Zarifa Qurbonova eksperimental psixologiya



Yüklə 292,14 Kb.
səhifə35/36
tarix16.12.2023
ölçüsü292,14 Kb.
#183389
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Zarifa Qurbonova eksperimental psixologiya-fayllar.org







53


Lateralizatsiya haqidagi barcha ma`lumotlar, o`ng va chap yarim sharlarda oliy 

psixik funktsiyalar bir xil taqsimlanmaganligini tasdiqlaydi. Barcha kishilar uchun


xos bo`lgan yarim sharlararo umumiy farqlardan tashqari, individual farqlar ham 
mavjud. Masalan, barcha o`naqaylarda chap yarim shar dominanta (ustun) bo`ladi
deb hisoblab kelingan bo`lsa, ayrimlarda o`ng yarim shar ustun bo`lishi ham mumkin 
ekan.

Miyaning chap va o`ng yarim sharlari vaqtni turlicha idrok qilishi aniqlangan. 


Ma`lum bo`lishicha, o`ng yarim shar tashqaridan keladigan signallarni real vaqtda


qayta ishlaydi. Vaqtinchalik uzib qo`yilgan vaqtda esda qoldirilgan materiallar xuddi 
faol holatda idrok qilingan vaqtga ko`chiriladi.
Tadqiqotlar, xotirada har ikki yarim sharning o`ziga xos o`rni borligini 

aniqlagan. Vaqtinchalik uzib qo`yilgan o`ng yarim shar bilan, odam eshitgan


so`zlarini takrorlab borishi, uzoq vaqt esda saqlab turishi mumkin. Ammo chap yarim 
shar uzib quyilganda qarama-qarshi holatni kuzatish mumkin. So`zlarni esda
qoldirish buziladi, ammo obraz xotirasi saqlanib qoladi.
Nutq uchun mas`ul bo`lgan chap yarim shar- ixtiyoriy xotirani ham 

ta`minlaydi ixtiyorsiz tanish o`ng, so`zlarni qayta esga tushirish esa chap yarim shar


bilan bog`liq. Insonning hissiy holatlarida chap va o`ng yarim sharlar turlicha ishtirok 
etadi. Sog`lom odamlarga maxsus linzalar yordamida o`ng va chap yarim sharlar
uchun alohida qisqa metrajli kinofil’mlar namoyish etilgan. Tamoshabinlar fil’mning 
hissiy tomonini-xajviy, «yoqimli», «yoqimsiz», «dahshatli» deb baholashlari kerak
edi. Aniqlanishicha, o`ng yarim shar borliqni yoqimsiz rangda “ko`rar” ekan, chap 
yarim sharning ayrim qismlarining shikastlanishi odamda o`zini “yo`qotib” quyish,
ojizlik tushkunlikka berilish kabi holatlarni vujudga keltiradi. O`ng yarim sharning 
buzilishi aksincha, yaxshi qayfiyat, har bir narsani ijobiy baholash kabi holatlarni
yuzaga chiqaradi.


CHap va o`ng yarim sharlar bir-birining o`rnini to`ldirishi mumkinmi? 

O`ng yarim shar tashqi muhitdan kelayotgan signallar va ichki holatlarning


ahamiyatini baholashga yordam beradi. E.YU.Artem’evaninng ta`kidlanishicha, chap 
yarim shar shikastlanganda «menga nima bo`lyapti?» degan savolga javob berish
qiyinlashsa, o`ng tomonlama buzilishda, «men bilan sodir bo`layotgan holatning 
ahamiyati qanday?» degan savolga javob berish buziladi. YArim sharlarning o`zaro
ta`siri natijasida bir yarim sharda axborot qayta ishlanayotgan paytda boshqasining 
funktsiyasi yomonlashadi. Masalan, odamda vaqtincha faoliyat ko`rsatayotgan o`ng
yarim shar bilan so`zlarni idrok qilish bo`ziladi. O`ng va chap yarim sharlarning bir-
birini tormozlovchi ta`sir ko`rsatishini quyidagi tajriba uchun normal holatdagi
odamlar hal eta olmaydigan vazifalar tanlandi. So`ngra shu topshiriqlarni vaqtincha 
o`ng yarim shari “o`chirib” qo`yilgan kishilarga berildi. Ular bu ishni nisbatan oson
bajardilar. Odam biror bir muammoni hal kiliyotgan paytda o`ng yarim shar chap 
yarim sharning mantiqiy ovozini “bo`g`ib” qo`yadi, o`ng yarim shar “o`chirilgan”da
uni bemalol eshitish mumkin.
Har ikki yarim sharning navbat bilan faollashib turishni quyidagi misolda 

ko`rishimiz mumkin. Tutilib gapiradigan kishilarning ko`pchiligida chap yarim shar







54

ustunlik qilmas ekan, aksincha nutq markazining har ikki yarim sharda simmetrik
holdagi markazlari mavjud ekan. Ob`ektlarning aloqa va bog`lanishlari haqida yangi 
axborotlarni bilishga olib keluvchi fikrlash jarayoni har ikki yarim sharning ham
ishtirokini talab qiladi. Bunda gox o`ng, gox chap yarim shar ustunlik qiladi. Agar 
chap yarim shar ustunlik qilsa, fikrlash faoliyati anglangan va verbal’ (nutqiy) holda
ifodalangan bo`ladi. O`ng yarim shar ustunlik qilsa, aksincha bo`ladi. YAna chap 
yarim shar dominantlik qilganda muammoning echimi birdaniga topilgandek
taassurot qoldiradi. Ko`p hollarda ushbu muammo intuitsiya yo`li bilan xal bo`ldi, 
deb o`ylanadi. Intuitsiya bilishning maxsus usuli bo`lib, izlanayotgan xulosaga
birdaniga kelishlik illyuziyasi sodir bo`ladi. 


Yüklə 292,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin