partiyaviylik va boshqalar) siyosat bu mamlakatlar inqirozini
kuchaytirdi. Buning oqibati esa barchaga ma’lum. XXR va VSR o‘z
iqtisodiyotini isloh qilishda muhim yutuqlarga erishmoqda.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, iqtisodiy
siyosatni ishlab chiqishda yakka-yu yagona nazariya yoki ta’limotga sof
holda asoslanish qiyin. Amalda bir qancha nazariya va ta’limotlaming
qorishmasidan foydalaniladi. Shuning uchun ham, mavjud iqtisodiy
ta’limotlami sinchiklab o‘rganish va ulami ma’lum tarixiy, milliy,
an’anaviy, ijtimoiy va boshqa sharoitlami hisobga olgan holda qo‘llash
samarali natija beradi.
Har qanday nazariya, ta’limotning asosiy mezoni amaliy hayotdir.
MUHIM SANA, TUSHUNCHA VA IZOHLAR*
(GLOSSARIY)
Miloddan awalgi (m.av.) IV ming yillik
— Sharqdagi dastlabki qul
dorlik davlatlari paydo bo'ldi, ilk iqtisodiy qarashlar shakllandi.
Xammurapi
(m.av. 1792-1750) — Bobil (Vavilon) podshosi toshga
o‘yib yozilgan o‘z qonunlarida quldorlik tuzumining xarakterli belgilarini
aks ettirgan (282 ta). Bu yodgorlik Parijda Luvr muzeyida saqlanmoqda.
Zardushtiylik
(Zoroastrizm, otashparastlik)
islomgacha 0 ‘rta
Osiyo, Ozarbayjon va Eron xalqlarining dini. Bunda, ayniqsa, tabiatni
va hayvonot dunyosini asrash va boshqa iqtisodiy masalalarga alohida
urg‘u berilgan.
«Avesto»
— Zardushtiylikning muqaddas to‘plami, oromiy yozuvida
bitilgan. m.av. VII asrda Markaziy Osiyoda qadimgi davrdagi iqtisodiy
hayot aks etgan. Mehnatga, chorvachilikka alohida e’tibor berilgan. Ko‘p
qismi yo‘q bo‘lgan, to‘liq emas. Rus va o‘zbek tillariga tarjima qilingan.
Bu kitob 2700 yil awal yozilgan bo'lib, unda «ezgu fikr, ezgu so‘z va
ezgu amal» prinsiplari ilgari suriladi.
«Artxashastra»
— m.av. IV-III asrlarda Hindistondagi siyosiy va iqtiso
diy hayotni aks ettirgan. Ish haqi tushunchasi ish vaqti bilan ifodalangan.
Konfiitsiy
(Kun-Szi, m.av. 551-479) — Xitoydagi konfutsiychilik
iqtisodiy ta’limotining asoschisi. «Lunyu» suhbatlar va mulohazalar
to‘plamini yaratgan. «Xalqlar otasi» iborasining muallifi. Oz iste’mol
qilib, ko‘proq ishlashni targ'ib etgan. Odat bo‘yicha boshqarish tarafdori
(ota-bola; podsho-xalq, oila kabi bo‘lishi kerak)
Legistlar
- Xitoydagi (m.av.VI-III asrlar) iqtisodiy oqim.
Konfutsiylikka qarshi. Boshqaruv qonunlar asosida bo‘lish tarafdori.
Don masalasini hal qilish bosh vazifa deb qaraladi. Dehqonlami ro‘yxat
qiUsh, soliq tizimini tartibga solish tarafdorlari.
«Guan-Szi»
(m.av. IV asr) — Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar, unda
xo‘jalikni davlat tomonidan tartibga solish tizimlari mukammal berilgan.
* Izohlar tarixiy va mazmunan izchillik tartibida keltirilgan.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |