‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184
61aef8397723d3.50813536

qiymatning
mehnat nazariyasiga
asos soldi. Bu klassik maktabning asosiy nishonasi 
(belgisi) sifatida qaraladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgarib 
turuvchi bozor bahosi («siyosiy baho»)ga tabiiy bahoni (qiymat deb 
bilgan) qarama-qarshi qo'ydi. Tabiiy baho ichki bozor bahosiga teng 
bo‘lishi kerak. Chunki u mehnat miqdori bilan o‘lchanadi. U non 
bahosi bilan kumushni solishtiradi va ulaming bahosi sarflangan 
mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya’ni non kumushga 
almashtirilganda almashuv proporsiyasi asosida shu mahsulotlami ishlab 
chiqarishga sarflangan mehnat yotadi, demak qiymat mehnat bilan 
aniqlanadi. Undan tashqari, tovaming qiymati kumushni qazib 
olishdagi mehnat unumdorligiga to‘g‘ri proporsionaldir, sarf-xarajat 
usuli qo'llaniladi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning 
mehnat nazariyasi kurtaklarini ta’rifladi. Bu olimning katta ilmiy 
xizmatidir. Ammo Petti qiymatni almashuv qiymati bilan qorishtirib 
yuboradi va almashuv qiymatini almashuv jarayonida qanday shaklda 
bo'lsa, shunday, ya’ni pul shaklida ifoda qiladi. U qiymatning bevosita 
manbai sifatida faqat konkret mehnatning aniq bir ko‘rinishini, oltin 
va kumush qazishdagi mehnat (ya’ni pul materiali)ni ko‘rgan, xolos. 
Uningcha, tarmoqlardagi ishlab chiqarilgan mehnat mahsulotlarining 
qiymati shu mahsulotlami nodir metallarga almashuvi natijasida 
aniqlanadi. Olimning merkantilistik qarashlari bu yerda ham saqlangan 
(kamchiligi). U abstrakt mehnat bilan konkret mehnatni farqlamaydi. 
Unda qiymat bilan iste’mol qiymati tushunchalari o‘rtasida aniq farq 
ko‘rinmaydi, ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret mehnat 
iste’mol qiymatini yaratsa, abstrakt mehnat umumiy qiymatni yaratadi.
Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida qimmat­
baho metall va toifalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi yerlar, 
uylar, kemalar, tovarlar hatto uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi.
Mamlakat boyligini oshirish uchun odamlami qamoqxonalarga 
tashlash emas, pullik jarimalar kiritish kerak, deydi. Yirik o‘g‘rilami 
esa «qullik»ka sotib, ishlatish zarur. Shu bilan birga, pulning jamiyatdagi 
roli to‘g‘ri talqin etilmagan (savdogarlami qisqartirish taklif etiladi).
«Mehnat boylikning otasi va nihoyatda faol prinsipidir, yer esa uning
onasidir»
degan fikr ham V.Pettiga tegishlidir. Bu g'oyaning shunisi


to‘g‘riki, mehnat boylikning yakka-yu yagona manbayi emas, chunki 
gap moddiy boylik, iste’mol qiymatlari hosil qilish ustida boiganda 
faqat mehnat emas, balki tabiat ham ishtirok etadi, ammo to‘g‘ri qoi­
da tovaming qiymatiga ham xato ravishda noo‘rin qo‘llaniladi. Shunday 
qilib, V.Petti o‘zining qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-qarshi 
o‘laroq, qiymat manbayi sifatida mehnat bilan biiga tabiatni ham qabul 
qilishni talab etadi. Buning sababi shuki, u iste’mol qiymati manbayi 
sifatida ham, qiymat manbayi sifatida ham bir xil gavdalangan.
Qiymat nazariyasi bilan daromadlar, ish haqi va renta to‘g‘risidagi 
nazariyalar bevosita bir-biriga bog'liq. V.Petti boshqa (D.Rikardo, 
T.Maltus) klassik maktab vakillari kabi, ish kuchini emas, balki 
mehnatni tovar deb hisobladi (aslida ish kuchi ham tovardir).
V.Petti mehnatni tahlil etishga kirishadi. Har bir konkret mehnat 
aniq narsani (baxt-saodatni), iste’mol qiymatini yaratadi. Qiymat ikki 
qismdan iborat: 1) iste’mol qiymati; 2) almashuv qiymati - mahsulot 
almashsa yoki sotilsa, yuzaga chiqadi. Masalan, dehqon mehnatida 
shunday umumiylik borki, unga ko‘ra barcha mehnatlami bir-biri bilan 
solishtirish (chog‘ishtirish) mumkin, narsalar (baxt-saodat) 
tovarlami almashuv qiymati bilan, ish vaqtini sarflash, umuman 
ishchilaming unumli energiya sarflashi bilan aniqlash mumkin. Bundan 
abstrakt mehnat tushunchasi kelib chiqadi va buni birinchilardan bo‘lib 
V.Petti tushuna boshladi. U mehnatning tabiiy bahosini ish haqi deb 
biladi va uning miqdorini aniqlashni o‘zining vazifasi qilib qo‘yadi. 
0 ‘sha davrda Anghyada ish haqi qonun bilan tartibga solingan, uning 
eng yuqori pog‘onasi ishchilaming hayoti uchun zarur bo'lgan 
jismoniy minimum mablag‘lardan iborat edi (sog‘lom odamning kunlik 
o‘rtacha ovqati). Petti har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va 
ko‘payish uchun» kerakli narsani olsa bas, degan qisqa xulosalarga 
keladi. Bu holatni V.Petti nazariy jihatdan isbotlamoqchi bo‘ldi. U 
o‘yladiki, agar ishchilarga ko‘rsatilgan minimumdan, masalan, ikki 
hissa ko‘p haq to'lansa, ular ikki marta kamroq ishlaydilar.
Tirikchilik uchun zarur mablag‘lar nazariyasi xato bo‘lib, awalo, 
ishchi kuchi qiymatiga kiruvchi tarixiy va axloqiy elementlami o‘z 
ichiga oladi. Shu bilan biiga, bu nazariyaning ijobiy tomoni ham mavjud 
bo‘lib, ishchilar o‘zlari yaratgan qiymatning faqat bir qismini (tiriklik 
uchun kerakli minimum mablag'ni) olayotgani ma’lum bo‘lib qoldi. 
Mehnat tufayh yuzaga kelgan qiymatning boshqa qismi esa qo‘shimcha


mehnat natijasi sifatida namoyon bo‘ladi, bu qo‘shimcha qiymat, 
uningcha, rentadir.
U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlaiga 
salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek, u sotuvchilar sonini ham 
keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va yer egalarining 
daromadlarini belgilash uchun umumiy bo‘lgan «Renta» tushunchasi 
kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir 
eslang). Uning fikricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi 
va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng 
bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo‘shimcha mahsulotga teng. Pul 
holidagi renta qo‘shimcha mahsulotning kumush miqdoriga teng 
qiymatidir.
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo‘q, renta 
barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababli 
renta to‘g‘risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap 
boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin 
renta (qo‘shimcha qiymat)ni qo'shimcha mehnat natijasi ekanligini 
aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi.
Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir 
bo'lagi sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki, 
unga ko'ra ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, — deydi u, — 
bir bushel (36,4 kg) bug‘doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi 
yer rentasiga, 40 pensi yer egasining ish haqi sifatida berilsa va ish 
haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko‘tarilsa, yer egasining 1 
bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, yer rentasi esa 20 
dan 15 pensga (ya’ni 5 pensga) kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to‘g‘risida ham muhim va qiziqarli 
fikrlami beradi (umuman, renta absolut va differensial bo‘ladi). 
Differensial rentaning kelib chiqishini u yer uchastkalarining turlicha 
joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya’ni bozoiga uzoq- 
yaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini 
ham aniqlab, yeming tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini 
ko‘rsatgan. Olimlaming fikricha, V.Petti differensial rentani Adam 
Smitdan ham yaxshi bayon etgan.
Absolut renta haqida gap boiganda shuni aytish kerakki, bu renta 
yeiga xususiy mulkchilik bo'lganda namoyon bo‘ladi. V.Petti yer bahosi


masalasini juda qiziq va noyob ravishda hal etishga uringan. Uning 
fikricha, yemi sotib oluvchi har yili renta olish huquqini qo‘lga kiritgan 
shaxsdir. Shu sababli yeming bahosi bir yillik rentani ma’lum bir 
songa ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Hamma masala shunda bo‘lib, uni 
tanlash talab etiladi. Xo‘sh, u nima bo‘lishi mumkin?
V.Petti bu savolga javoban shunday deydi: yer sotib oluvchi o‘zi va 
o‘ziga yaqin avlod-ajdodlarining manfaatlarini e’tiboiga olib ish yuritadi. 
Uningcha, odatda, uch avlod vakillari bir vaqtda hamkorlikda yashay- 
dilar buva (50 yosh), o‘g‘il (28 yosh) va nabira (7 yosh). U shu uch 
avlodning hamkorlik davrida yashagan yillar rentasi yig'indisini yer 
bahosi deb qabul qiladi. U Angliya uchun bunday son 21 yilga teng 
ekanligini aniqlaydi. Demak, yeming bahosi shuncha bir yillik rentalar 
yig‘indisiga teng, degan xulosa chiqariladi.
V.Petti yemi sotib oluvchi uchun yer yillik daromad manbai ekan­
ligini tushungan. Shunga muvofiq u yeming bahosi shunday summaga 
teng bo'lishi kerakki, bu summa har yili olinadigan renta huquqini 
beradigan bo‘lishi kerak, deb to‘g‘ri hisoblagan. Amalda 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin