Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


-bob. STRATEGIYANI AMALGA OSHIRISH VA NAZORAT ETISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Strategik boshqarish

7-bob. STRATEGIYANI AMALGA OSHIRISH VA NAZORAT ETISH
7.1. Mavjud strategiyaning samaradorligi 
Strategiyani baholashni rahbar «Strategiya nimalardan tashkil topadi?» va 
«Korxonaning moliyaviy va strategik maqsadlari qanaqa?» degan savollarga javob 
berishdan boshlaydi. Buning uchun:
1. Korxona past xarajatlar asosida samaradorlikka intilayaptimi?
2. Korxona o„z raqobatchilaridan farqli o„z mahsulotini differensiyalayaptimi? 
3. Korxona o„z kuchini bozorning tor sigmentiga yo„naltirganmi?, - degan 
savollarga javob berish lozim. 
Korxona bozorni keng egallaganligi, bozorlarni geografik tarqoqligi
iste‟molchilar qatlamlari ham muhim ahamiyatga ega. Korxonaning strategik va 
moliyaviy ko„rsatkichlari: 
1.
Bozor ulushi bo„yicha korxonaning tutgan o„rni; 
2.
Korxonani foydasining o„sishi yoki pasayishi; 
3.
Korxonaning sof foydasi va investitsiya daromadlari
4.
Korxonaning kredit reytingi; 
5.
Tovar sotishlari hajmining o„sishi yoki pasayishi; 
6.
Korxonaning iste‟molchilar o„rtasidagi obro„si va imiji; 
7.
Korxonaning texnologik sardorligi va boshqalar.
Bozor imkoniyatlari – korxona strategiyasiga jiddiy ta‟sir etuvchi omillardan 
hisoblanadi. Rahbarlar korxona strategiyasini uni mavqei bilan taqqoslamay, uni 
o„sish va foydaliligini tahlil etmay turib, aniqlay olmaydilar. 
Bozor imkoniyatlari ya‟ni, korxonaga aniq mos keladigan imkoniyatlar – bu 
korxonaning qulay raqobatbardoshlik potensialiga va resurslariga ega bo„lishidir. 
Imkoniyatlar va xavf-xatar nafaqat korxona vaziyatini belgilaydi, balki harakat 
yo„nalishini ham ko„rsatadi. Strategiya korxonaga mos bo„lishi uchun
7
:
1)
Korxona vaziyatiga mos keladigan bozor imkoniyatlaridan foydalanishga 
yo„naltirilgan bo„lishi lozim;
7
Fred R.David. Strategic Management: A Competitive Advantage Approach, Concepts & Cases. Pearson. 2014. USA. 
479 p. 


129 
2)
Tashqi xavfdan himoyani ta‟minlashi lozim. Shu sababli SWOT-tahlili 
yaratiladi. 
SWOT-tahlili yaratilgandan keyin quyidagi strategik savollarga javob beriladi. 
1)
Jozibador strategiyani yaratish uchun korxona qanaqa kuchli tomonlarga ega? 
2)
Korxonaning kuchsiz tomonlari bozor imkoniyatlaridan to„liq foydalanishga 
xalaqit beradimi? Strategiya korxonaning qanaqa zaif tomonlarini to„ldirishi kerak? 
3)
Korxona bozor imkoniyatlaridan to„liq foydalanishi uchun qanaqa resurslarga 
va malakaga ega bo„lishi lozim? Bozor imkoniyatlaridan qaysi biri «eng yaxshi» 
hisoblanadi? 
4)
Ishonchli himoyani yaratish uchun tashqi xavflardan qaysi biri rahbarlarni 
tashvishga soladi va qanaqa strategik harakatlar ketma-ketligini amalga oshirgan 
ma‟qul? 
Rahbariyat korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniq tasavvur 
etmaguncha, korxona vaziyatiga aniq mos keladigan strategiyani yaratishga tayyor 
bo„lmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin