‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari


səhifə113/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

11.4. K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov 
(1805-1875) Germaniyada, Shi- 
moliy Greyfsvoldda 1805-yilda tug'ildi. Gettingem va Berlin univer- 
sitetlarida huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo‘yicha ma’lum 
vaqt ishladi. Burjua demokratik revolutsiyasi yillarida parlament a’zosi, 
keyinchalik vazir (ministr) lavozimlarida faoliyat ko'rsatdi. K.Rodbertus 
Germaniya mayda buijua iqtisodiy ta’limoti vakili bo‘lib, Sen-Simon 
va sotsialist-rikardochilar g'oyalari ta’sirida edi. U xayoliy sotsializm va 
konservativ reformizm g‘oyalari asosida o'zining eklektik konsepsiyasini 
yaratdi.
1842-yilda K.Rodbertus 
«Davlat-xo‘jalik tizimini bilish yo‘lida» 
deb
nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sotsial xatlar» 
shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo'shimcha qiymat nazariyasini 
ko‘rsatib o‘tdi. U o‘z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: 
«Agar
ishlab chiqarish qanchalik yuqori bo‘lsa, ishchining yashashi uchun
zarur vositalardan tashqari ko‘pgina iste’mol buyumlarini yaratishi
mumkindir. Bu chegirma yerga xususiy mulkchilik va kapital mavjud
sharoitda renta holiga aylanadi va kishilar tomonidan mehnatsiz


o‘zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning asosiy usuli
yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir»
(К.Родбертус «К познанию 
нашего государственно-хозяйственного строя. Пять теорем». М., 
1935, стр. 115). K.Rodbertusning nazariyasi va qisqacha xulosalarla- 
riga yuqori baho berish mumkin, chunki u A. Smit va D.Rikardo 
iqtisodiy ta’limotlar bilan yaqindan tanish va bu ta’limotlami chuqur 
ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o‘z xatlarining birida qo‘shimcha qiymat va uning 
vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‘rsatganligini va aniq qilib 
tushuntiiganligini yozadi. Bu bilan u o‘zining qo'shimcha qiymat naza- 
riyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o‘g‘irlab» o‘ziniki 
qilganligini isbotlamoqchi bo‘ladi. Shuni aytish zarurki, Marks ta’li- 
motiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o'ziga ham ma’lum 
edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani 
yana qayta ko‘tardilar. Ulaming asosiy maqsadlari Marks ta’limotini 
kuchsizlantirish va uning ta’sir doirasini kamaytirish edi. 0 ‘z davrida 
F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat nazariya- 
sidan so‘l rikardochilar K.Rodbertusdan oldinroq foydalanganliklarini 
aytdi. Shuningdek, u K.Rodbertus qo'shimcha qiymatning foyda va 
yer rentasiga ayianish qonunini, kapitalistik sinflar o‘rtasida qo'shimcha 
qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‘liq tushunmay, faqat renta 
nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy 
asaridan tashqari, to'rtta «ijtimoiy xati»da bayon etilgan. Unda u 
qiymatning mehnat nazariyasini tahlil qildi. Qiymat ijtimoiy zaruriy 
mehnat va mehnat xarajatlari bilan aniqlanib, bu o'rinda bir xil mehnat 
xarajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat’i nazar bir xil qiymat 
hosil qiladi deb ko'rsatiladi. Bundan tashqari, mehnat doimo qiymat 
vujudga keltirishi alohida ta’kidlanadi. F.Engels «Falsafa qashshoqligi» 
asarining so‘zboshisida K.Rodbertus qarashlaridagi bu holatni keskin 
tanqid qilib, o'zining qiymat nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy 
xarakterini inkor etishini yozadi.
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o‘lchovi sifatida oltin va 
kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o'zgarmas o‘lchov 
deb hisoblaydi. Bu o‘rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin 
olim xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo‘jaligi sharoitida pulning 
zaruriyatini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o'zining


taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‘l qo'ygan xatolami 
takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch 
bosqichdan iborat bo'ladi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin