Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99
Strategik boshqarish

 
8.5. Kafolatlar 
Mahsulotning iste‟mol funksiyalaridan tashqarida bo„lgan mahsulotning 
to„rtinchi tarkibiy qismi bo„lib kafolatlar hisoblanadi.
Kafolatlar
– bu korxonaning o„z mahsulotiga nisbatan bo„lgan majburiyatlari 
bo„lib, korxona ularni xaridor oldida bajarish mas‟uliyatini oladi va ularni mahsulot 
sotilganidan so„ng bajarishga kirishadi. 
Mahsulotlar turli-tumanligining oshishi, ularni sotish kanallari sonining 
kengayishi, 
mahsulot 
tarkibiga 
kiradigan 
mexanizm 
va 
qurilmalarning 
murakkablashishi tufayli xaridor uchun kafolatlarning mahsulot tarkibiy qismi 
sifatidagi ahamiyati ko„pincha kritik masalaga aylanadi.
Kafolatlar faqat texnik jihatdan murakkab mahsulotlarga yoxud juda 
qimmatbaho mahsulotlarga qo„llaniladigandek tuyulishi mumkin. Haqiqatda olib 
qaraganda, real biznes amaliyotida bundaymas. Kafolatlar xaridor pul to„laydigan va 
xarido uchun qimmatli narsa hisoblangan mahsulotning tarkibiy qismi sifatida deyarli 
har qanday mahsulotga nisbatan qo„llanilishi mumkin. Buning ustiga, ko„plab 
korxonalar xaridorlarning o„z mahsulotlariga bo„lgan e‟tiborlarini jalb qilish
shuningdek xaridor uchun mahsulotning qimmatlilik darajasini oshirish maqsadida 
kafolatlar sohasini sun‟iy ravishda kengaytirishadi yoki hatto mahsulotning 
funksional va ekspluatatsion xususiyatlari bilan umuman bog„liq bo„lishi mumkin 
bo„lmagan kafolatlarni kashf qilishadi va taklif qilishadi. 
Tovar ishdan chiqqanda yoki belgilangan sifat ko„rsatkichlariga mos kelmagan 
hollarda uni ta‟mirlab yoki almashtirib berish kafolati xaridor uchun turdosh 
mahsulotlar ichidan maqbulini tanlashda borgan sari hal qiluvchi omil sifatida 
namoyon bo„lmoqda. Bunda xaridor kafolatlarga muvofiq xizmatlarga ega bo„lish 


146 
imkoniyati, tezligi, qulayligiga e‟tibor qaratadi. Masalan, avtomobil buzilib qolganda 
uni ta‟mirlab berishga oid kafolat mazmunida, ya‟ni avtomobilni ta‟mirlash joyiga 
kim – korxona yoki avtomobil egasi – olib borishi borasida ulkan tafovut mavjud. Bu 
turdagi kafolatlar uchun mijoz ta‟mirlash bilan bog„liq xizmatlar uchun qancha haq 
to„lashi lozimligi muhimdir. Odatda korxonalar kafolatlarni mahsulotning salmoqli 
ulushiga aylantirish barobarida xaridorning bu xarajatlarini qisqartiradilar, shu 
yo„sinda ta‟mirlash bilan bog„liq sarf-xarajatlarini mahsulot sotishdan olinadigan 
daromadlar bilan qoplaydilar.
Uchinchi guruh kafolatlariga tovar narxi bilan bog„liq kafolatlar taaluqlidir. 
Ko„pincha bunday kafolatlar narx bo„yicha barqaror raqobat kurashini olib boruvchi 
korxonalar tomonidan mahsulot tarkibiga eng muhim omillardan biri sifatida 
kiritiladi. Bu kafolatlarga asosan tovar sotib olinsayu, bundan so„ng mazkur tovar 
narxi tushsa xaridor tovar narxidan chegirma olish xuquqiga ega. To„rtinchi guruh 
kafolatlari e‟lon qilingan xususiyatlarda mos yoki mos emasligi yoki qandaydir 
nosozlik yuz bergan bermaganidan qat‟iy nazar sotib olingan tovarni qaytarib olish 
kafolatidir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin