41
fikrlash jarayonidagi rigidlikni aniqlash mumkin. Vazifa shunday tanlanishi kerakki,
ularning bir qismi bir usul bilan, qolganlari ikki usul bilan echiladi.
Tajriba boshlangunga qadar har biri 10 tadan arifmetik vazifadan iborat 2 ta
varaqa tayyorlanadi. 1-guruh eksperimental, ikkinchisi nazorat guruhi deb karalib,
ularga alohida-alohida vazifalar beriladi. Har ikki guruhdagi tekshiriluvchilar bir-
birlariga bog`liq bo`lmagan holda vazifalarni echishlari kerak bo`ladi. 1-5 vazifalar
bittadan echimga ega, 6-10 vazifalar esa minimal bitta yoki ratsional echimga ega
emas.
Natijalarni tahlil qilish uchun nechta tekshiriluvchi 6-10 vazifalarni ratsional
usul bilan echganligini hisoblab, foizga aylantirish kerak.
Ko`p hollarda tekshiriluvchi 1-5 vazifalarni bir xil usul bilan echgandan so`ng
6-10 vazifalarni ham shunday usul bilan echishga harakat qiladilar, sharoit
o`zgarganligini sezmaydilar. Bunda fikrlash jarayonida bilish rigidligi vujudga
kelganligini aniqlash mumkin.
Tafakkurda ko`rsatma (ustanovka)ning rolini o`z davrida Vyurtsburg maktabi
namoyondalari ham ko`rsatib o`tishgan. Tafakkur psixologiyasida ko`rsatma berish
deganda, inson oldiga biror vazifa qo`yilganda uni echish uchun ongsiz tarzda tayyor
turishiga (anglamagan holda) aytiladi. Ko`rsatma berishning turli darajadagi
kiyinchilikka ega bo`lgan vazifalarni echish natijasiga ta`sirini o`rganish maqsadida
maxsus metodikadan foydalanish mumkin. Buning uchun oldindan har bir
tekshiriluvchi uchun 2 tadan vazifalar to`plami tayyorlanadi. Ularning har birida 2
tadan mahsuldor tafakkurni, 1 tadan qayta tiklovchi tafakkurni talab qiladigan
vazifalar bo`lishi kerak. Tekshiriluvchilar - tajriba va nazorat guruhlariga bo`linadi.
Tajribaning birinchi bosqichida har bir guruh uchun bir xil vazifalar beriladi. Ammo
ularga turlicha ko`rsatma (instruktsiya) beriladi. Natijalarni tahlil qilishda har bir
tekshiriluvchining javobi alohida-alohida tahlil qilinib 3 ballik tizim bo`yicha
baholanadi.
3-ball - faqat 1 marta uchragan javob uchun.
2- ball - 3 - 5 marta uchragan javob uchun.
1-ball - 5 martadan ortiq bo`lgan javoblar uchun.
Tekshiriluvchilarning javoblari mikdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinib,
ko`rsatmaning masala echish sifatiga ta`siri haqida xulosa chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: