144
Mahsulot imiji – bu mahsulotga o„ziga xoslik
beradigan va uni bir qator
o„xshash mahsulotlardan ajratib turadigan mahsulotning farqli yoxud istisnoli
xususiyatlari to„g„risida keng tarqalgan va yetarli darajada mustahkam bo„lgan
tasavvurdir.
Mahsulot imiji quyidagi to„rtta omilning ta‟siri ostida shakllanadi:
- muayyan mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoxud sotuvchi korxona (marka) ning
imiji;
- masuhlotning undagi iste‟mol funksiyalariga mos kelishini ifodalaydigan sifati;
- boshqa korxonalarning o„xshash mahsulotlari holati;
- muayyan mahsulot xaridorlarining mezonlari, me‟yorlari va afzalliklari.
O„z navbatida imijning o„zi ushbu omillarga ta‟sir ko„rsatib, bu ularning
o„zgarishiga olib keladi. Shuni ta‟kidlash muhimki, bu omillar ham o„zaro faol
munosabatda bo„lishadi va ham bir-birlariga ta‟sir ko„rsatishadi, ham ushbu
omillarning butun bir yig„indisiga ta‟sir ko„rsatishadi.
Mahsulot imiji mahsulot xususiyatlaridan
birini yoxud uning quyidagi
xususiyatlari kombinatsiyasini ifoda etadi.
-
Mahsulot o„ziga xos sifatlarga ega bo„ladi. Mahsulotni ekspluatatsyai
qilishdagi ishonchlilik, undan foydalanishdagi qulaylik,
yoki masalan, katta
miqdordagi vitaminlardan iborat bo„lishi, uni saqlash muddatining yuqoriligi, zararli
moddalarning mavjud emasligi va boshqa shu kabilar bunday sifatlar bo„lishi
mumkin.
Imij mahsulotning tarkibiy qismi sifatida korxonaga faqat u xaridorlar uchun
jozibadorlikka ega bo„lgan holdagina ijobiy natijalar keltiradi. O„z
maqomiga
qiziqmaydigan inson uchun uning maqomini o„z ko„z o„ngida va atrofdagilar ko„z
o„ngida belgilash yoki oshirishi kerak bo„lgan imij uchun hech qanday to„lovni
amalga oshirish zaruriyati bo„lmaydi. SHuning uchun, mahsulotning raqobat imijini
yaratib, bu mahsulot qanday xaridor uchun mo„ljallanganligi, korxona kimni o„z
mahsulotining iste‟molchisi sifatida ko„rinishini juda aniq va ravshan anglash kerak.
Imij – korxonaning qo„lidagi yetarli darajada kuchli, va bir vaqtning o„zida u
uchun yetarli darajada xavfli quroldir. Imij juda uzoq yaratiladi va uni yaratish uchun
145
katta urinishlar va mablag„lar talab qilinadi. Biroq, bunday imijni bir soatning ichida
buzish mumkin. Bunda korxona uchun salbiy samara ba‟zan
shunchaki falokatli
bo„lishi mumkin. SHuning uchun korxona imijni yaratib kelgusida ushbu imijni
qo„llab-quvvatlash uchun tegishli xatti-harakatlarni amalga oshirish zarur ekanligini
tushunishi kerak.
Dostları ilə paylaş: