Qisqacha xulosalar
Klassik maktab rivojining bu bosqichida D.Rikardo, J.B. Sey,
T. Maltus va boshqalaming g‘oyalari muhimdir.
Rikardo Smitdan keyin yashaganligi sababU fabrikaning ahamiyatini
to‘g‘ri tushundi. Klassik g‘oyalami to‘la qo'llagan holda, uning o‘ziga
xos fikrlari mavjud. Masalan, renta nazariyasi hoziigacha ahamiyatini
yo‘qotmagan. Uning mehnat taqsimoti va tashqi iqtisodiy aloqalar
g‘oyasi nisbiy afzallik prinsipiga asoslanadi. Savdoda fritrederlik qo‘l-
lab-quwatlanadi, «Sey qonuni»ni ma’qullaydi.
Bu davrdagi iqtisodiy qarashlarda J.B.Sey alohida o‘rin egallaydi,
uning «bozorlar qonuni» deyarli bir asr hukmronlik qildi, uning
ishlab chiqarishni uch asosiy omillari hozirgacha ahamiyatini
yo‘qotmagan.
T.Maltusning «aholi nufusi nazariyasi», arifmetik (tirikchilik
ne’matlari o‘sishi) va geometrik (aholi soni) progressiyalari, «tuproq
unumdorUgi pasayib borish qonuni» katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Maltusga xos xususiyat shuki, u inqirozlar bo‘lishini tan oladi, ammo
ular vaqtincha bo‘lishini ko‘rsatadi.
Senioming «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalari sohibkorlar
(kapital egalari) va mehnatkashlar o‘rtasida hech qanday ziddiyat
yo‘q degan muammoni yechishga bag'ishlangan. Xuddi shunday fikrlar
fransuz Bastia va amerikalik Keriga tegishli, ular iqtisodiyotda to‘liq
uyg'unlik mavjud degan g‘oyalami ko‘tarib chiqadilar.
Asosiy tushuncha va iboralar
Rikardo, nisbiy afzallikprinsipi, differensial renta, fritrederlik, Sey,
«bozorlar qonuni», ishlab chiqarishning uch asosiy omili, foydalilik,
Maltus, arifmetik va geometrik progressiya, «aholi nufusi nazariyasi»,
tuproq unumdorligi pasayishi qonuni, inqirozlar, senior, tiyilish,
so'nggi soat nazariyalari, Bastiya, Keri, iqtisodiy uyg‘unlik.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. D.Rikardoning asosiy asaridagi iqtisodiy g‘oyalar nimadan iborat?
2. Nima uchun Rikardo fabrika davrining mafkurachisi deb
hisoblanadi.
3.Nisbiy afzallikprinsipi nimani anglatadi?
4. «Proteksionizm» va «Fritrederlik»ning o‘zaro farqi nimada?
5. J.B.Seyning asosiy qonuni nimani bildiradi? Izohlab bering.
6. Seyning fikricha, inqirozlar bo'lishi mumkinmi?
7. T.Maltusning «ahoU nufusi nazariyasi»dagi asosiy g‘oya nima?
8. «Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni» oqibatlari qanday
bo'lishi mumkin?
9. Nima uchun «Uchinchi shaxslar nazariyasi» vujudga keldi?
10. Senioming «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalarining mohiyatini
ochib bering.
11. Bastia va Kerining iqtisodiy uyg'unlik g‘oyalarida qanday
umumiyliklar bor?
|