zid bo'lib, bulami pul qilish san’atiga xos narsa deb bilgan va uni
xrematistikaga tegishli degan.
Aristotel uchun ideal (bekam-u ko‘st) xo‘jalik - bu uncha katta bo‘l-
magan dehqonchilik xo'jaligi (unda, albatta, qullar ishlagan) bo‘lib, u
deyarli keraldi barcha mahsulotni yaratuvchi (natural xo‘jalik) bo'lishi
shart edi. Ayrim yetishmagan narsalami esa qo'shnilardan «odil almashuv»
asosida olish kerak. Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan bo‘lib
iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini berdi va ma’lum
darajada ular
o‘rtasidagi o‘zaro bog'lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan
ASmitning «Xalqlar boyligi» asaridagi fikrlar hamohangligini ko‘rish,
qiymat qonunining hosil bo'lishi mexanizmini tushunish mumkin.
Qiymat
iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Tarixan
uni talqin etishda ikki yo'nalish bor. Birinchi yo'nalishda tovar qiymati
obyektiv bo‘lib, uning manbayi shu tovami ishlab chiqarish uchun
sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo'nalishda qiymat tushunchasi
subyektiv narsa bo‘lib, odamlar tomonidan tovaming foydaliligi boshqa
biron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi.
Aristotelning g‘oyalarida ikkala yo'nalish kurtaklari mavjud. U qiymat
qonuni muammosini qo‘yadi, lekin unga to‘la javob topa olmaydi. U
almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko‘radi. «Nikomaxov
ahloqi» asarida u shunday fikr yuritadi:
«Jamiyat ikki vrachdan tashkil
boHmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman, bir xil va teng
bo4maganlardart tashkil topadi. Ana shunday odamlami bir-biriga
tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha
narsalami tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror
narsa bilan o4chanishi kerak. Etikdoiz mahsulotining dehqon mahsulotiga,
dehqon mahsulotining etikdo'z mahsulotiga bo4gan to'gri munosabati,
to'gri tenglamasi topilishi kerak».
Lekin o‘sha narsa nima ekanligi aytilmaydi.
Savolga javob izlab u o‘z fikrini shunday davom ettiradi:
«biz nima uchun
almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening tovarim
kerak»,
degan oddiy qisqacha xulosalaiga keladi. Tovarlaming tengligi
pul tufayli amalga oshadi, deydi u. Hamma
narsa biron narsa bilan
o‘lchanishi kerak. Bu, awalo, ehtiyoj, u barcha narsani bog‘lovchi
asos. Ehtiyojni almashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul -
chaqa paydo bo‘ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm
g‘oyalari yotadi, ya’ni tovarlaming foydaliligi asosiy o‘ringa chiqadi.
Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama-
qarshi qo‘yishi xarakterUdir. U o‘ylab topgan «xrematistika» matni
«xrema» so‘zidan olingan bo‘lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel
iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo‘lgan mah-
sulotlar (iste’mol qiymatlari) ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
tabiiy xo‘jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik
va mayda savdo). Bu almashuvni ham o‘z
ichiga oladi, ammo zarur
shaxsiy talab-ehtiyojlami qondirish chegarasidan chiqmasligi кегак.
Bu faoUyat chegaralari ham tabiiy soha bo‘lib, insonning ongli shaxsiy
iste’moli doirasida bo‘lishi кегак.
«Ekonomiya»
so‘zi dastlab uy xo'jaligini yuritish san’ati sifatida
yuzaga kelgan bo‘lsa, keyingi davrda u ko‘proq va asosan «ekonomika»
ma’nosida qo‘llaniladi va xarajatlami qisqartirish, ma’lum resurslami
sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu atama ko'proq
quyidagilami anglatadi:
1. Tuman, hudud,
mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo‘ja-
ligi (masalan, jahon iqtisodiyoti, 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar).
2. Xalq xo‘jaligining, to‘la ishlab chiqarishning ayrim shart-sharoitlari
va elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar
(sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, ta’lim va boshqa
lar) ni tadqiq etadigan ilmiy soha.
3. Ma’lum iqtisodiy tizimni tashkil etuvchi ishlab chiqarish, taq-
simot, almashuv, iste’mol jarayonidan tashkil topuvchi odamlar o‘rta-
sidagi ma’lum tarixiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi.
Dostları ilə paylaş: