Qisqa xulosalar
Funksional tashkiliy tuzilmalar.
Funksional ixtisoslashgan bo„limlar asosida
yaratilgan tashkiliy tuzilmalar – bu bitta korxona bilan faoliyat ko„rsatadigan
korxonalarning tuzilmasini strategiyaga moslashishining keng tarљalgan usulidir.
Strategik biznes birlik (SBB) – bu bir korxona tarkibida paydo bo„lgan
korxonalar bo„lib, ular ma‟lum strategik elementlar asosida birlashtirilgan. Ular
umumiy xususiyatga ega bo„lganligi uchun bir guruhga jamlanadi.
Matritsali tashkilot – bu ikki tomonlama bo„ysunish, ikki tomonlama byudjet
vakolatlari, ikki tomonlama natijalar manbai va mukofotlashdir. Ideal yoki
mukammal tashkiliy tuzilma mavjud emas. Strategiya nuqtai – nazaridan barcha
tayanch tuzilmalar o„zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Tuzilmani strategiyaga
maksimal muvofiqlashtirish uchun tayanch tuzilmani tanlash, uni korxona shakliga
127
moslashtirish, so„ngra muvofiqlashtirish mexanizmi va komunikatsiyalari bilan
to„ldirish lozim.
Nazorat savollari
1. Qanday muammolarni markazlashgan, qaysilarini markazlashmagan holda hal
etiladi?
2. Markazlashgan tashkilotning salbiy tomonini tushuntiring.
3. Ba‟zan tashkilot strategiyasi uning strukturasiga haddan tashqari mos
kelmaydigan vaziyatda qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi?
4. Maqsadli bozorda funksional moslashuvni qanday tushunasiz?
5. Funksional ixtisoslashuvning salbiy tomoni nimadan iborat?
Tayanch iboralar
Korxona funksional tuzilmalari, strategik ustunliklari, strategik kamchiliklari,
boshqaruvning biznes birliklari, moslashgan markazlashmagan tuzilma, boshqaruvni
matritsa tuzilmasi, strategik afzalliklari va kamchiliklari, tashkiliy tuzilmalar, rivojlanish
istiqbollari
Asosiy adabiyotlar
1. Frank Rothoemel Strategic Management: Concepts (2
nd
edition) Mc Graw-H:II
Education 9 January. 2014. USA. - 528 p.
2. Michael A. H:II. Strategic Management: Competitiveness and Globalization –
Concepts and Cases. South - Western Collage Pub. 2014. USA. - 896 p.
3. Fred R.David. Strategic Management: A Competitive Advantage Approach,
Concepts & Cases. Pearson. 2014. USA. - 696 p.
4. Керцнер Гарольд. Стратегическое управление в компании. -М.: ДМК пресс,
2013. - 320 с.
5. Кокошин А.А. Стратегическое управление: теория, исторический опыт,
сравнительный анализ и задачи. -М.: РОССПЭН, 2010. – 525 с.
|