Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


 Mahsulotga bo‘lgan qarashlarning shakllanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99
Strategik boshqarish

 
8.2. Mahsulotga bo‘lgan qarashlarning shakllanishi 
Uzoq vaqt davomida biznesda mahsulotga nisbatan arzonroq ishlab chiqarilishi 
va imkon qadar qimmatroq sotilishi kerak bo„lgan buyum sifatida qarash, ya‟ni 
ko„proq ishlab chiqaruvchi va iqtisodchining qarashi ustunlik qilib keldi. Bunday 
qarash zamonaviy biznesda ham keng tarqalgan. Ushbu yondashuvga ko„ra 
mahsulotni tayyorlash, ya‟ni ishlab chiqarish biznesning markazi hisoblanadi. 
Boshqa funksional xizmatlar bo„lsa xizmat ko„rsatuvchi, ustama xarajatlarni ishlab 
chiqaruvchi, mos ravishda ishlab chiqarishni majburiy ravishda qamrab oluvchi 
sohalar sifatida namoyon bo„ladi.
Bozorning rivojlanishi, jamoatchilik munosabatlarning rivojlanishi, bozorning 
tovarlar bilan to„yinishi, amaldagi ehtiyojlar strukturasining o„zgarishi va bir qator 
boshqa omillar mahsulotni shakllantiruvchi omillar markazining ishlab chiqarish 
sohasidan uni sotish sohasiga siljishiga olib keldi. Bu mahsulotning muhim 
xususiyatlari, mos ravishda mahsulot tushunchasi xususida gap ketganda birinchi 
navbatda nima, qanday qilib va nimadan ishlab chiqariladi mazmunidagi savollar 
bilan emas, balki nima sotiladi va eng avvalo, nima xarid qilinadi mazmunidagi 


140 
savollar bilan murojaat qilish kerakligini anglatadi. Shuning uchun, agar korxona 
bozor raqobati strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga, bozor kurashida 
g„olib chiqishga hamda o„z faoliyatining xarakteri va mazmunidan qat‟iy nazar uzoq 
muddatli istiqbolda muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatishga intilsa, u holda korxona 
rahbariyati mahsulotni ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan ta‟riflashdan, unga korxona 
tomonidan ishlab chiqariladigan buyum sifatida qarashdan qochishi kerak. 
Ushbu fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, biz mahsulotni korxona 
tomonidan nima sotilishi va mijoz tomonidan nima xarid qilinishi bilan bog„liq 
bo„lgan xususiyatlar yig„indisi sifatida e‟tirof etamiz. 
Strategik boshqaruv uchun mahsulotga bo„lgan quyidagi uchta qarash muhim 
ahamiyat kasb etadi
9

-
mahsulot mijozlarning ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida; 
-
mahsulot tug„iladigan, o„sadigan va o„ladigan rivojlanuvchi hodisa sifatida; 
-
mahsulot raqobat kurashining asosiy vositasi sifatida. 
Ma‟lumki, korxona xaridorga narsa (narsalar to„plami), xizmat (xizmatlar 
to„plami) yoki narsa va xizmatlar to„plamini sotib, bu mahsulotlarga muayyan 
sifatlarni berish maqsadida ularni yaratishga muayyan mablag„lar, resurslar, tashkiliy 
harakatlar, vaqt va boshqa shu kabilarni sarflaydi. Korxona tomonidan yaratiladigan 
sifat xaridorning diqqatini tortishi va uni korxona mahsulotini sotib olishga undashi 
kerak. Korxona xaridor uchun foydali bo„lgan sifatni yaratishga intilishi kerak, biroq 
u ishlab chiqariladigan mahsulot sifati darajasini o„zida mavjud texnologiyalar, 
kadrlar malakasi, resurslarning naqdligi va, nihoyat rahbariyatning korxona 
tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot qanday sifatlarga ega bo„lishi kerakligini 
tushunish darajasidan kelib chiqqan holdagina yaratishi mumkin. 
SHunday qilib, tovarning iste‟mol xususiyatlari yig„indisi ikkita guruhchaga 
bo„linadi. Birinchi guruhcha – bu tovarning ko„rinishi, uning muayyan tovar guruhi, 
masalan avtomobillar, qo„l soatlari va boshqa shu kabilarga tegishliligini belgilab 
beradigan iste‟mol funksiyalari va xususiyatlaridir. Har bir tovar guruhi umumiy 
9
Michael A. H:II. Strategic Management: Competitiveness and Globalization – Concepts and Cases. South - Western 
Collage Pub. 2014. USA. 246 p. 


141 
funksional ahamiyatga ega bo„ladi. Bunda funksional jihatdan yanada tor 
ixtisoslashgan yanada aniq guruhchalarni yuzaga keltirish imkoniyati istisno 
etilmaydi. Ikkinchi guruhchani tovarning xaridorlar uchun alohida iste‟mol 
mazmuniga ega bo„lgan iste‟mol xususiyatlari va sifatlari, ya‟ni aniq iste‟molchining 
aniq talablarini qondiradigan xususiyatlari tashkil etadi.
Ishlab chiqaruvchi tovarga nisbatan o„ziga xos munosabatga ega bo„lganligi 
tufayli uni asosan birinchi iste‟mol xususiyatlari guruhchasi doirasida ko„radi. 
Xaridor bo„lsa asosan ikkinchi guruhchaga tegishli bo„lgan iste‟mol xususiyatlarini 
qabul qiladi. Oxirgi paytda birinchi va ikkinchi iste‟mol sifatlari guruhchalarining 
mahsulot ichidagi munosabatlarini o„zgarish tendentsiyasi ikkinchi guruhcha 
salmog„ining doimiy o„sishidan iborat bo„lmoqda. SHuning uchun korxona samarali 
faoliyat ko„rsatishi uchun o„z mahsulotining iste‟mol sifatlarini asosan ishlab 
chiqaruvchi emas, balki iste‟molchi nuqtai-nazaridan ko„rib borishi kerak 
Mahsulot faqat uning funksional iste‟mol sifat va xususiyatlari bilan 
xarakterlanadi va xaridor tovarni sotib olishda ushbu xususiyatlarning baholash va 
qiyoslash asosida tanlov qiladi deb uylash noto„g„ri bo„lardi. Hatto tovarlarning 
iste‟mol xususiyatlari ma‟lum darajada farq qilib turganda ham xaridor uchun ularni 
farqlash va buning ustiga birinining boshqalarga nisbatan ustuvorligini baholashga 
qiynaladi. Xuddi shunday holatda, ya‟ni bir xil mahsulotlar katta miqdorni tashkil 
etganda, ularning barchasi tavsiflanishlariga ko„ra deyarli bir xil sifatlarga ega 
bo„lganda va nihoyat, xaridor mahsulotning sifatini faqat uni iste‟mol qilish 
jarayonida baholashi mumkin bo„lganda, mahsulotning tarkibi yana bir necha muhim 
tarkibiy qismlar bilan to„la boshlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin