‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Iqtisodiyotda matematik uslublar



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184
61aef8397723d3.50813536

10.2. Iqtisodiyotda matematik uslublar
(A.O. 
Kurno, 
I.G. 
Tyunen)
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko'rinib turibdiki, XIX asming 
o‘rtalarida iqtisodiyot fanida inqiroz holatlari kuzatildi. Mafkuraviy 
yondashuvni talab qiluvchi g‘oyalar tobora kuchayib bordi. Siyosiy 
munozaralarda iqtisodiy ta’limotlardan o‘z xohishlaricha foydalanish 
holatlari faollashdi. Iqtisodchi-olimlaming obro‘yi eng past darajaga 
tushib qoldi. Shu davrda mafkuradan holi bo‘lgan tadqiqotlarga ehtiyoj 
sezildi, iqtisodiyotda matematik uslublami qo'llash bo‘yicha dastlabki 
tadqiqotlar paydo bo‘ldi, bu iqtisodiyotda «maijinalistik inqilob»ga- 
cha ro‘y bergan yangi yo'nalishdir.
Ko‘pgina iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘z tabiatiga ko‘ra miqdoriy 
xarakterga ega. Odatda, iqtisodiy ko‘rsatkichlar orasida miqdoriy bog‘- 
lanish mavjud. Masalan, agar ulardan biri o‘zgarsa, ma’lum qonun 
asosida o'zaro bog‘langan bir yoki bir nechta boshqa ko‘rsatkichlar 
ham o‘zgaradi. Agar bir tovar bahosi oshsa, ko‘pincha unga bo'lgan 
talab pasayadi. Bu bog'lanishni muayyan funksiya bilan ifodalash 
mumkin.
Taxminan xuddi shunga o'xshash oyalar XVIII asrdayoq ayrim 
olimlar orasida paydo bo‘ldi va iqtisodiyotni, iqtisodiy hodisalami


o‘rganish uchun matematika fanini qo‘llash kerak degan fikr yuzaga 
keldi, shunday tadqiqiy intilishlar boshlandi. Keyinchalik esa nazariy 
iqtisodning ayrim bosh masalalarini hal etishda bu usul keng qo‘llanila 
boshladi.
Iqtisodiy tadqiqotlarda matematik uslublami ongli ravishda va muttasil 
qo‘llagan dastlabki olim fransiyalik 
Antuan Ogyusten Kurnodir 
(1801- 
1877). Kurnoga sharaf keltirgan 
«Boylik nazariyasi matematik
prinsiplarining tadqiqoti» 
asari 1838-yilda bosilib chiqdi. Uning hayoti 
davrida bu asar olimlar o'rtasida deyarli qiziqish uyg'otmadi va uni 
ishi yurishmagan «iqtidorli fan fidoyisi» sifatida eslab qoldilar. U oliy 
maktab professori, o‘quv yurtlarining administratori lavozimida yaxshi 
va to‘q hayot kechirish bilan birga, o‘zining asarlari va g'oyalariga 
bo‘lgan sovuq munosabatni ham doim sezib turdi.
A.O. Kurno 1829-yilda Parij universitetidagi matematika bo‘yicha 
ishlari uchun doktorlik darajasini oldi, ko'pgina olimlar, jumladan, 
taniqli Puasson bilan yaqindan tanishdi, uning yordamidan foydalandi. 
Bu olim ehtimollar nazariyasining falsafiy talqini bo‘yicha buyuk ishlar- 
ni amalga oshirdi. Asosan, matematika bilan shug'ullangan olim qanday 
qilib iqtisodiy masalalarga e’tibor bergan, degan jumboq haligacha 
yechilmagan. Ammo qomusiy bilimlaiga ega bo'lgan Kumo, shubhasiz, 
Smit, Rikardo, ayniqsa, Seyning asarlari bilan tanish bo'lgan. Shular 
tufayli u matematikani iqtisodiyot bilan bog‘lagan, degan fikr bor.
Kumo o‘z asarlarida ijtimoiy fanlarga aniq matematika tilini tatbiq 
etishga harakat qildi. U bu turli bozor munosabatlari sharoitida, 
ya’ni xaridor va sotuvchilar kuchi turlicha joylashtirilganda tovar bahosi 
va unga bo‘lgan talabning o'zaro bog‘lanishi to‘g‘risidagi masalani to‘liq 
o‘rgandi. Talab va baho o‘rtasidagi nisbat masalasi bilan shug‘ullangan 
olim fanga talabning elastikligi to‘g‘risida muhim tushunchani birinchi 
bo'lib kiritdi. Tajribaning ko'rsatishicha, tovar bahosi oshuvi bilan 
unga bo‘lgan talab kamayadi, baho pasaysa, talab ortadi.
Bu Kumoning «talab qonuni» bo‘lib, talab 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin