Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


  8-bob. STRATEGIK BOSHQARUVDA MAHSULOT KONSEPSIYASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
Strategik boshqarish

 


138 
8-bob. STRATEGIK BOSHQARUVDA MAHSULOT KONSEPSIYASI
8.1. Korxonani strategik boshqarishda mahsulotning o‘rni 
Ko„pincha mahalliy iste‟mol mollarini ishlab chiqruvchilardan ular ancha sifatli 
va nisbatan arzon mahsulotlarni ishlab chiqarishlarini, “ahmoq” xaridorlar bo„lsa 
ularning mahsulotlarini emas, balki import mahsulotlarni olishlarini eshitish mumkin. 
Bunga kim aybdor? Albatta ishlab chiqaruvchilar. Bozordagi qirol – bu xaridor, u 
o„ziga yoqqan narsa uchun pul to„laydi. U ishlab chiqaruvchilarning fikricha 
adashishi mumkin, biroq tanlov huquqi unga tegishli. SHuning uchun xaridorni 
noto„g„ri harakat qilyapti deb ayblamasdan, unga kerakli narsani ishlab chiqarish 
zarur. Inglizlarning aytishicha: “Yomon ob-havo bo„lmaydi – yomon kiyingan 
kishilar bo„ladi”. Bu iborani ko„rib chiqilayotgan masalaga nisbatan quyidagicha 
aytish mumkin: “Yomon mahsulotlar bo„lmaydi – yomon ishlab chiqaruvchi va 
sotuvchilar bo„ladi”. Ushbu bobda xaridorning qanday mahsulot yoki xizmat uchun 
pul to„lashi ko„rib chiqiladi. Chunki, aynan shunday yondashuv korxona 
mahsulotining strategiyasini aniqlashda asosiy tushuncha hisoblanadi. 
Mahsulot tushunchasi uni kim va qanday nuqtai-nazardan ko„rib chiqishi, 
shuningdek uning qanday mahsulot turlariga nisbatan qo„llanishiga bog„liq ravishda 
juda kuchli farqlanadi. Shuningdek, mahsulotning qanday tushunilishini belgilab 
beradigan bir qator boshqa omillar ham mavjud.
Agar mahsulotga yuqori bo„g„in boshqaruvi pozitsiyasidan qaraladigan bo„lsa, u 
korxonaning bozorda o„zi uchun pozitsiyani egallashiga yordamlashadigan narsa 
sifatida gavdalanadi. Ishlab chiqaruvchi uchun esa mahsulot – bu muayyan 
texnologik sxemalar bo„yicha bajariladigan, uning uchun resurslar va vaqt 
sarflanadigan hamda muayyan namunalar, standartlarga mos kelishi kerak bo„lgan, 
muayyan sifat va miqdor xususiyatlariga ega bo„lgan narsadir. Iqtisodchi uchun 
mahsulot – bu korxona uchun ishlab chiqarilguncha, saqlanguncha yoki sotilishini 
kutguncha xarajatlarni shakllantiradigan, xaridorlarga sotilganidan keyin bo„lsa 
korxona uchun daromadlar beradigan narsadir. Marketing xizmati ishchisi uchun 
mahsulot – bu sotilishi kerak bo„lgan va quyidagi ikkita masalani hal etishga olib 
kelishi kerak bo„lgan narsadir: korxona uchun muayyan daromad keltirish va 


139 
imkoniyatga qarab xaridorlarning muayyan ehtiyojlari va talablarini Yaxshiroq 
qondirish. Mahsulot loyihasini ishlab chiquvchi mahsulot tushunchasiga nisbatan 
o„zining muayyan fikriga ega bo„ladi, mahsulotni rejalashtiruvchi bo„lsa unga o„z 
fikri-nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yondashadi, va nihoyat xaridor uchun 
mahsulot o„ziga xos mazmunga ega bo„ladi. 
Mahsulot tushunchasidagi muhim farq uning iste‟molchiga qanday natural 
shaklda taqdim etilishi bilan bog„liqdir: u buyum bo„ladimi yoki xizmat 
ko„rinishidami. So„nggi paytlarda kombinatsiyalashgan, ya‟ni buyum va xizmatni 
o„zida birlashtirgan mahsulotlar tobora rivojlanib bormoqda. Mahsulot tushunchasiga 
uning iste‟molchisi (ishlab chiqarish yoki shaxsiy ehtiyoj uchun iste‟mol qilish), yoki 
mahsulot tayyorlanadigan asosiy material yoki xomashyo, yoki masalan, uni iste‟mol 
qilishning vaqt chegaralari, shuningdek bir qator boshqa omillari katta ta‟sir 
ko„rsatishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin