‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə149/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Qisqacha xulosalar
1917-yildagi oktyabr to‘ntarilishi va sho‘rolar hokimiyati (1917- 
1990) davrida sobiq SSSR va xususan 0 ‘zbekistonda ma’muriy- 
buyruqbozlikka asoslangan imperativ rejali iqtisodiyotga o‘tildi. 
Nokapitalistik konsepsiya, ya’ni bozor munosabatlarini inkor etuvchi 
yo‘l tanlab olindi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti tufayli erishilgan ayrim 
yutuqlar vaqtincha samara berdi. Markaz tomonidan olib borilgan 
siyosat oqibatida katta potensialga ega bo‘lgan 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti 
bir tomonlama agrar- xomashyo yo‘nalishida rivojlandi, sanoat tovarlari 
ishlab chiqarish cheklangan edi, paxta yakkahokimligi ijtimoiy-ekologik 
muammolami keltirib chiqardi, yerlaming sho‘rlanishi, botqoqlashuvi 
kuchaydi, Orol dengizi quriy boshladi, xalqning moddiy farovonligi 
keskin ortda qoldi. Ilg‘or mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanish tarixi 
bozor iqtisodiyotini qo'llash yo'li bilangina taraqqiyotga erishish 
mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ko‘p yillar davomida imperativ rejali


iqtisodiyot yuritgan sobiq SSSR va boshqa «sosiaUstik» deb atalgan 
davlatlar iqtisodiyoti inqirozga uchradi va bu bozor iqtisodiyotiga o‘tishni 
taqozo etmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o‘z 
mustaqilligiga erishgandan so‘ng (1991) o‘ta boshladi. Bu bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan 
rejali (planli) iqtisodiy tizimdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
qonun-qoidalari va uning 0 ‘zbekistondagi milliy xususiyatlarga xos 
ilmiy qarashlar majmuyidan iboratdir.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik Islom Karimovning 
asarlari, risola va nutqlarida izohlab berilgan. 0 ‘zbekistonning tarixiy, 
ilmiy, an’anaviy, ekologik va boshqa sohalardagi tajribalariga asoslanib, 
respublikada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li 
maqbul deb topildi. Bu o‘tish yo‘li tadrijiy (evolutsion) ketma-ket, 
bosqichma-bosqich amalga oshadi. Jamiyat rivoji tarixi shuni aniq 
ko'rsatadiki, bir ijtimoiy tizimdan boshqa tizimga ko'chish uchun 
ma’lum o‘tish davri obyektiv zaruriyatdir. Bu zarurat eskirgan hayot 
ukladi o‘miga yaratiladigan yangi ukladni vujudga keltirishdagi siyosiy- 
ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan chambarchas bog‘Uqdir. 
0 ‘zbekiston sharoitida bu o‘tish davri bir necha bosqichdan iborat 
bo'ladi. Birinchi bosqich 1991-1994-yillar, ikkinchi bosqich 1994 - 
1999-yillarda amalga oshirildi, uchinchi bosqich 2000-yildan boshlandi.
0 ‘tish davrining davom etish vaqti va bosqichlari soni o‘tish davrida 
qo‘llaniladigan qator aniq obyektiv va subyektiv omillar va uslublarga 
bog‘liqdir. Uni nisbatan tezroq va to‘fonlarsiz amalga oshirish bosh 
vazifa hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda sobiq sho‘ro davlatlari orasida 
birinchilardan bo'lib mustaqillikning o‘n yili davomida muhim yutuqlar 
qo‘lga kiritildi. Inqirozlar davri tugab (1996), iqtisodiyotning jadal 
o‘sish davri boshlandi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi, milhy 
valutamiz bo‘lgan so‘m mustahkamlandi, xususiylashtirish jarayoni 
chuqurlashdi va kengaydi. Yoqilg‘i-energetika va don mustaqilligi 
ta’minlandi, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar keng quloch yoydi, 
yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Iqtisodiyotda sezilarli siljishlar 
amalga oshirildi. Bozor infrastrukturasi yaratildi, asosiy iqtisodiy 
ko'rsatkichlar o‘sishi ta’minlandi. Bu tanlab olingan iqtisodiy islohotlar 
yo‘lining to‘g‘riligi natijasidir.



Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin