124
tuzilmani kompaniyaning strategiyasini samarali bajarish uchun talab qilinuvchi
kommunikatsiya va muvofiqlashtirish mexanizmlari bilan to„ldirishi lozim. Amalda
ko„p hollarda bir-biriga bo„ysunish munosbatlari, ichki siyosat, shaxs psixologiyasi
va korxonaning boshqa o„ziga xos xususiyatlarini e‟tiborga olish zaruratini talab
qiladi, biroq bunda doimo “strategiya-tuzilma” nisbatlarini belgilab beruvchi omillar
asosiy rol o„ynaydi.
Menejment sohasidagi yirik mutaxassislardan biri bo„lgan Piter Druker
korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan bog„liq muammolarni umumlashtirgan.
Eng sodda tashkiliy tuzilma amal qiladigan bo„lsa, u eng yaxshi tuzilma
hisoblanadi. Bunga uning yaratuvchi muamolari sabab bo„lmaydi. Tuzilma qanchalik
sodda bo„lsa, shuncha kam xato qilish xavfi yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: