‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Yarron  (m.av.  116-27)



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Yarron 
(m.av. 
116-27) 
va 
Lyusiy Kolumella (I 
asr) 
lar quldorlik xo'jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab


chiqdilar. Shu bilan birga, olim va arxeolog bo'lgan Varron 
«Qishloq
xo'jaligi to'grisida»
degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o‘rin 
beradi, qishloqdan shaharga intilganlami qoralaydi. U dehqonchilik 
bilan chorvachilikni biiga rivojlantirishni ma’qul deb biladi. Varron 
ular o'rtasidagi 
«buyuk ittifoq»
tarafdori edi. Buning asosiy sababi 
shundaki, Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi 
esa ancha yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har 
bir xo‘jalik o‘z-o‘zini ta’minlashi kerak, u bozor munosabatlariga 
kam e’tibor qilgan, qullar ekspluatatsiyasi tarafdori bo‘lgan va ulami 
«gapiruvchi qurollar»
deb bilgan. U qullaming siyosiy jihatdan xavfli 
ekanligini tushungan va bir millatga tegishli qullami ko‘p saqlamaslik 
kerak deb tavsiya etgan (chunki birlashib harakat qilishlari oson).
Kolumella o‘zining qishloq xo‘jaligiga oid yirik asarida qullar 
mehnatining samarasi pastligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, qullar 
yemi yaxshi ishlamaydUar, yer yuqori hosil berishi uchun qayg'ur- 
maydilar. U erkin mayda ishlab chiqaruvchilaming mehnati qullami- 
kidan yuqori bo'lishini isbotlab berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga 
nisbatan mayda dehqonchilikni afzal deb hisobladi. Bu davrda yirik 
latifundiyalaming inqirozi aniq bo‘lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv 
yo‘l bilan bordi, ya’ni hosil qo'shimcha yer hisobigagina oshdi. Qullar 
imkoni boricha yemi ishlamaslikka intilgan. Kolumella bunday yerlami 
erkin kolonlaiga bo‘lib berish yaxshiroq samara beradi, degan to‘g‘ri 
xulosaga keldi. Uningcha, mayda ishlab chiqarishga o‘tish kerak edi 
(hozirgi davrga solishtirib ko‘ring).

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin