35
2. O`xshash qatorlar metodi orqali tanish jarayonini o`rganish.
3. Operativ xotira xususiyatlarini aniqlash.
4. Xotiradagi individual xususiyatlarni aniqlash.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Xotira-individning hayotiy tajribasini esda qoldirish, esda saqlash, qayta esga
tushirishi
Esda qoldirish- mustahkamlash yo`li bilan o`z bilimlarini yangi ma`lumotlar
bilan boyitish.
Esda saqlash- esda qoldirilgan materialni qayta esga tushirishga tayyor
turishi.
Unutish-esda qoldirilgan materialni qayta esga tushira olmaslik.
Esga tushirish-avval idrok qilingan materialni ongimizda qaytadan tiklanishi.
Antitsipatsiya-biror faoliyatning natijasi, voqealar davomini u yoki bu
shaklda oldindan ko`rish.
Operativ xotira-juda kichik vaqt oralig`ida materialni esda qoldirish, esda
saqlash, qayta esga tushirish.
Xotirasiz insonni tasavvur eta olasizmi?
Inson xotirasi voqelikni aks ettirish shakli bo`lib, axborotni qabul qilish, qayta
ishlash va saqlash jarayoni deb qaraladi. Psixologik tadqiqotlarda xotira-inson shaxsi
yaxlitligining muhim tarkibiy qismi deb baholanadi. SHuning uchun ham inson
xotirasida saqlanayotgan axborotlar qayta tuzilishi, ayrim hollarda tez esda qoldirib,
boshqa vaziyatlarda qiyinchilik tug`dirishi ham mumkin. SHaxs shakllanishi bilan
uning xotirasi ham yaxlit tizimga aylanib boradi.
Psixik aks ettirish shakliga ko`ra xotiraning - obraz, hissiy, so`z-mantiqiy va
harakat xotirasi turlari farqlanadi. Agar xotirani yagona tizim deb qaralsa, uning
turlari turli darajani tashkil etadi. Masalan, qisqa muddatli xotira axborotni qayta
ishlashning birlamchi bosqichi hisoblanadi. U materialni qisqa muddatda esda
qoldirish va qayta esga tushirishda, esda saqlashda namoyon bo`ladi. Operativ xotira
faoliyatning aniq maqsadlari uchun zarur bo`lganda materialni esda qoldirish, esda
saqlash va qayta esga tushirishdan iboratdir. Uzoq muddatli xotirada materiallar uzoq
muddatga esda qoldiriladi, saqlanadi va qayta esga tushiriladi. eksperimental
tadqiqotlarda ko`pincha xotiraning alohida jarayoni va turlari o`rganish predmeti
bo`lib xizmat qiladi.
Inson xotirasi bilan hayvonlar xotirasi o`rtasida farq bormi?
Xotirani eksperimental o`rganishda ko`pincha tekshiriluvchilarga u yoki bu
qo`zg`atuvchi eslab qolish uchun beriladi va biroz o`tgach uni qayta esga tushirish
so`raladi. Bunday tajribalarda 4 ta o`zgaruvchi mavjud: 1) qo`zg`atuvchi materialni
tekshiriluvchiga berish usuli; 2) materialni esda qoldirish usuli. 3) materialni esda
qoldirish va unutish o`rtasidagi oraliq. 4) esda qoldirilgan materialni qayta esga
tushirish usuli.
Dostları ilə paylaş: