XOTIMA
Taniqli iqtisodchi olim Mark Blaugning ta’kidlashicha, iqtisodiyot
fani va ta’limotlarining tarixi o‘ziga xos laboratoriyadir. Har bir iqtisodchi
buni tushungan va tushunmagan holda bu laboratoriyani o‘zi bilan
birga olib yuradi (Блауг М. Экономическая мыслъ в ретроспективе,
с.659).
Bu laboratoriya doim harakatda, doim izlanishda bo'lib,
o‘tmishdoshlar tomonidan qoldirilgan intellektual merosni bilish
muhimdir.
Oddiy tushunchalardan boshlangan iqtisodiy g‘oyalar tarixi
davomida bir nechta muhim yo'nalishlami ajratish mumkin. Bular
boylikning asosi muomala sohasida
degan aqidaga asoslangan
merkantilizm iqtisodiy ta’limotigacha bo‘lgan davr, merkantilizmning
o‘zi, klassik iqtisodiy maktab, sotsialistik yo'nalish va marjinalizmdir.
Hozirgi davr iqtisodiy ta’limotlarida vujudga kelgan uch asosiy
yo‘nalish tamoyillari turli mamlakatlaming iqtisodiy siyosatlariga asos
qilib olingan.
Sotsialistik deb atalgan yo'ldan borgan 28 davlat 90-yillar boshida
bozor iqtisodiyotiga qaytishni yoki o‘tishni ma’qul deb hisobladilar.
Bu davlatlaming bozor munosabatlariga o'tishi o‘ziga xos bo'lib, «o‘tish
davri iqtisodiyoti» sifatida qaraladi. Albatta, bu o‘tish klassik mamla
katlar (Angliya, Fransiya, AQSH, Germaniya va boshqalar) rivojlani-
shidan ancha farq qiladi, chunki bu yerda gap ma’muriy-buyruqboz-
likdan erkin bozor munosabatlariga o‘tish to‘g‘risida boradi. Ko‘pchilik
mamlakatlarda o'tishning dastlabki qiyinchiliklari bartaraf etilib, normal
rivojlanish davri boshlangan. Shu bilan birga, ko‘p
yillardan buyon
bozor munosabatlarida yashayotgan, ammo qoloqlik va qashshoqlik-
dan chiqa olmayotgan davlatlar ham ko‘pligini alohida ta’kidlash ke
rak. Demak, gap samarali bozor iqtisodiyoti to‘g‘risida borishi zarur.
Bozor iqtisodiyotining muhim afzallik tomoni shundaki, u barcha
tadbirkorlar (sohibkor)lar uchun teng erkin imkoniyatlar beradi,
xususiy mulk asosiy o‘rinni egallagani uchun yaratuvchanlikka rag'bat
(ishtiyoq)qa sharoit yaratiladi, boqimandalik (ilgarigi
sotsialistik
jamiyatdagi) kayfiyatini inkor etadi. Cheklangan moddiy-texnika
resurslaridan samarali foydalanib, tobora oshib borayotgan talablami
to‘laroq qondirish imkoni yaratiladi.
Ko‘rinib
turibdiki, bozor munosabatlari rivojlanish uchun bir
vosita, undan unumh foydalanib, yutuqqa erishayotgan mamlakatlar
talaygina, ammo shu yo'ldan borayotgan,
lekin qoloq davlatlar ham
ko‘p. Gap shundaki, xuddi tabiatdagi kabi umumiy va xususiy holat-
laming birligida. Masalan, bizga oq bo'lib ko‘ringan rang prizmada
yettita boshqa-boshqa rangga ajraladi, undan esa minglab boshqa ranglar
hosil bo‘ladi. Muzikada yettitagina nota mavjud, ammo undan minglab,
millionlab ohanglar vujudga keladi.
Bozor tizimi hozirgi davr iqtisodiyotining eng samarali usulidir,
ammo bu tizim bekam-u ko‘stmi degan savol tug'iladi. R.Xeylbroner
va L.Tyugolaming
fikricha, («Экономика для всех», с.296-298),
bozoming uchta nozik joyi, muammosi mavjud.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: