‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


«Siyosiy iqtisod prinsiplari»



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184
61aef8397723d3.50813536

«Siyosiy iqtisod prinsiplari» 
va 1857-59- 
yillarda 
«Ijtimoiy fanlarning asoslari» 
nomli asarlari chop etildi. Bu 
asaming qisqacha varianti 1865-yilda 
«Ijtimoiy fanlar uchun qo
nomi bilan chop etildi. F.Bastia amerikalik shu olimdan ilhomlandi.
G.Ch. Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH 
kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar uyg‘unligi» 
(1872) kitobidir. G.Kenning qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U 
Rikardoning ta’limoti va Maltus aqidalarini rad qildi.
G.Kerining metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bilan 
obyektiv iqtisodiy qonunlami tabiat qonunlariga almashtirish bilan 
xarakterlanadi.
G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalami ta’riflab berishga intildi. U 
qiymatni insonning tabiatga hukmronligi o'lchovi, predmetga ega bo‘lish 
uchun bartaraf qilish zarur bo‘lgan qarshi harakat deb ta’rif berdi. U 
narxni predmetning o'zini ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb


hisobladi. Kapital odamlaming tabiat kuchlarini boshqarish imkoniyatini 
olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol deb tushundi.
G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni 
yalpi kurash nazariyasi (ya’ni Rikardo shu nazariya yo‘U bilan go‘yo 
sinflar o'rtasida urushni avj oldirdi), deb hisobladi va Rikardoni 
«kommunizm otasi» deb, unga xuruj qildi. G.Kerining o‘zi esa rentani 
yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan 
aynan bir narsa deb tushundi. Kerining iqtisodiy ta’limotida buijua 
jamiyatida «barcha chin va haqiqiy manfaatlaming to‘la-to‘kis uyg'unligi» 
mavjudligim isbotlamoqchi bo'ldi. U taqsimot qonunini o‘z nazariyasiga 
asos qihb oldi.
G.Keri proletariat bilan buijuaziya manfaatlarining bir xilligini go'yo 
kapitaUstik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham 
oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy 
ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi 
bo‘ldi. G.Keri kapitaUstik jamiyatda aholining nisbiy ko'payishi va 
ekspluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib: «Ishchilar 
sinfi farovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan bog'liq», - 
dedi.
XIX asrda Kerining qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi 
manfaatlar uyg'unligi nazariyasi ko'pchilikka ma’lum bo'lib, buijuaziya 
siyosiy iqtisodini vulgarlashtirishga katta ta’sir ko'rsatdi. «Manfaatlar 
uyg'unligi» nazariyasining asosiy qoidalarini hoziigi zamon siyosiy 
iqtisodi qaytadan tiklamoqda.
G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlaming 
bekam-u ko'stligi, sinfiy manfaatlaming hamohangligi va boshqa 
«uyg'unliklar» to‘g‘risida ko‘p yozdi. Lekin uning g'oyalari Bastiadan 
biroz farq qiladi. Keri qullikni qo'lladi (bu davrda AQSHning janubida 
hali qul plantatsiyalari mavjud edi). Proteksionizm siyosati ham himoya 
qilindi, chunki AQSH hali yosh davlat sifatida sanoati pastligi tufayli 
unga muhtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi 
qiyin bo'lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolaming fritrederlik (erkin 
savdo) siyosati to‘g‘ri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning buijua 
jamiyatidagi sinflar o'rtasidagi manfaatlaming qarama-qarshi ekanligi 
ko‘pchilikka ma’qul bo'lmay qoldi.
Kerining fikricha, Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bo'lib, 
millat, sinf, ijtimoiy guruhlar o'rtasida urush keltirib chiqaradi.


Vaholanki, bu guruhlar o'rtasida bekam-u ko‘st uyg‘unlik mavjud 
emish. Kerining «Manfaatlar uyg'unligi nazariyasi» asosida uning 
«taqsimot qonuni» yotadi, unga ko‘ra mehnat unumdorligining o‘sishi 
bilan ishchilar hissasi absolut va nisbiy jihatdan o'ssa, kapitalistlar- 
niki esa aksincha pasayadi. Shunday yo‘l bilan mehnat va kapital 
o‘rtasidagi antagonizm yo‘q qilinadi. Bunda yaxshi ma’lum tezis - 
unumli kapital g‘oyasidan foydalaniladi (unga ko‘ra tadbirkor qonuniy 
foyda olishi kerak).
G.Kerining g‘oyasi bo'yicha tovaming qiymati uni ishlab chi­
qarishga ketgan amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma’lum 
sharoitda sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. 
Ammo mehnat unumdorligining o'sishi bilan mahsulotlami ishlab 
chiqarish uchun, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalariga sarf- 
xarajatlar kamayadi. Bu esa, G.Keri bo‘yicha, kapitalning qimmati 
pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqarish vositalari kapital bilan bir 
deb qaraladi. Oqibatda foiz ham, kapital egasi oladigan mahsulot 
hissasi ham pasayadi, shunga mos ravishda mehnat qiymati va uning 
mahsulotdagi hissasi oshib boradi. Bu g'oyalarning hammasini 
qo'llash qiyin, chunki foiz qiymatning bir qismi bo‘lib, awalgi 
mehnatga hech qanday aloqasi yo‘q. Mehnat unumdorligining o‘sishi 
ishchilaming tirikchilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog'liq, 
bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, kapitalistning milliy 
daromaddagi hissasi esa oshib boradi.
Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari uyg‘unligi»ni isbotlab be- 
rishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa, unum­
dorligi past yerlami ishga tushirishga mone’lik bildiradi.
Keri Bastia kabi rentani aslida kapitalning foizi shakli sifatida qaraydi, 
dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. Keri «millatlar uyg'unligi» 
haqida ham gapirib, jahon ishlab chiqarishini mahalliy markazlarga 
taqsimlash zarurligini aytadi, chunki bu yerlarda qishloq xo‘jaligi va 
sanoat tabiiy holda uyg'unlashgan. Shulami hisobga olib, Keri Buyuk 
Britaniyaning sanoat va mustamlakachilik monopoliyasiga qat’iy qarshi 
chiqadi, boshqa davlatlami agrar xomashyo manbayiga aylantirish 
siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda proteksionizmni keng qo‘llash 
kerakligini aytadi. Shunisi qiziqki, buijuaziya manfaatlarmi himoya 
qilib, gohida fritrederlik (F.Bastia), ba’zida proteksionizm (Ch.Keri) 
«uyg‘unlik»ning doimiy sharti deb e’lon qilinaveradi.



Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin