boshqarish ishlab chiqarish darajasidagi boshqarishdan farqlanadi.
B unday farqni o ‘tkazish zarurati birinchi navbatda biznesni am alga
oshirishdagi o ‘zgarishlardan kelib chiqadi. Joriy boshqarishdan
strategik boshqarishga o ‘tishning m ohiyatini
ifodalovchi bosh
g ‘oya shundaki, rahbariyatning diqqat m arkazi doim o atrofidagi
o ‘zgarishlarga qaratilgan bo‘lishi va bu o ‘zgarishlarni o ‘z
vaqtida
sezishi ham da ularga o ‘z vaqtida jav o b berishi zarur.
Strategiyaga zarurat jam iy a t tom onidan talablar, m asalan,
keskin ijtim oiy-siyosiy o ‘zgarishlar korxonani o ‘z y o ‘nalishini
keskin o ‘zgartirishga majbur etganda paydo boMdi.
Innovatsiyalar
strategiyasini ishlabchiqishkorxonaum um iy m aqsadini ifodalashdan
boshlanadi. Umumiy m aqsadni ifodalashdan keyin aniq m aqsadlar
aniqlanadi. Aniq m aqsadlarning erkinligini strategiya am alga
oshirilishi vaqtiga yuzaga keluvchi iqtisodiy
vaziy atda ularning
realligidan bog‘liq. Ularning realligini iqtisodiy vazifani oldindan
k o ‘ra olish va tashqi m u h ito ‘zgarishlari asosida ta ’m inlash mumkin.
Bunda siyosiy, iqtisodiy,
ilm iy-texnik, ijtim oiy v a ekologik om illar
tahlil qilinadi. Oldindan ayta olishning asosiy m aqsadi korxona qulay
imkoniyatlardan foydalanish uchun nima qilishi m um kinligi va
kelgusi iqtisodiy vaziyat o ‘zgarishlari bilan
shartlangan tahdidlarga
qanday javob berishini aniqlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: