuzatishi bo‘yicha Quyosh ham o‘z o‘qi atrofida aylanadi va uning yuzasida qora dog‘lar mavjud. U Quyosh sistemasidagi eng katta Yupiter sayyorasining 4 ta yo‘ldoshini aniqladi, hozirgi kunda 12 ta yo‘ldosh aniqlangan. U Oydagi krater va tog‘ tizimalarini, Somon Yo‘lini tashkil qiluvchi ko‘pgina yulduzlar to‘plamini ko‘ra bildi. N.Kopernik nazariyasini va J.Bruno g‘oyalarini G.Galiley o‘zini kuzatishlari orqali tasdiqladi.

G.Galiley mexanik tabiatshunoslikka asos soldi. Aristotelning fikriga qarshi chiqib inersiyaga ta’rif beradi va mexanika asoslarini yaratadi. Galiley birinchi bo‘lib, mexanikani nazariy fan darajasiga olib chiqdi. Uning fikricha, haqiqiy bilim faqat tabiatni kuzatish, tajriba (eksperiment) va matematik aql orqali keladi.

Ilm-fan turli to‘siqlarga qaramasdan taraqqiy etaverdi. G.Galileyning astronomik kuzatishlar asosida yozilgan asariga yuqori baho bergan va o‘z nazariy ishlari bilan mashhur nemis astronomi va matematigi I.Kepler (1571-1630 yillar)ning ilmiy ishlari tahsinga loyiq. I.Kepler “Yangi astronomiya” asarida yulduzlar harakatiga oid dastlabki ikki qonunni ifodalab berdi. “Olam garmoniyasi” asarida esa, uchinchi qonunni bayon qildi.

I.Keplerning ilm-fan olamida eng asosiy yutug‘i, uning tomonidan sayyoralar harakatiga oid qonunlarning kashf etilishi bo‘ldi.

1-qonun: Har bir sayyora ellips bo‘ylab harakatlanadi, uning hamma sayyoralar uchun umumiy bo‘lgan fokusida Quyosh yotadi;

2-qonun: Quyoshdan sayyoraga o‘tkazilgan radius-vektor teng vaqtlar ichida teng sayyoralar chizadi;

3-qonun: Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davri kvadratlarining nisbati, ularning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi kublari nisbatiga teng.

I.Kepler sayyoralar harakatining sabablarini ko‘rsatib bermadi, chunki, o‘sha davr mexanikasi hali to‘liq rivojlangan emas edi.

Ilm-fan inqilobining ikkinchi bosqichi insoniyat tarixidan munosib o‘rin olgan I.Nyutonning ilmiy faoliyati bilan yakunlanadi.

I.Nyuton (1643-1727 yillar) – ingliz fizigi, matematigi, astronomi. Nyuton mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi, differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqdi, ko‘zguli teleskopni kashf qildi. U birinchi bo‘lib yorug‘lik to‘lqin uzunligini o‘lchagan. Nyutonning “Natural filosofiyaning matematik negizlari” (“Negizlar” 1687 yil) uning eng muhim ilmiy asari hisoblanadi. U bu asarida o‘zidan ilgari o‘tgan olimlar – G.Galiley, R.Dekart, I.Kepler, X.Gyuygens, R.Guk, E.Galley va boshqalar hamda o‘zi erishgan ilmiy natijalarni umumlashtirgan va klassik fizikaning asosi bo‘lgan Yer va osmon mexanikasi sistemasini yaratgan va osmon jismlarining harakat nazariyasini ishlab chiqqan. Klassik mexanikasining asosiy tushunchalari – massasi va zichligiga ekvivalent bo‘lgan materiya miqdoriga; impulsiga ekvivalent bo‘lgan harakat miqdoriga va kuchning har xil turiga ta’rif bergan. O‘zining 3 mashhur “aksioma yoki harakat qonunlari”ni ta’riflangan. Nyuton mexanikasining tabiatdagi turli hodisalarni tushuntira olishi fizika va kimyoning ko‘p sohalariga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Nyuton ilgari surgan tabiatshunoslik masalalari butunlay yangi matematik usullarni ishlab chiqishni talab etardi.

Umumlashtirilgan qonundan 16-19 asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqalar ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika fani shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.


18-20 asrlarda tabiiy bilimlarning rivojlanishi

18-asrning o‘rtalarida tabiatshunoslikka tabiat hodisalarining evolyutsion rivojlanish g‘oyalari kirib kela boshlandi. Bunda I.Kant, M.V.Lomonosov, P.S.Laplaslarning Quyosh sistemasining tabiiy paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi gipotezalar rivojlantirilgan ilmiy ishlari katta rol o‘ynadi.

Nemis olimi va faylasufi I.Kvant (1724-1804 yillar) tabiiyot va tabiat falsafasi masalalariga e’tibor berib, kosmogonik gipotezani yaratdi. Olimning farazicha, Quyosh tizimi tuman massasi shaklidagi moddiy zarralardan tashkil topgan va hozirgi holatgacha rivojlangan. I.Kantning kosmogonik nazariyasi va tabiat falsafasiga oid fikrlari stixiyali materialistik va dialektik harakterga ega.

Fransuz astronomi, matematigi, fizigi P.S.Laplas (1749-1827 yillar) mustaqil holda I.Kantning kosmogoniya nazariyasiga o‘z fikrini bildirib, nazariyani to‘ldirdi. Laplasning “Osmon mexanikasi haqida traktat” asarida, Quyosh tizimi uzoq muddat davomida turg‘un qolishi isbotlandi. Olim Quyosh atrofida atmosferaga o‘xshagan turli gaz massasi mavjudligini isbotladi.

P.S.Laplas, I.Kantning nazariyasiga qo‘shimcha qilganligi uchun nazariya uzoq vaqtgacha Kant-Laplas kosmogonik nazariyasi deb ataldi.

M.V.Lomonosov (1711-1765 yillar) moddalarning saqlanish qonunini tajribada aniqlab, nazariy jihatdan asosladi va harakatning saqlanish qonuni g‘oyasini berdi. U issiqlikni molekulalarning aylanma harakati bilan tushuntirib, issiqlikning mexanik nazariyasini ishlab chiqdi. Bundan tashqari M.V.Lomonosov gazlar kinetik nazariyasini, yorug‘likning to‘lqin nazariyasini, elektr hodisalari (yashin hodisalarini) nazariyalarini ishlab chiqdi. U Venerada atmosfera borligini isbotladi, hamda boshqa planetalarda ham hayot mavjud bo‘lish mumkinligini faraz qildi.

J.B.Lamark (1744-1829 yillar) fransuz tabiatshunosi birinchi bo‘lib, hayvonot olamini ikkita asosiy guruhga – umurtqasizlar va umurtqalilarga bo‘ladi. Lamark fikricha, barcha tirik mavjudot jonsiz narsalardan vujudga kelib, bir-biriga bog‘liq sabablar asosida, tasodifsiz rivojlangan. Bu ta’limot J.B.Lamarkning “Zoologiya falsafasi” asarda bayon etilgan va olimlar tomonidan yuksak baho berilgan.

1830-1833 yillarda ingliz tabiatshunosi Ch.Layelning “Geologiya asoslari” asari nashr qilindi, olim tomonidan geologik evolyutsiya puxta izohlandi va Yer halokati nazariyasi keskin tanqid qilindi.

Geologik evolyutsiya, biologik evolyutsion ta’limotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ch.R.Darvin (1809-1882 yillar) “Turlarning pado bo‘lishi” asarida ilmiy tibbiyot materiallariga, paleontologiya, embriologiya, qiyosiy anatomiya, o‘simlik va hayvonlar (geografiyasi) asoslanib biologik evolyutsiyaning sabablarini ochib berdi. Keyinchalik, ko‘pgina kashfiyotlar Ch.R.Darvin asos solgan evolyutsion ta’limotni yanada chuqurlashtiradi, ya’ni biologik turlarni vujudga kelishiga ko‘pgina yangiliklar, evolyutsion jarayon qonulariga aniqlik kiritildi va evolyutsiyani boshqarilishining yangi istiqbollari ochildi.

Tabiatshunoslikda fundamental asarlar bilan bir qatorda tabiat evolyutsiyasi va taraqqiyotiga oid ilmiy kashfiyotlar yuzaga keldi. 19-asrning 30-yillarida xujayra nazariyasi kashf etildi va uning asosida T.Shvann xujayra nazariyasini hayvonot olamiga tatbiq etdi.

19-asrning oxirigacha hamma tabiiy fanlar rivojlanishda edilar. Bu davrda mexanikadan so‘ng, nazariy kimyo va termodinamika, elektr to‘g‘risida ta’limotlar taraqqiy eta boshladi. K.Dalton, A.M.Butlerovlar moddalarning kimyoviy o‘zgarishi molekulalarning kimyoviy tuzilishi, 1869 yilda D.I.Mendeleev kimyoviy elementlar davriy sistemasini kashf qildi va 70-yillarda atom juda kichik zarrachalardan iborat degan gipotezani ilgari surdi. Lekin, shu bilan birga atomlarning bo‘linishi to‘g‘risidagi dalillar to‘plana boshlaganida D.I.Mendeleevning o‘zi bu g‘oyaga qarshi bo‘ldi. Mana shuning o‘zi ilmiy fikrning noizchil, qarama-qarshi rivojlanishiga misol bo‘la oladi.

M.Faradey (1719-1867 yillar) ilm-fanda elektromagnit maydonini kashf etdi. Olim tajriba orqali birinchi bo‘lib, magnetizm bilan elektr o‘rtasida dinamik bog‘liqlik borligini aniqladi va tabiatda moddadan tashqari yana maydon ham borligi isbot qilindi. J.K.Maksvell (1831-1879 yillar) elektromagnit maydonini matematik nazariya, qonunlar bilan to‘ldirdi. Bu albatta, Galiley va Nyuton davridan so‘ng fan olamida eng katta voqea edi.

Organizmlarning hujayralardan tuzilganligi nazariyasini bergan P.F.Goryapinovning biologiyaning rivojlanishidagi xizmatlari buyukdir. Fiziologiyada I.M.Sechenov Oliy nerv faoliyatini kashf qildi. Uning bosh miya faoliyati mexanizmi to‘g‘risidagi ta’limoti I.P.Pavlov ishlarida tasdiqlandi. I.M.Sechenov (1829-1905 yillar) ruhiy xastalik asosida fiziologik jarayonlar yotishini isbotladi. U birinchi bo‘lib, bosh miya tomonidan boshqariladigan o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan harakatlarning reflektor harakteri to‘g‘risidagi g‘oyani berdi. I.P.Pavlov (1855-1935 yillar) tomonidan kashf etilgan shartli reflekslar bu g‘oyaning davomi bo‘ldi. I.M.Sechenov ilmiy ishlari natijasida bosh miya tajribaviy tadqiqotlar predmetiga aylandi, ruhiy hodisalar esa konkret shaklda moddiylik asosida tushuntirila boshlandi.

20-asr boshlarida fizikada, umuman tabiatshunoslikda inqilob ro‘y berdi, ya’ni dunyoning relyativistik va kvantomexanik manzarasi tan olindi. Bunga G.Gers tomonidan kashf etilgan elektromagnit to‘lqinlar, M.Bekkerel tomonidan – radioaktivlik, M.Skladovskaya va P.Kyuri tomonidan – radiy elementi, P.K.Lebedev tomonidan – yorug‘lik bosimi, M.Plank tomonidan – kvant nazariyasining birinchi ta’limoti, N.Bor pastulotlari va boshqa kashfiyotlar sabab bo‘ldi. Bu kashfiyotlar natijasida dunyo fizik manzarasining tarixan almashinishi ro‘y berdi. Agar Maksvellgacha fizik borliq moddiy nuqtalar ko‘rinishida deb fikrlangan bo‘lsa, undan keyin esa fizik borliq mexanika nuqtai nazardan tushuntirib bo‘lmaydigan uzluksiz maydonlardan iborat deb qaraladigan bo‘ldi. 20-asrda yangi davr kirib keldi. Olamning fizik manzarasi prinsipial yangi manzaraga aylandi.

Olamning ilmiy manzarasi falsafa fani bilan aniq fanlar nazariyalari o‘rtasida bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Bunday manbalarning o‘zaro munosabatlaridan tabiiy fanlarning yangi nazariy prinsiplari va kategoriyalari paydo bo‘ladi.

Tabiatshunoslik tarixida bir narsani unitish kerak emas. 20-asr ilmiy bilish jarayonida fizika fani oldinga bo‘lgan bo‘lsa, undan qolishmaydigan biologiya fani muvaffaqiyatlarini inkor etib bo‘lmaydi. Biologiyaning o‘ziga xos, yirik yo‘nalishlari: evolyutsion ta’limot, genetika, ekologiya va boshqalar, kibernetika va axborotlar nazariyalari bilan bir qatorda turib, dunyoning hozirgi ilmiy tasvirini vujudga keltirdi. Shuningdek, 20-asrda vujudga kelib, so‘nggi yillarda yanada rivojlanib borayotgan etologiya, psixologiya, parapsixologiya va ijtimoiy biologiya fanlarini ham, alohida ko‘rsatib o‘tish lozim.


Fan-texnika inqilobi va uning tabiatshunoslikdagi ahamiyati
Fan va texnikaning o‘zaro aloqadorligi

Biz fan-texnika inqilobi davrida hayot kechirmoqdamiz. Bu tushuncha orqali fan va texnikaning hayotimizda naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida shunday bo‘lgan emas. Fan va texnika kurtaklari qadimda shakllangan, ammo ular bir-biridan ayrim tarzda rivojlanib borganlar. Masalan, qadimiy yunonlar, madaniyatning noyob namunasini shakllantirish bilan birga tabiatni anglashga harakat qilganlar, ammo og‘ir ishlarni ular uchun ilmiy taraqqiyot natijasida yaratilgan mashinalar emas, balki qullar bajarganlar.

Faqatgina yangi davrga kelib G‘arb madaniyatida “insonning tabiatga hayoliy munosabati amaliy ahamiyat kasb eta boshladi. Endi ular tabiatni qanday bo‘lsa shunday qabul qilmasdan, uni o‘zgartirish imkoniyatlarini qidira boshladilar. Bu esa tabiatshunoslikni texnikaga aylantirdi. Aniqrog‘i, tabiatshunoslik texnika bilan uyg‘unlashib bir butunlikni hosil qildi” (V.Geyzenberg).

Texnika – atrof-muhitni tabiiy, shuningdek antropogen jihatdan qayta qurishga (o‘zgartirishga) yo‘naltirilgan urinishlar yig‘indisidir.

Texnika – bu nafaqat mashinalar, balki ob’ektlarga nisbatan matematik vositalarni va turli tajribaviy jarayonlarni qo‘llash asosidagi tartibli yondashuvdir.

V.Ferkisning “Texnologik odam. Hayolot va voqelik” nomli kitobida – “Hozirgi zamon fiziologiyasi, ruhshunosligi, evolyutsion biologiya hamda antropologiya birgalikda xomo-sapiyens va xomo-faber, ya’ni fikrlovchi hamda o‘zgartiruvchi odamni bir-biridan qat’iy ravishda farqlash chegarasini o‘tkazish mumkin emasligini isbotlaydi” – deya ta’kidlaydi. Ayni paytda, biz, agarda odam o‘sha davrda o‘zgartiruvchi bo‘lmaganida edi, bugungi kunda fikrlovchi bo‘la olmasligini yaxshi tushunamiz. Odam qurollarni yaratdi, biroq shu qurollar insonni qayta yaratdi.

Fan va texnikaning o‘zaro bog‘liqligi haqida V.Rassel shunday degan edi: “Texnika fandan kelib chiqadi, fan esa texnikaga asoslanadi”. Fan va texnikaning mazkur bog‘liqligi, ayniqsa uning G‘arb madaniyatiga kuchli bog‘lanishi XX asrning ikkinchi yarmida sayyoramizda sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu voqelikni anglash – o‘z nihoyasidan hali juda olis jarayondir.

Shunday qilib, hozirgi zamon fani ikki asosiy funksiyani bajaradi. Bular: nazariy (tanishuv va anglash) va amaliy. Odamlar fanni, tabiat jumboqlarini hamda amaliy muammolarni yechish maqsadida rivojlantiradilar. Fanning nazariy funksiyasi, atrof-muhitning mavjud aloqadorligini anglashga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini beradi. Fanni nazariy-amaliy talabi va xususiyatlari orqali belgilansa ham mustaqil ahamiyat kasb etadi.

Fan-texnika inqilobining hozirgi bosqichi – fanning jamiyat hayotini va ishlab chiqarish rivojlanishining asosiy omiliga aylanishi oqibatida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan qayta qurilishi bilan tavsiflanadi (tubdan qayta quradi, shu boisdan ham “Inqilob” iborasi qo‘llaniladi). Fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanadi va texnika bilan, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanadi (shuning uchun ham alohida ilmiy, yoki texnika inqilobi emas, balki fan-texnika inqilobi deb ataladi). Bu esa ijtimoiy mehnatning mazmunini, sharoitini, ishlab chiqarish kuchlarining tarkibini o‘zgartirib, ijtimoiy mehnatning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi.

So‘nggi asrlarda fan-texnika taraqqiyotining amalga oshishida atom tarkibining aniqlanishi, radoiaktivlikning kashf etilishi, nisbiylik nazariyasining, kvant mexanikasining, genetikaning, kibernetikaning, reaktiv texnikalarning yaratilishi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashuvi va avtomatizatsiyalashuvi, shuningdek, ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bundan tashqari, bugungi kunda oddiy hisoblangan avtomobil, samolyot, radio, televideniye ham FTI mahsulidir.

Ammo, shuni ta’kidlash joizki, ilmiy texnika inqilobi xususida XX asrning o‘rtalarida atom bombasi yaratilganidan so‘nggina so‘z yuritila boshlandi. Atom energiyasidan foydalanish ulkan ruhiy natija berdi. Chunki, bu bilan odamlar fanning nafaqat yaratuvchanlik, balki barbod etish imkoniyatining cheksizligiga ishonch hosil qildirlar. Davlat hamda xususiy sarmoyadorlar fanni moliyaviy jihatdan ta’minlay boshladilar va ilmiy-tadqiqot institutlari miqdori keskin ko‘payib bordi. Ilmiy faoliyati ommaviy mutaxassislikka aylandi.

Insonning kosmosga chiqishi fan-texnika inqilobining yana bir muhim bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda elektron hisoblash mashinalari fan-texnika inqilobining ramzi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Sababi, inson tobora EHMning zimmasiga mantiqiy funksiyani ham yuklamoqda va istiqbolda boshqaruv hamda ishlab chiqarishni majmuali tarzda avtomatlashtirishni ko‘zlamoqda (Noosfera).

Shunigdek, FTI sharoitida sun’iy-kimyoviy mahsulotlarni keng qo‘llanila boshlanganligini, biotexnologiyaning rivojlanganligini, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar hamda pestitsidlardan foydalanish natijasida hosildorlikning oshirilishini (yashil inqilob) ham ta’kidlash lozim.

FTIning asosiy yo‘nalishalri – ishlab chiqarishni, uni nazorat qilish majmuali avtomatlashtirish; energiyaning yangi turlarini kashf etilishi va foydalanilishi; yangi materiallar ishlab chiqarish. Biroq, FTI mohiyatan biron-bir alohida yirik ilmiy kashfiyot yoki ilmiy yo‘nalish va texnik taraqqiyotga bog‘liq bo‘lmaydi. FTI butun texnologik bazaning hamda ishlab chiqarish usulining qayta qurilishini anglatadi. U materiallar hamda energetik jarayonlardan foydalanishdan boshlanib, mashinalar tizimi va tashkil etish hamda boshqaruv shakllari bilan insonning ishlab chiqarish jarayoniga munosabati orqali yakunlanadi.

FTI insonning xo‘jalik faoliyatini yagona tizimini shakllanishiga; tabiat va jamiyat qonunlarini nazariy anglashga, tabiatni o‘zgartirishning majmuali texnik vositalarini va tajribasini tushunishga, moddiy boyliklar yaratish jarayonini va ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro oqilona bog‘liqlikni yuzaga keltirilishiga sharoit yaratadi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin