Zamonaviy tilshunoslikda lingvopoetika tadqiqi



Yüklə 80,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix16.12.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#182200
1   2   3   4   5   6   7   8
zamonaviy-tilshunoslikda-lingvopoetika-tadqiqi

Poetik sintaksis.
Bu yo’nalishda matnning gap qurilishi tadqiq etiladi. Unda 
lingvopoetik tahlil formal sintaksis, mazmuniy sintaksis, kommunikativ sintaksis va 
matn sintaksisi bilan bog’liq holda olib boriladi. Poetik nutqni tahlil etish usuli 2 xil: 
she’riy va nasriy matn asosida amalga oshiriladi. Chunki bunda she’riy nutqni 
shakllantiruvchi unsurlarga, she’riy nutq tuzilish tizimiga, gap bo’laklari tartibiga
lafziy va ma’naviy san’atlarning qo’llanishiga e’tibor berish kerak bo’ladi. Shoirning 
g’oyasi va maqsadini aniqlashda gap bo’laklarining shaklan va mazmunanifodalanish 
usullarini, emotsional-ekspressivlikni ta’minlovchi barcha vositalarni tahlil etish 
zarur. Nasriy nutqda ham gaplar va gap bo’laklari tartibi, shakliy va mazmuniy 
mutanosiblik kabilarga e’tibor berish kerak. Bunda tahlil gapning formal-grammatik 
bo’linishi, aktual bo’linishi, mantiqiy urg’u, presuppozitsiya kabi hodisalar bilan 
bog’liq bo’ladi. Umuman, bu yo’nalish struktural poetika tushunchalari bilan 
aloqador.
O’zbek tilshunosligida lingvopoetikaning oyoqqa turishida va rivojlanishida 
X.Doniyorov, S.Mirzaev, Q.Samadov, I.Qo’chqortoev, X.Abdurahmonov, 
N.Mahmudov, B.Umurqulov, I.Mirzaev, M.Yo’ldoshev kabi olimlarning xizmatlari 
katta bo’ldi. Ular badiiy asar tilining stilistik, badiiy -estetik jihatlarini yozuvchining 
so’z tanlashi, uning o’ziga xos tili, umumxalq tiliga bo’lgan munosabati, yangi so’z 
va iboralar yaratishi kabi omillar nuqtai nazaridan tekshirdilar. 
XULOSA
Xulosa shuki, lingvopoetik tadqiq asoslarini, ularning nomlanishini bir 
ko’rinishga keltirish kerak. Bu masala yuzasidan yaratilgan tadqiqotlar tilimizning 
boyligini ko’rsatish, filologiyaning yaxlitligini ta’minlash bilan bir qatorda, yetuk 
tilshunos va adabiyotshunos mutaxassislar tayyorlashga ham xizmat qiladi, deb 
o’ylaymiz. Yuqoridagi fikrlar asosida yaxlit xulosa qilishimiz mumkinki matn 



Yüklə 80,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin