asboblarga ulab, boshlang'ich o'lchov sanoqlari olinadi. Keyin 100 mm
chuqurlikda cho'ntak (2) o'yiladi. Cho'ntakka to'g'ri to'rtburchak shakliga
ega bo'lgan kompensator (7.3-rasm) joylanadi.
Kompensator yon devorlari
1
bikir, tubi va qopqog'i egiluvchan membranalardan tashkil topgan metall
qutichadan iborat. Kompensatoming yon atrofi sement qorishma bilan
qoplanadi. Qorishma qotgach, kompensatoiga bosim ostida moy haydaladi.
Moyning bosimi manometr (2) orqali nazorat qilinadi. Bosim tenzorezistorlar
orqali o'lchangan dastlabki ko'rsatkichga yetgunga qadar ko'tarilib boriladi.
Bosimning ana shu qiymati 15 — 20% xatolik bilan o'sha
yerdagi
kuchlanishning qiymati bilan barobar deb hisoblanadi. Usulning asosiy
afzalligi shundan iboratki, bunda sinalayotgan inshoot materialining
elastiklik
modulini aniqlashga ehtiyoj bo'lmaydi.
To'liq kuchlanishlarni aniqlashning ko'rib o'tilgan usullari elementning
bir qismini o'yish — buzish bilan bog'liq. Agar bu nuqson (defekt)lar
elementning ekspluatatsion sifatlariga salbiy ta’sir ko'rsatadigan bo'lsa yoki
bu nuqsonlar keyinchalik kattalashib, inshootga xavf soladigan bo'lsa,
yemirmaydigan usullardan foydalanishga to'g'ri keladi.
Qattiq jismlarda
ultratovush to'lqinlarining tarqalish qonuniyatlariga asoslangan akustik usul
bunday hollarda eng maqbul usullardan sanaladi.
Bosh kuchlanishlarni
ultratovush usuli bilan aniqlashda materialning elastik doimiylari ham
ultratovush sinovlari orqali aniqlanadi. (Akustik usul haqida 5 —
bobda
batafsil ma’lumot berilgan.)
Dostları ilə paylaş: