Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99
Strategik boshqarish

 
8.3. Mahsulotning markasi 
Birinchidan, bu mahsulot markasi. Juda ko„p hollarda muayyan markaning 
mahsuloti sotilayotgani uchun ham mahsulot xarid qilinadi.
Xaridor markani xarid qila turib nima uchun to„lashi kerak, undagi qanday 
xususiyatlar uni mahsulotning tarkibiy qismlaridan biri sifatida ko„rib chiqish 
imkonini beradi? 


142 
1. Marka xaridor uchun muayyan darajadagi kafolat va u tomonidan xarid 
qilinadigan mahsulot yoki xizmatlar iste‟mol xususiyatlarining mazmunini namoyon 
etadi. Marka muayyan sifatga kafolat berishi mumkin bo„lib, tovarning iste‟mol 
xususiyatlari, uni ekspluatatsiya qilishdagi ishonchlilik, mahsulot funksional 
xususiyatlarining uning spetsifikasiga mos kelishi kabilar bundan quyida bo„lmaydi. 
2. Muayyan markadagi mahsulotlarni xarid qilish mijoz uchun ulardan 
foydalanish jarayonini soddalashtiradi, Chunki bir xil markadagi tovarlarning 
ko„pchiligi shunga o„xshasha ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo„lishadi. 
3. Muayyan markadagi mahsulotni xarid qilib mijoz xizmat ko„rsatish, 
ta‟mirlash va mahsulotning o„rnini almashtirishning tegishli tizimiga kiritiladi. 
4. Marka xaridor uchun mahsulotning boshqa mahsulotlar tizimida 
pozitsiyalanishini, shuningdek ushbu mahsulotning boshqalar bilan o„zaro 
kombinatsiyalanishini osonlashtiradi. 
5. Bir qator markalardagi tovarlar yuqori darajadagi mavqega ega bo„lganliklari 
uchun ham xarid qilinadi. 
6. Mijoz muayyan markadagi tovarni xarid qilib o„zining muayyan ko„rinishdagi 
mahsulotlarga bo„lgan ehtiyojlarini qondiradi. Bunday holatda marka mahsulot 
ko„rinishining kafolati bo„lib namoyon bo„ladi. 
7. Marka xaridorga tanlash va xarid qilish protsedurasini osonlashtiradi, Chunki 
me‟yoridan ortiq to„lgan bozor va tovar suffitsiti sharoitlarida marka mahsulotni 
izlash va tanlashda o„ziga xos mo„ljal bo„lib xizmat qiladi. 
Markaning mahsulot tarkibiy qismi sifatidagi roli va salmog„i har doim o„sib 
boradi. SHuning uchun korxonaga mahsulotni yaratishda markani yaratish jarayoni 
nihoyat darajada muhim ahamiyat kasb etadi. Ko„plab korxonalar mijozlarni aynan 
o„z markalaridagi tovarlarni xarid qilishga jalb qilish maqsadida mahsulotni emas
balki markani reklama qilishadi. Dastlab korxona marka uchun ishlaydi, so„ngra agar 
bunday ish muvaffaqiyatli bo„lsa, marka korxona uchun ishlaydi. 
Korxonalar markaga katta hajmdagi pul mablag„larini qo„yish bilan o„zlari 
uchun raqobatdagi ustunliklarni yaratishadi. Bunda korxonalar katta e‟tiborni ham 


143 
o„z markasini noqonuniy foydalanishdan ham unga zarar keltirishi mumkin bo„lgan 
harakatlardan himoya qilishga qaratadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin