Bundan bir ming kelasi yil uchun aylanma kapitali
sifatida reinves-
titsiya qilinadi.
1-j a d v a 1
Iqtisodyotdagi uch tarmoqning o‘zaro bog‘liqligi
Ishlab chiqarish
X a r i d
I
II
III
Ishlab chiqarishning bir
yillik hajmi
Fermerlar
2
1
2
5
Yer egalari
2
0
0
2
Hunarmandlar
1
1
0
2
Yakuniy xarid
5
2
2
9
Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o‘zaro bog'liqligi ko'rsatib
berilgan.
Shuni ta’kidlab o'tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham
oddiy takror ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlang'ich va oxirgi
holat teng). Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro‘y
beradi. F.Kenening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi
sifatida saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o'ringa
qo‘ya olmas edi, chunki bu olimning
dehqonchilikning ustunligi
haqidagi fiziokratik konsepsiyasiga qarshi chiqar edi. Bundan tashqari,
u asosiy tamoyilni - sinflaming ishlab chiqarish vositalariga muno-
sabatini inkor etadi.
Jadvalda F.Kene iqtisodiy ta’limotining asosiy tomonlari: uning
«sof mahsulot» va «kapital», unumli va unumsiz sinflar to‘g‘risidagi
ta’limoti
aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish
usulining himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham ko‘rinib turibdi.
F.Kene takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda
baholaming o'zgarmasligini asos qilib oladi (bunda
almashuv ekvi-
valentlik tamoyili asosida ro‘y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon
tashqi bozordan abstraksiya qilinadi (ya’ni bu hodisa faqat ichld bozor
sharoitida ro‘y beryapti deb qarash kerak).
Qishloq xo‘jalik yilining hosil yig‘ib olish tugallangan davri muomala
(aylanish) momentining boshlang'ich punkti qilib olingan. Deh
qonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd. livr (1799-yilgacha amal
qilgan o'sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo‘lib (4 mlrd. oziq-ovqat,
1 mlrd. xomashyo), u unumli sinf vakiUariga (fermerlaiga) tegishli,
shundan 1 mlrd. sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami aso
siy kapital («boshlang‘ich avans») 10 mlrd.
livrga teng deb qabul qi-
linsa, u ta’mirlashga (amortizatsiyaga) muhtoj, ya’ni har yili o'zining
boshlang'ich qiymatiga nisbatan 10 foiz yeyiladi (eskiradi) deb hisob
lanadi. Aylanma kapital («yillik avans») 2 mlrd. «sof mahsulot» qiymati
2 mlrd. «unumsiz sinf» o‘tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd
livrlik mahsulotga ega.
Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 mlrd. livrga teng (5 mlrd. +
2 mlrd.). Undan tashqari, fermerlar qo'lida naqd 2 mlrd. livr pul ham
bor (5 mlrd. + 2 mlrd. + 2 mlrd. = 9 mlrd.), ularbu summani muomala
- ayianish boshlanguncha
yer egalariga ijara haqi, ya’ni renta to'lab
qo‘ygan edilar.
Xo‘sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizatsiya va ay
ianish jarayoni qanday amalga oshadi? «Iqtisodiy jadval»ning shart-
lariga ko‘ra bu jarayon besh aktdan iborat bo‘lib, har biri 1 mlrd. livr
ga teng.
1. Mulkdorlar «unumli sinf»dan 1 mlrd. livrlik oziq-ovqat mahsulot
lari sotib oladilar. Natijada bu operatsiyada qishloq xo‘jaligi mahsuloti
ning 1/5 qismi realizatsiya qilinadi, yer egalarining mulki muomala
sohasidan iste’mol sohasiga o‘tadi.
2. Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd. livrlik sanoat mahsulotlari
sotib oladilar. «Unumsiz sinf» shu bilan o‘z
mahsulotining yarmini
realizatsiya qiladi.
3. «Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan
iste’mol uchun kerakli mahsulotni oladi. Shu yo‘1 bilan qishloq xo'jaligi
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi.
4. «Unumli sinf» «unumsiz sinf»dan olgan 1 mlrd. liviga uning
o‘zidan («unumsiz sinf»dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini
oladi. Ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan elementlarini
qayta tiklash uchun kerak. Bu operatsiya oqibatida («unumsiz sinf»ning)
sanoat mahsulotining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi.
5. Ayianish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz
sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd livrlik qishloq xo‘jalik xomashyosi xarid
qiladi.
Umumiy ijtimoiy mahsulotning ayianish natijalariga ko'ra sinflar
o'rtasida 3 mlrd livrlik qishloq xo‘jalik mahsuloti va 2 mlrd livrlik sanoat
Fermerlar
(unumli sin!)
5 mlrd.
Mulkdorlar
(yer egalari)
2^micd.
Sanoatchilar
(unumsiz sinf)
2 mlrd.
P u l / ^
P u t \
Qishloq
N .
xo‘jalik
mahsulotlari Sanoat mollari
1 mlrd.
1 m lrd .J ^
Pul
Qishloq
xo‘jalik mahsulotlari
1 m l n i ^ - ^ ^
Pul
Ishlab chiqarih
vositalari
1 mlrd.
— ------- "Pul
-------------------- ►
------ -------------Г mlrd.
Qishloq
xo‘jalik mahsulotlari
Yüklə
Dostları ilə paylaş: