‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Klassik maktab ta’limoti va hozirgi zamon



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184
61aef8397723d3.50813536

10.3. Klassik maktab ta’limoti va hozirgi zamon
A.Smit va D.Rikardo Angliya klassik iqtisodiyotining eng buyuk va 
eng so‘nggi namoyandalari edilar, ulaming g‘oyalari Sey, Sismondi 
Bastia, Sismondi Senior, Keri va qisman Maltus tomonidan davom 
ettirildi, ammo bu g‘oyalarga yangilik kiritilmadi. Agar klassik maktab


g'oyalari Angliya va Fransiyada qo'llab-quwatlanib, progressiv rol 
o‘ynagan bo‘lsa, feodal munosabatlari hali ustun, kapitalistik tuzum 
endigina rivojlanayotgan davlatlarda bu g'oyalar ta’siri tobora ortib 
bordi (Germaniya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Rossiya). Ma’lumotlar- 
ga ko‘ra, Ispaniyada Smitning kitobi dastlab inkivizitsiya tomonidan 
taqiqlangan. Germaniyada esa reaksion professorlar uni tan olishni 
istashmagan. Shunga qaramasdan, ulaming asarlarida klassik iqtiso­
diy maktab eng yuksak cho'qqiga ko‘tarildi va jahon iqtisodiy tafakku- 
riga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Undan keyingi iqtisodchilar ilmiy 
bo‘lmagan apologetik maqsadlami qo‘ydilar.
Klassik iqtisodiy maktab uchun shu narsa xarakterliki, unda manti­
qiy abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy voqealar va jarayonlar 
mohiyatiga yetish uchun harakat qilindi. Olimlar mavjud voqealami 
imkoni boricha katta obyektivlik va holislik bilan tahlil etdilar.
Klassiklar mulohazalarining asosida inson xohishiga bog‘liq 
bo'lmagan obyektiv iqtisodiy qonunlar mavjudligi to‘g‘risidagi tushun- 
chalar yotar edi. Bu qonunlar iqtisodiy tizimda tabiiy turg‘unlikni 
ta’minlashga qodir bo‘lib, o‘z-o‘zini tartibga solish tendensiyasi ulaiga 
xosdir. Shu sababli bu ta’Iimot a’zolari davlatning iqtisodiyotni, 
savdoning har qanday cheklovlariga doimo qarshi bo‘ldilar.
Klassik iqtisodiyotning poydevori qiymatning mehnat nazariyasi 
asosiga qurilgan. Bu ta’Iimot daromadlami taqsimlash nazariyasiga ham 
asos deb qaralgan. Bu maktab birinchi marta o‘sha davrdagi ilg‘or 
buijua jamiyatining sinfiy tuzilishini to‘g‘ri yoritib berdi, kapitalistlar 
va yer egalari daromad manbalari yollanma ishchilami ekspluatatsiya 
qilish ekanligi ochib berildi, ammo qo'shimcha qiymatning asl tabiati 
aniqlanmadi.
Ijtimoiy kapitalning takror ishlab chiqarish mexanizmini tadqiq 
qilishda muhim yutuqlar qo'lga kiritildi. Ammo doimiy kapitalning 
yalpi mahsulot qiymati elementi ekanligi aniqlab berilmadi. Klassiklar 
asosiy iqtisodiy muammo sifatida kapital jamg'arilishini ilgari surdilar 
va u bilan bog‘liq bo'lgan ziddiyatlami yetarlicha baholay olmadilar, 
umumiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo‘lishi mumkinligini 
inkor etdilar.
Bu olimlar, odatda, siyosiy iqtisod asoschilari deb ko'rsatiladi. 
Ammo bu ibora Monkreten tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan 
(1615) va siyosiy iqtisodga Kantilonning «Esse» asarida, F.Kene ma- 
qolalarida, Tyurgoning kitoblarida asos solinganini aytib o‘tish kerak.


A.Smit o‘z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to‘la tahlil etib, 
hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor iqtisodiyoti va uning amal 
qilish tamoyillarini to‘g‘ri ko‘rsatib berdi. Ular ta’limotining mohiyati 
qisqacha quyidagilardan iborat:
1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi.
2. Baholaming erkinligi (ya’ni bahoning bozorda talab va taklif aso­
sida shakllanishi).
3. Erkin raqobat.
4. Mulk shakllarining turli-tumanligi va ulaming qonun oldida 
baravarligi (ya’ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklaming 
hayotiyligi); xususiy mulk afzalligi.
5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi 
(yoki iqtisodiyotning «lassez faire» tamoyih bo‘yicha o‘z yo'liga ko‘ra 
rivoji) va boshqalar.
Bu tamoyillar nazariy jihatdan buyuk kashfiyot edi va muhimi yan­
gi jamiyatning iqtisodiy siyosatida keng qo'llanilib, samarali natijalar 
berdi. Bu nazariy asos hozirgi davrda ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas. 
Keyingi rivojlanish davrida bu tamoyillaming evolutsiyasini ko‘ramiz. 
Ayniqsa, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasi bo‘yicha turlicha 
fikrlar bor. Sotsialistik rivojlanish g'oyalarining mualliflari sotsialistik 
deb atalgan davlat klassik iqtisodiy maktabning bir qancha muhim 
tamoyillarini inkor etib (masalan, xususiy mulkni bekor qilish, davlat- 
umumxalq mulkining hissasini oshirish, qat’iy rejalashtirish, qat’iy 
baholar o'matish, iqtisodiyotda erkinlikni bo‘g‘ish, davlat tomonidan 
ma’muriy-buyruqbozlik usullarining keng qo‘llanilishi va boshqalar), 
katta xatoga yo‘l qo'yganliklari tarixda isbotlandi.
Smitning bosh asari 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin