Uning uzunligi 12,2 km bo‘lgan «Olmazor» — «Buyuk Ipak yo‘li» stansiyalari navbati 1977-yil
6-noyabrda, 4,6 km li 2-navbati 1980-yil 18-avgustda ishga
tushirildi. Toshkent metropolitenining ikkinchi yo‘li «Do‘stlik»
— «Beruniy» stansiyalari 1984—91-yillarda 4-navbat bilan bos-
qichma-bosqich foydalanishga topshirildi
(uzunligi qariyb 15 km). Toshkent metropolitenining 3-yo‘li shahar markazini
Yunusobod dahasi bilan boglaydi.
Uzunligi 14 km. M etro- politenda sutkasiga o ‘rtacha 270—300 ming yo ‘Iovchi ta- shiladi. Quvur transporti. 0 ‘zbekistonda birinchi 20 km uzunlikdagi
neft quvuri 1908-yil Chimyon neft konidan Vannovsk (hozirgi
Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodiga tortilgan. Keyinchalik
Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo viloyatidagi yangi neft konlari
ochilishi bilan transportning bu turi jadal rivojlantirildi. Neft
konlaridan Farg‘ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga
um um iy uzunligi 228,5 km bo‘lgan neft quvuri qurildi.
Respublika janubida-Surxondaryo viloyatida 1947-yil Lalmikor
— Qumqo‘rg‘on va 1969-yil Amudaryo — Amu — Zang liniyalari
qurildi (umumiy uzunligi 40 km). Qashqadaryo viloyatida yangi
neft konlari ochilgandan keyin 1977-yil G ‘arbiy Toshloq —
Qashqadaryo stansiyasi (3,3 km), Shimoliy 0 ‘rtabuloq —
Oltingugurt zavodi (72 km) neft quvurlari ishga tushirildi.
1994—97-yillarda uzunligi 100 km bo‘lgan Ko‘kdumaloq —
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi neft quvuri qurilib ishga
tushirildi. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini xomashyo
bilan uzluksiz ta’minlashga xizmat qiladigan Qamchiq dovoni
orqali o‘tadigan Xonobod — Angren neft quvuri qurilishini
142
loyihalash ishlari tugatildi. Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida
ulkan gaz konlarini topilishi va ishga tushirilishi bilan 0 ‘zbe-
kistonda