‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


shug‘ullanadigan xizmatlarning zamonaviy texnika bilan



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

shug‘ullanadigan xizmatlarning zamonaviy texnika bilan
jihozlanish darajasi 2015-yilda hozirgi vaqtdagi 39 % dan
58 % ga yetadi.
2011—2015-yiIlarda temiryo‘1 infratuzilmasini rivojlanti-
rishning eng muhim yo‘nalishlari poyezdlar nisbatan serqatnov
135


bo‘lgan uchastkalarni elektrlashtirish orqali ularning samara- 
dorligini oshirish, lokomotivlar parkini yangilash, yuk vagon- 
larini ta’mirlash bazasini kengaytirish va yangi vagonlar qurish, 
boshqaruv tizimini modemizatsiya qilish, shuningdek, xizmat 
ko‘rsatish, yo'lovchilarni manziliga tez va qulay sharoitlarda 
yetkazish sifatini yanada oshirishdan iborat.
Respublikaning transport tizimi 
temiryo‘1, 
avtomobil yoMlari, 
zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 
vokzailar, stansiyalar,
yuk omborlari, pristanlar, 
havo flotining yirik 
aerovokzallari
va boshqa infrastruktura bo‘linm alarini qamrab oladigan 
murakkab iqtisodiyot majmuyini tashkil etadi. Oxirgi yillarda 
respublika transporti majmuyi yaxshi rivojlanmoqda. Fikrimiz- 
ning dalili sifatida, 2011-yilda transport va kommunikatsiya 
qurilishiga Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, 
Quvayt-Arab iqtisodiy ham korlik jam g‘arm asi va OPEK 
jam g‘armasi tom onidan 152 mln dollardan ortiq mablag1 
ajratilganini aytish mumkin.
Temiryo‘l transporti. 
Temiryo‘1 transportining yo‘lovchilar 
hamda yuk tashishdagi salmog‘i kattadir.
0 ‘zbekistonda dastlabki temiryo‘1 1886—88-yillarda Forob 
stansiyasidan Samarqandgacha yetkazilgan (Krasnovodsk — 
Choijo‘y temiryo‘lining davomi). Bu temiryo‘1 1895—1897- 
yillarda Qo‘qongacha, 1899-yilda Toshkentgacha yetkazildi. 
1906-yilda Toshkent — Orenburg temiryo‘li ishga tushdi.
1994-yilning noyabrda « 0 ‘zbekiston temiryoilari» DAK 
tashkil etildi. U 50 mingdan ortiq turli tipdagi yuk vagoni, 
refrejeratorlarga, yo‘lovchilar tashiladigan vagonga ega. Kom- 
paniyaning temiryo‘ldan foydalanishga mas’ul bo‘lgan Toshkent, 
Farg‘ona, Buxoro, Orolbo‘yi va Qarshi temiryo‘1 bo‘limlari 
bor.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, Qamchiq 
davoni orqali Farg‘ona vodiysiga, 341 km lik Navoiy — 
Uchquduq — Sulton Uvaystog‘ — Nukus temiryo‘li orqali mam- 
lakatimizning markaziy hududlari bilan bog‘lashga erishildi. 233 
km lik G ‘uzor — Boysun — Qumqo‘rg‘on tem iryoii qurilishi 
temirbeton ko‘priklaridan iborat bo‘lib, dengiz sathidan 1200
136


m balandda. Umumiy qiymati 447 mlrd so‘mni tashkil qilib, 
25 mln m arta portlash ishlari olib borilgan. Shu yo‘ldan 
Afg‘oniston va Eron davlatlari orqali Fors ko‘rfazi portlariga 
chiqish rejalashtirilgan. Bu yo‘llarda jahon standartlariga javob 
beradigan zamonaviy poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Respublika quruvchilari uzunligi 133 km bo‘lgan Tajang — 
Saraxs yo‘lini qurishda faol ishtirok etayapti. 0 ‘zbekiston 
temiryo'li kelajakda bu katta yo'lning markaziy bo‘g‘ini bo‘lib 
qoladi. Bu yo‘ldan Buxoro — Deynov orqali Yevropaga, Tajang- 
Saraxs orqali yaqin sharq mamlakatlariga chiqish imkoniyati 
vujudga keladi.
Respublikada hozir temur yo‘l tarmoqlarini elektrlashtirish 
loyihalari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu ishlar poyezd- 
lardan foydalanish xarajatlarini 20 % ga kamaytirish, yo‘lovchi 
va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshiradi hamda 830 km lik 
«Toshkent — Termiz» temiryo‘lini to ‘liq elektrlashtirish im­
konini beradi.
2012-yilda uzunligi 240 km bo‘lgan temiryo‘lni qayta tiklash 
uchun ishlar davom ettirildi. Uzunligi 70 km dan ortiq boigan 
«Dashtobod — Jizzax» temiryoMi tarmog‘i ishga tushirildi.
Tashiladigan yuklarning asosiy qismini qurilish materiallari, 
paxta tolasi, neft va neft mahsulotlari, g‘alla, sement, kimyoviy 
mahsulotlar va mineral o‘g‘itlar, ko'mir, sabzavot va boshqa 
yuklar tashkil etadi. Yuk tashishda teplovozlar, yo‘lovchilar 
tashishda teplovoz va elektropoyezdlar xizmat ko‘rsatadi.
0 ‘rta hisobda har yili temiryo‘l transportida 15,0 mln dan 
ortiq yo‘lovchi tashiladi. Yo‘lovchiiarga xizmat ko‘rsatishda, 
ayniqsa, shaharlar atrofidagi qatnovda elektropoyezdlardan 
tobora kengroq foydalanilmoqda. Yo£lovchi tashish lokomotivlari 
parkini yaxshilash, yuk tashish, vagonlami modernizatsiya qilish, 
qayta tiklash asosida Ispaniyaning «TALGO» kompaniyasi bilan 
Toshkent — Samarqand yo‘nalishida tezyurar magistral yakuniga 
yetkazildi. Umumiy foydalanishdagi temiryo‘llar uzunligi 4,3 
ming km shundan 1000 km mustaqillik davrida bunyod etildi. 
100 ga yaqin temir yo‘l ko‘priklari qurildi. Elektrlashtirilgan 
temir yo‘llar uzunligi 727 km ni tashkil etadi.
137



Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin