umumiy foydalanishdagi va sanoat transporti turlarida yuk va yo'lovchilaming asosiy qismi avtomobil transportida tashiladi (yuklaming 70% i; yo'lovchilaming esa 30%i). 2011—2015-yillarda transport tizimini rivojlantirish dasturi doirasida 0 ‘zbek milliy avtomagistrali, mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga molik yo‘llardan iborat mamlakatimiz avtomobil yo‘llarining yagona tarmog‘ini shakllantirish borasidagi ishlar davom ettiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatimizning barcha hududlarini transport kommunikatsiyasi bilan ishonchli tarzda o ‘zaro bog‘lash, transport xarajatlarini qisqartirish, yuk va yo‘lovchi tashish samaradorligini oshirish imkonini yaratadi. Asosiy avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilishda 4 polosali harakatni yo‘lga qo‘yish, yo‘llar yuzasiga zamonaviy asfaltbeton va sementbeton qoplamalar yotqizish, yo‘l o ‘tkaz- gichlar qurish bo‘yicha eng ilg‘or xalqaro standartlar joriy qilinadi. 2010-yilda qabul qilingan 2011-2015-yillarda infratuzil- mani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi sementbeton qoplamali xalqaro va respub lika ahamiyatiga molik yo‘llaming uzunligi 2010-yilga taqqosla- ganda 3,1 barobar, birinchi toifaga kiradigan avtomobil yo‘lla- rining 4 polosali uchastkalari 1,9 barobar ko‘payishi, ularning 0 ‘zbek milliy avtomagistrali tarkibidagi ulushi 2010-yildagi 47,4 % dan 2015-yilga borib 88,3 % ga o‘sishini ko‘zda tutadi. Avtomobil yo‘llar tarmog‘ining rivojlantirish borasidagi cho- ra-tadbirlaming amaiga oshirilishini ta’minlash maqsadida 700 dan ortiq yo‘l-qurilish texnikasi xarid qilish ko‘zda tutilmoqda. Buning natijasida y o ‘l qurish va ta’mirlash ishlari bilan