‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


J.S. Millning iqtisodiy ta’limoti



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184
61aef8397723d3.50813536

10.1. J.S. Millning iqtisodiy ta’limoti
Ingliz Jon Stuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so‘nggi 
nomoyandalaridan biridir. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham 
iqtisodchi bo‘lgan va o‘g‘lining tarbiyasi bilan jiddiy shug'illangan, 
oqibatda yoshligidayoq uning dastlabki tadqiqotlari e’lon qilindi. Ammo 
1848-yilda bosib chiqarilgan 
«Siyosiy iqtisod asoslari» 
(5 jilddan iborat) 
kitobi unga shuhrat keltirdi. Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan 
bog‘langan edi (1858-yilda yopilgan). 1865-1868-yillarda parlament 
a’zosi bo'lgan (D.Rikardoni eslang). So‘nggi yillarda Fransiyaning 
Avinon shahrida yashab, ijod etdi.
D.Rikardo g‘oyalariga yaqin turadi va birinchi o‘ringa «ishlab 
chiqarish qonunlari»ni qo‘yadi, bu masalani «Taqsimot qonunlari»ga 
qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, iqtisodiy 
rivojlanishda «Qishloq xo'jaligi imkoniyatlari» bilan hisoblashmaslik 
mumkin emas deb hisoblaydi.
Tadqiqot usulida pulning «neytrallik» konsepsiyasiga amal qiladi, 
ammo pulning miqdoriy nazariyasini ham qo'llaydi. Boylik to‘g‘risida 
ancha sodda fikrda bo‘Ub, bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan 
narsalaming summasi sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida 
(ishlab chiqarish qonunlarini taqsimot qonunlariga qarshi qo‘yish 
xarakterlidir. Birinchisi o‘zgarmas boiib, texnik sharoitlar bilan 
belgilanadi, bu «fizik haqiqatlar» kabidir, u «tabiiy fanlar xususiyatlari» 
xarakteriga ega, unda inson irodasiga bog'liq hech narsa yo‘q. Ikkinchisi


esa, uni «inson intuitsiyasi» boshqargani sababli, ayrim mamlakatlar 
va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlaming fikri va xohishiga bog‘liq 
bo'lib, nihoyatda turlichadir.
«Mazkur jamiyat qonun va urf-odatlari» taqsimot qonunlariga bevo­
sita ta’sir etadi va «jamiyatdagi asosiy uch sinflar» o'rtasida daromadlar 
taqsimoti mulkning shaxslar o'rtasidagi taqsimotini belgilab beradi. 
Insoniy qarorlaming taqsimot qonunlari shakllamshidagi ahamiyatidan 
kelib chiqib, J.S.Mill jamiyatni ijtimoiy jihatdan isloh qilish bo'yicha 
o‘z takliflarini ishlab chiqadi. Olimning tadqiqotlariga «statika» va 
«dinamika» tushunchalari kiritiladi. Awalgi olimlar tomonidan jamiyat­
ning «statsionar va o‘zgarmas» iqtisodiy qonunlari o‘rganilgan bo'lsa, 
endilikda statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini qo'shish kerakligi 
aytiladi.
Ammo M.Blaugning fikricha, Millda «dinamika»ga tarixiy o‘zga- 
rishlami tahlili sifatida qaraladi, «statika» deganda esa hozirgi statik 
tahlil tushuniladi. Demak, u hozirgi davrdagi dinamik tahlildan keskin 
farq qiladi, chunki endilikda iqtisodiy munosabatlardagi o'zgarish 
zamon va makonda, diffensial hisob-kitoblar yordamida matematik 
modellashtirish orqah amalga oshiriladi.
Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste’mol qiymatlari», 
qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha 
tovarlarda o‘sishi mumkin emas degan qisqacha xulosalar chiqariladi, 
chunki qiymat nisbiy tushunchadir. Qiymat mehnat tufayli yuzaga 
kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta’kidlanadi.
Pul to‘g‘risidagi g‘oyasida miqdoriy masala birinchi o‘ringa qo‘yiladi, 
ya’ni pulning ko‘payishi yoki kamayishi tovarlaming nisbiy bahosi 
o‘zgarishiga ta’sir etadi. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda «pulning 
qiymati uning miqdoriga teskari nisbatdadir», pulning har qanday 
kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning qadrini oshiradi. 
Pulning neytralligi to‘g‘risida fikr yuritihb, pul vaqtni va mehnatni 
iqtisod qilish uchun hizmat qiladi, deyiladi. Boylik, moddiy ne’matlar 
faqat unumli mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki, 
mulkni qo‘riqlash, malaka orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli 
deb hisoblanishi kerak. Unumli mehnat, jamiyat ishlab chiqarish 
kuchlarini ko‘paytirishga olib kelsa, unumli iste’molga ega bo'ladi.
Aholining iqtisodiyotdagi o‘mi to‘g‘risida so‘z yuritilib, Angliyada 
1821-yildan keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalarini ishlab chiqa-


rish sur’atlari aholi o‘sishidan yuqori bo‘lmagan. Aholi sonini kamayti- 
rish bo‘yicha takliflar beriladi (ixtiyoriy tug'ilishni kamaytirish, ayollar 
emansipatsiyasi).Bu masalada Mill Maltus bilan hamfikrdir.
Kapital deganda «awalgi mehnat bilan ilgari to'plangan mahsulotlar 
zaxira» lari tushuniladi. Kapital jamg‘arish investitsiya uchun asos 
hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns 
ta’limotiga qarang).
Daromadlar borasida awalgi olimlar fikri qo‘llanadi, uni mehnatga 
haq deb qaraladi va ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifga bog'liq 
deyiladi. Minimal ish haqi g‘oyasiga amal qilib, «ishchi fondi» doktrinasi 
ilgari suriladi, unga ko‘ra, sinfiy kurash ham, kasaba qo'mitalari ham 
ish haqini yashash minimumi darajasida saqlashning oldini ola olmaydi. 
Ammo 1869-yil bu doktrina g‘oyasi inkor etiladi va kasaba qo‘mitalari, 
haqiqatan ham, ish haqiga ta’sir etadi, bu «mehnat bozoridagi raqobat 
oqibatlari» kabidir. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda past mehnatda 
ish haqi kamroq bo‘ladi. Mill «minimum ish haqi» bilan «fiziologik 
minimum»ni farqlaydi, birinchisi ikkinchisidan yuqoridir. Ish haqi 
manbayi sifatida allaqanday «kapital zaxira» keltiriladi.
Rentaga yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya 
deb qaraladi. Shu bilan birga, yer uchastkasidan foydalanish shakliga 
qarab, bu renta mavjud bo'ladi yoki foydani yo‘q qiluvchi xarajat 
bo'lishi mumkin.
Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlar, xususan, sotsializm va sotsialistik 
qurilish to‘g‘risida ham fikr yuritiladi. Ijtimoiy tengsizlikning xususiy 
mulk bilan bog'liqligini inkor etadi. Masala bunda xususiy mulk bilan 
bog'liq individualizm va suiiste’molchilikka barham berishdir, degan 
xulosa chiqariladi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida davlat mavqeyini faol- 
lashtirish masalalari qarab chiqilgan. Bunda davlat markaziy bankining 
foizlari oshirishga intilishi maqsadga muvofiq deb qaraladi, chunki bu 
xorij kapitalini mamlakatga kirib kelishini rag‘batlantiradi, milliy valuta 
kursi mustahkamlanadi, oqibatda davlatdan oltin chiqib ketishining 
oldi olinadi. Davlat harajatlarining ko'payishi tanqid qilinadi.
Erkin savdo munosabatlari (laisser faire)ni qo‘llash bilan biiga, 
«bozor kuchisiz» ayrim sohalarda (infratuzilma, fan, qonunlami 
chiqarish, bekor qilish va b.) davlat aralashuvi kerak deb hisoblanadi.


Mill, ayniqsa, ta’lim sifatiga alohida e’tibor qiladi, xususiy maktablar 
tarafdori (faqat chekka joylardagina umumiy maktabga yo‘l beriladi), 
davlat imtihonlari tizimi, yomon o‘qiganlar uchun jarima taklif etadi.
Aytib o‘tilganidek, bu olim ishlab chiqarish qonunlarini o'zgartirish 
mumkin emas, balki taqsimot qonunlarini o'zgartirish kerak degan 
aqidaga amal qiladi.
Bu olimning katta xatosi bo‘lib, aslida ishlab chiqarish va taqsimot 
bir-biridan alohida-alohida yashay olmaydi; ular bir-birlariga har 
tomonlama bog'liq.
Millning ijtimoiy islohoti uch pozitsiyani o‘z ichiga oladi:
1. Kooperativ ishlab chiqarish assotsiatsiyasi yordamida yollanma 
mehnatni tugatish.
2. Yer solig‘i yordamida yer rentasini ijtimoiylashtirish.
3. Merosxo‘rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini 
cheklash.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin