Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


 Turg‘un va so‘nib borayotgan tarmoqlardagi strategiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Strategik boshqarish

7.4. Turg‘un va so‘nib borayotgan tarmoqlardagi strategiya 
Ko„pchilik kompaniyalar mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan rivojlanishi sekin 
borayotgan yoki aksincha qisqarayotgan tarmoqlarda faoliyat ko„rsatadi. Jozibasiz 
tarmoqlarda ishlayotgan kompaniyalar naqd pul hajmini oshirish uchun istiqbolsiz 
bizneslardan voz kechishi maqsadga muvofiq bo„lsa, tarmoqning yetakchi 
kompaniyalari turg„un tarmoqlarda ham Yaxshi natijalarga erishishi mumkin.
Turg„un va so„nib borayotgan tarmoqlarda faoliyat ko„rsatuvchi kompaniyalar 
vaziyatni jiddiyligini tushunib, bozor vaziyatiga mos keladigan maqsadlarni 
qo„yishlari lozim. 
Turg„un va so„nib borayotgan tarmoqlarda o„z faoliyatini davom ettirayotgan 
kompaniyalar quyidagi uchta strategik yondashuvlarning biridan foydalanadilar:
Tarmoq ichida o„sib borayotgan bozor segmentlarini aniqlash, bozorlarni 
yaratish va kontsentratsiya strategiyasidan foydalanish. Tarmoqda turg„unlik 
bo„lishiga qaramay uning ba‟zi segmentlarida o„sish yuz beradi. 
Differentsiya asosida tovarni Yangilash va sifatini takomillashtirish. Tovarni 
Yangilash ham, takomillashtirish ham bozorni Yangi sigmentlarini vujudga keltiradi. 
Differentsiyaga raqobatchilar erishishi murakkab bo„lsa, u qo„shimcha raqobat 
ustunligini yaratadi.
Xarajatlarni pasaytirish uchun jiddiy kurashish. 
Xarajatlarni pasaytirish harakatlari bu:
a) boshqa tashkilotlar tejamkor bajarishi mumkin bo„lgan faoliyat va 
funksiyalardan voz kechish;
b) ichki ishlab chiqarish jarayonlarini to„liq qayta qurish;
v) ish bilan to„liq ta‟minlanmagan ishlab chiqarish quvvatlarini markazlashtirish 
tovar tarqatilishini yangi tejamkor usullaridan foydalanish;
d) foydasi past faoliyatlarni xarajatlar zanjiridan chiqarish. 


133 
Ushbu strategik yondashuvlar bir-birini inkor etmaydi. Tovarning yangi va 
takomillashgan turlari bozorni tez o„sadigan sigmentlarini yaratishi mumkin. 
Turg„un va so„nib borayotgan bozor segmentlarida kompaniyalar quyidagi 
xatoliklarga yo„l qo„yadilar:
1) kompaniyani charchatadigan befoyda raqobat qopqoniga tushib qolishi;
2) kompaniya mablag„larini bizneslardan juda tezkorlik bilan chiqarish;
3) tarmoqning kelajagiga asossiz optimistik ishonch, «biznes rivojlanib ketadi» 
degan yuzaki fikr. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin