Ulug‘bek
(1394-1449) tarixda ko‘proq davlat arbobi sifatida emas,
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Bu davrda
mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e’tibor qilinadi, busiz
rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish
tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‘ot, navo, chig‘ir, charxpalak,
qaynama.sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar va sardobalar kabi
turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
0 ‘sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan
chambarchas bog‘liqligi yaxshi ma’lum edi. Soliq yig‘imi qancha yuqori
bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning
pastligi aholi uchun qulay bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv,
mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to‘g‘ri kelavermaydi. Shulami
yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me’yorida saqlab,
uni yig‘ishning ma’lum adolatli usullarini qo‘llanganlar. Masalan,
Ulug‘bek hukmronligi davrida g‘alla g‘aram qilinmasdan awal soliq
to‘plash qat’iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‘ib olgachgina
real soliq to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon
hosili pishishiga qarab bo‘lingan:
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy,
Hindiston, Tibet va boshqa ko‘pgina davlatlar bilan savdo aloqalari
olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar
yaratilganligini alohida ta’kidlab o'tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak
yo'li» xavfsizligini ta’minlash borasida katta ishlami amalga oshiiganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va
savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valuta
mustahkamligiga bevosita bog‘liq. Ma’lumki, pulning uchta asosiy vazifasi
mavjud: 1) qiymat o'lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi.
Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot
posangisi, muvozanati buziladi. Shulami hisobga olib, vaqti-vaqti bilan
pul islohotlari o'tkazib turiladi. 1428-yili Ulug'bek tomonidan o‘tkazilgan
islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Muomaladagi fulusiy pullar
almashtirildi. Ulug‘bek davridagi islohotlar tovar-pul munosabatlari
rivojiga muhim hissa qo‘shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.
4-180
49
|