konstruksiyaning mustahkamlik zaxirasining ortishiga olib keladi. Masalan,
bir qavatli sanoat binosi ustunining tayanchi hisoblash sxemasida bikir deb
qabul
qilinadi, aslida tayanchda ma’lum deformatsiya sodir bo'lishi mumkin,
bu esa tayanchdagi haqiqiy momentning hisobiy momentdan kichikroq
bo'lishiga olib keladi. Shunday mulohazani ustunning yuqori uchi bilan
rigelning tutashgan tuguni haqida ham aytish mumkin.
Ushbu tugun ham
hisoblash sxemasida bikir deb qabul qilinadi, aslida esa bu tugun ham
qayishqoqlik xususiyatiga ega. Bu hoi tugundagi haqiqiy momentning hisobiy
momentga nisbatan kamayishiga olib keladi.
Binoning fazoviy karkasi binoning umumiy bikirligini ta ’minlash bilan
bir qatorda konstruksiyaning yuk ko'taruvchi elementlaridagi zo'riqishlami
qayta taqsimlanishiga ham ta ’sir etadi.
O'tkazilgan tadqiqotlaming ko'rsatishicha, tsex konstruksiyasining fazoviy
ishi tufayli eguvchi momentlaming qiymati 60% ga qadar kamayishi mumkin
ekan. O 'z navbatida ko'chishlar ham tekis rama sxemasi bo'yicha topilgan
ko'chishlarga nisbatan ancha kam bo'lar ekan.
7.4-rasm. Hisoblash sxemasini oydinlashtirishga doir sxema.
7.4-rasm, a da murakkab fazoviy konstruksiyadan
ajratib olingan
egiluvchan element (
2
) ning hisoblash modelini oydinlashtirish uchun
o'tkaziladigan tajriba sinovining sxemasi berilgan. Loyiha amaliyotida bu
kabi alohida elementning mustaqil hisobi ko'plab uchraydi. Hisobdagi
noaniqliklar ideallashtirilgan tayanch shartlaridan (bikir
yoki shamirli
tayanchlar) kelib chiqadi. Amalda bikir mahkamlangan tayanchlar ma’lum
darajada qayishqoq bo'ladi, xuddi shuningdek, shamirli tayanchlarda bikirlik
alomatlari mavjud bo'ladi. Egilishdagi bikirlik EI element uzunligining
oxirigacha, ayniqsa nuqsonli elementlarda, bir xil bo'lmaydi.
Ana shu sabablarga ko'ra haqiqiy eguvchi moment bilan hisobiy
moment
orasida katta tafovut paydo bo'ladi.
Hisoblash modelini oydinlashtirish (aniqlashtirish) maqsadida ajratilgan
elementning o'ttasiga yig'iq kuch qo'yamiz. Tajriba jarayonida shu kuch
ta’sirida kamida uch nuqtada hosil bo'lgan ko'chish va og'ish burchaklarini
aniqlaymiz. Tayanch va oraliq kesimlaridagi deformatsiyalar haqida
m a’lum otlar olinsa yanada yaxshi bo'ladi. K alta bikir to 'sin lard a
Dostları ilə paylaş: