— maxsus loyihalash va izlanish tashkilotlarini, korxona va
birlashmalami oladi.
Shunday qilib,
qurilish majmuyi
— qurilish ishlab chiqa-
rishini, loyihalash tashkilotlarini hamda zarur uskunalar, konst-
ruksiya va detallar, qurilish materiallarini ishlab chiqaradigan
korxonalami o‘z ichiga oladigan murakkab tizimdir.
Qurilish majmuyining asosi bo‘lib
qurilish ishlab chiqarishi
hisoblanadi.
Qurilish ishlab chiqarishi bu doimiy malakali ishchi
va mutaxassislarga, zarur qurilish montaj ishlarini olib bora
oladigan texnikaga
ega bo‘lgan qurilish va montaj tashkilot-
larining yig‘indisidir.
Qurilish ishlab chiqarishi yoki kapital qurilish doimiy
ravishda bino va har xil maqsadlar uchun qurilmalar yaratadi
yoki rekonstruksiya qilishni ta’minlaydi.
Uning mahsuloti
ekspluatatsiyaga tayyor ishlab chiqarish
korxonalari, yo‘Ilar, turaijoylar, jamoat binolari va boshqalar
hisoblanadi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra kapital qurilish jarayoni bu asosiy
fondlarni qayta takror ishlab chiqarishdir.
Qurilish jarayoni
x o ‘jalik va pudrat
usulida olib boriladi.
Xo‘jalik usuli
— bu qurilishni bevosita quruvchilarning o'zlari
(korxona, tashkilot, firma va hokazo) olib boradilar. Bunda
qurilayotgan obyekt ana shu korxonani (tashkilotni) o‘zi uchun
mo'ljallangan bo‘ladi.
Pudrat usuli
buyurtmachilar bilan shartnoma asosida doimiy
harakatdagi quruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirila-
digan qurilishdir. Unda ikki tomon: birinchi — pudratchi, ya’ni
qurilish tashkiloti va ikkinchi — tomon: buyurtmachi (davlat
tashkiloti, koorperativ, xususiy korxona, tashkilot va hokazo)
qatnashadi.
Ular o‘rtasida munosabat shartnoma asosida belgilanadi.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida qurilish sohasida
ham
Dostları ilə paylaş: