39
2. Xotira jarayonlariga tavsif bering.
3. Materialni esda koldirish qanday omillarga bog`liq?
4. esda saqlash va unutish bir-biriga qanday aloqada bo`ladi?
5. Xotiradagi individual farqlar qanday aniqlanadi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Xrestomatiya po psixologii. Psixologiya pamyati. M - 1993.
2. Praktikum po obhey psixoloii. M - 1994.
3. Praktikum po obhey i eksperimental’noy psixologii.T.LGU 1994.
4. Umumiy psixologiya. A.V. Petrovskiy taxriri ostida. T.1992.
5. Umumiy psixologiyadan amaliy mashg`ulotlar, T. 1994
9- MAVZU.
TAFAKKURNING eKSPERIMENTAL TADQIQ eTILISHI.
REJA:
1. Tafakkur va nutqning o`zaro bog`liqligi.
2. Masalalar echish usuliga o`tgan tajribaning ta`siri.
3. Fikrlash faoliyatining o`ziga xosligiga ko`rsatmaning ta`siri.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Tafakkur-voqelikdagi predmet va hodisalarni aniq, to`liq, umumlashtirib
vositali yo`l bilan aks ettirish usuli.
Nutq-kishilar o`rtasidagi aloqa jarayonida tildan foydalanish.
Analiz-bir butun predmet va hodisalarni tarkibiy qismlarga bo`lish.
Sintez-alohida tarkibiy qismlarni bir butun qilib birlashtirish.
Umumlashtirish- predmet va hodisalarni biror xususiyatiga ko`ra bita
tushunchaga birlashtirish.
Taqqoslash-predmet va hodisalar o`rtasidagi o`xshash va farq qiluvchi
tomonlarini aniqlash.
Mavhumlashtirish-predmet va hodisalarning biror belgisini fikran ajratib
olish.
Tushuncha-predmet va hodisalarning umumiy va maxsus belgilarini aks
ettirish.
Hukm- predmet va hodisalarga biror belgining xos yoki xos emasligini
tasdiqlash.
Xulosa chiqarish- ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukmlar keltirib
chiqarish.
Inson tafakkuri bilan hayvonlar tafakkuri o`rtasidagi farq nimada?
Tafakkur va nutq bir-biri bilan mustahkam aloqaga ega. So`z tushunchani
ifodalaydi, uni umumlashtiradi va fikrning mavjudligining shakli hisoblanadi. SHu
?
40
bilan birga nutq va tafakkur o`rtasida farq mavjudki, ularni aralashtirib, aynan bir
narsa deb qarash aslo mumkin emas.
Tafakkur bevosita bilishdan, amaliy faoliyat jarayonida vujudga kelib uning
chegarasidan tashqariga chiqib ketadi. Sezgi va idrok orqali tafakkur tashqi olam
bilan bog`langan. Nutq esa barcha psixik jarayonlar bilan bog`liq bo`lib, ularga
nisbatan integrativ (birlashtiruvchi) vazifani bajaradi.
Tafakkur ancha kech eksperimental psixologiyaning predmetiga aylanadi.
Dastlabki tajribalar Vyurtsburg psixologiya maktabi namoyondalari tomonidan
o`tkazilgan. Hozirda eksperimental tadqiqotlar ta`sirida tafakkur bir qancha fikrlash
jarayonlari (rejalashtirish, loyihalashtirish, oldindan aytish, baholash, tushunish,
xulosa chiqarish) va operatsiyalari (analiz, sintez, umumlashtirish, taqqoslash) dan
iborat aqliy harakat deb qaralmoqda.
Tafakkurni kuzatish yo`li bilan o`rganish mumkinmi?
Tafakkurning boshlang`ich holati muammoli vaziyatdir. Bunday muammoli
vaziyatlar tafakkurning bosqichli tabiatga ega ekanligini ifodalaydi. Ko`pgina
tadqiqotchilar tomonidan fikrlash jarayonining quyidagi bosqichlari ajratilgan: 1)
muammoning vujudga kelishi, (sub`ekt maqsadga erishish uchun o`zining bilimlari
ko`lami etarli emasligini anglaydi). 2) muammoli vaziyatning tahlili, sub`ekt
muammoli vaziyatdagi axborotlarni tahlil qiladi. 3) maqsadga erishish usullari
haqidagi farazni shakllantiradi (bu nisbatan maxsuldor boskich bo`lib, sub`ekt yangi
axborotlarni faraz va metod shaklida yaratadi). 4) farazni tekshirish, ilgari surilgan
faraz va echim usullari nazorat qilinadi, baholanadi, tekshirib ko`riladi.
Tafakkur va nutqning o`zaro bog`liqligi avvalo fikrlash jarayonining til orqali
ifodalanishida namoyon bo`ladi. Hozirgi kunda so`z va uning mazmuniy tomonini
o`rganish maqsadida assotsiativ eksperimentdan foydala-niladi. Assotsiativ
eksperimentning barcha turlari uchun xos bo`lgan xususiyat, ularda natijaning asosiy
ko`rsatkichi sifatida reaktsiya vaqti hisoblanadi. Bu mezonlar nutq-fikrlash
jarayonining dinamikasini o`rganish imkonini beradi. Assotsiativ reaktsiya vaqti nerv
jarayonlarining o`tish tezligini ifodalaydi.
Eksperimental psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha o`tgan tajriba fikrlash
jarayoniga faqat ijobiy emas, balki salbiy ham ta`sir etishi mumkin.
M.Vertgeymerning fikricha, bolalarda o`tgan tajriba ijodiy tafakkurga salbiy ta`sir
qiladi. Ta`lim va amaliy faoliyat jarayonida inson muammolarni echishning
cheklangan usullarini o`zlashtirsa, tuzilishi har xil bo`lgan vazifalarni echishda
tafakkurning rigidligi (qotib qolgan) namoyon bo`ladi. Rigidlik deganda, sub`ektning
muammoni hal qilishga qiynalishi yoki shakllangan dasturni qayta o`zgartirish uchun
qobiliyatning etishmasligi tushuniladi.
Rigidlikning kognitiv (bilish), affektiv (hissiy) va motivatsion turlar mavjud
tafakkurni o`rganishda ko`proq kognitiv rigidlik muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Biror muammoni doimo bir xil usulda echish, keyinchalik shu muammoni
boshqacha usulda echishni qiyinlashtiradi. Buning sababi nimada?
A.S.Lachins tomonidan ishlab chiqilgan metodika yordamida bir xil tipdagi
vazifani echish jarayonidagi ikki guruh tekshiriluvchilar natijalarini solishtirish orqali
Dostları ilə paylaş: