Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
463
w
www.oriens.uz
April
2021
asari va lingvopetika mohiyati bilan bog`liq bo`lgan ilmiy adabiyot, monografiya va
dissertatsiyalar tahlilga tortilgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Badiiy asar tiliga kategorial yondashuvning shakllanishi, badiiy so’zni ijodning
shakl va mazmun xossalari birligida o’rganishga harakat badiiy asarni estetik va
falsafiy nuqtai nazardan tushunish uchun asos bo’ldi. Jumladan, G.E.Lessing,
F.Shiller,
Gumboldt,
A.A.Potebnya,
V.V.Vinogradov,
V.M.Jirmunskiy,
V.Ya.Zadornova, O.S.Axmanova, G.O.Vinokur, L.V.Shcherba ishlari o’rganildi,
muhim ilmiy xulosalaridan foydalanildi. A.Xolodovichning «Adabiy til
uslubshunosligi», «Poetikada lisoniy usul»
asarlarida, nemis olimi E.Koseriuning
poetik tilning yangi izohi kabi tushunchalarida, fransuz tilshunoslari D.Delas va
J.Fiyollarning
lingvistika
va
poetika
bo’yicha
yangi
qo’llanmalarida,
Ye.B.Artemenkoning
lingvofolkloristika
bo’yicha
olib
borgan
tadqiqotlaridalingvopoetikaning filologiya ilmida alohida fan sifatida o’rganilishi
yuzasidan qarashlar bayon qilingan. Zamonaviy rus tilshunosligida lingvopoetikaning
nazariy masalalari tadqiqi bilan shug’ullangan olimlardan biri A.Lipgartdir.
Tilshunoslikning lingvopoetika sohasi davrning dolzarb ilmiy-nazariy
masalalari,
muammolari, tadqiqiy vazifalari bilan xarakterlanadi.Xususan, adabiy
ijodlar, yetuk badiiyat namunalarini lingvopoetik xususiyatlar nuqtai nazaridan
kuzatib, o’rganib borish, bu yo’nalishdagi tahlil, talqin, baholashni izchil yo’lga
qo’yish bugungi o’zbek tilshunosligining muhim vazifalaridan biridir.
Bu sohada ayniqsa o’zbek nasri namunalari tadqiqining
faollashgani keyingi
yillarda yaratilgan tilshunoslik natijalaridan ma’lum. Mustaqillik yillaridagi
adabiyotimiz, uning barcha turlardagi namunalari, ayni choqda, adabiyotshunoslik va
adabiy tanqid ilmlari o’z nuqtai nazari, dunyoga qarashi, mazmun-mohiyati, metod,
uslub va usullariga ko’ra yangichadir. Bu jarayonda yangilanish tamoyili qizg’in
kechmoqda.Adabiyotning nasri ham, she’riyati ham qator yangi, teran ijodlar, badiiy
asarlar bilan boyimoqda. Binobarin, ularning eng manzur va e’tiborga sazovorlari
asosida lingvopoetik tadqiqotchilikni faol yuritish maqsadga muvofiqdir.
Tabiiyki, ana shu zaruriyat bilan bog`liq dunyoqarash tilshunoslik ilmini o`qitish
jarayoniga ham taalluqlidir. Bu sohani o`rganishdagi ko`plab
qonun-qoidalar, til
materiali doirasidagi o`zgarishlar juda sekinlik bilan amalgam oshgan bo`lsa-da,
tilning sotsialingvistik jihatlari, uni amalda qo`llash jarayonining yangicha,
zamonaviy talablarga muvofiqlashtirilishi hayot talabidir. Bu,dastavval, til
materialidan nutq jarayonida
samarali foydalanish, nutq madaniyatini yanada
takomillashtirish borasida me’yoriy muammolarni ma’lum darajada hal qilish va
bunga
oid bilimlardan talabalarni, jamoatchilikni xabardor qilib borish bilan bog`liq.