Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


 Korxonaning strategik muammolari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99
Strategik boshqarish

 
7.2. Korxonaning strategik muammolari 
Muammolarni hal etish uchun samarali strategik harakatlar rejasini yaratish 
rahbarlarning oxirgi analitik vazifasi hisoblanadi. Ushbu bosqichgacha rahbarlar 
yuqoridagi tahlillarni amalga oshirishlari joriy vaziyatni baholashlari va alohida 
diqqatni jalb etadigan strategik sohalarni aniqlashlari lozim. 
Rahbarlar muammolarni aniq bilishlari uchun quyidagi savollarni o„rganishlari 
tavsiya etiladi: 
•Joriy strategiya tarmoqdagi harakatlanuvchi kuchlarga mos keladimi? 
•Joriy strategiya istiqboldagi muvaffaqiyat omillariga qanchalik mos keladi? 
•Joriy strategiya tarmoqda harakatlanuvchi besh raqobat kuchidan (tarmoqdagi 
sotuvchilar raqobati, o„rinbosar tovarlar raqobati, yangi raqobatchilarning paydo 
bo„lishi, ta‟minotchilar raqobati, iste‟molchilar raqobatchi kuchi) qanchalik himoya 
qiladi? 


130 
•Joriy strategiyaning korxonani tashqi xavf-xatardan himoya qila olmasligining 
sababi nimada? 
•Korxona raqobat ustunligiga egalik yoki u raqiblardan orqada qolmaslik tadbir-
choralarini ko„rish kerakmi? 
•Joriy strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimada? 
Bular korxonaning nima qilishi kerakligini ya‟ni kichik tuzatishlar bilan joriy 
strategiyani amalga oshirish kerakligini ko„rsatadi. Strategiya korxonaning tashqi 
vaziyatiga va ichki holatiga qanchalik mos bo„lsa, shunchalik kam sonli 
o„zgarishlarni strategiyaga kiritish kerak bo„ladi.
 
7.3. Raqobat ustunligini saqlash uchun himoya strategiyalaridan 
foydalanish 
Korxona o„z bozor mavqeini himoyalashining bir necha xil usullari mavjud. 
Ulardan birinchisi raqobatchi hujum uyushtirishi mumkin bo„lgan yo„nalishga to„siq 
o„rnatishni nazarda tutadi: 
1.
Raqiblardan oldin bozorning bo„sh segmentlarini tovar nomenklaturasini 
kengaytirishi orqali band qilish. Raqiblar uyushtirishi mumkin bo„lgan hujumlarning 
oldini olish. 
2.
Raqiblarda mavjud tovarlarni (modellar va markalar) bozorga kiritish. 
3.
Raqiblarga nisbatan pastroq narxlarni ta‟minlash. 
4.
Dilerlar va distribyuterlar bilan raqobatchilar tovarlarini tarqatmaslik 
to„g„risida maxsus shartnomalar tuzish. 
5.
Dilerlar va distribyuterlarga tovar narxlarini iloji boricha arzonlashtirish 
imkonini berish.
6.
Istemolchilarga tovarni o„rganish uchun sharoit yaratish.
7.
O„z tovarlarini sinab ko„rishga chaqirish orqali xaridorlarni o„z tomoniga jalb 
etmoqchi bo„lgan raqobatchilarga muammolar tug„dirish uchun: 
8.
Tovarlarni sinab ko„rmoqchi bo„lgan xaridorlarga maxsus past narxlarni 
taklif etish. 


131 
9.
Sinab ko„rish tovarni xaridorlarga uchun imtiyozli kuponlar va sovg„alar 
tashkil etish. 
10.
Xaridorlarning raqobatchilar tovarlariga o„tib ketishini oldini olish uchun 
xaridorlarni Yangi tovar paydo bo„lishi yoki narx pasaytirilishi to„g„risida ertaroq 
xabardor qilish. 
11.
Ehtiyot qismlar bilan ta‟minot vaqtini qisqartirish, kafolat muddatlarini 
uzaytirish, alternativ texnologiyalarni patentlash va himoyalash. 
12.
Raqobatchilarni tabiiy resurslarga etishishini qiyinlashtirish, raqobatchilarga 
ishlaydigan ta‟minotchilarni bozordan siqib chiqarish. 
13.
Nazorat va sud organlarida raqib mahsulotining sifati va xizmatlariga qarshi 
isklar tashkil qilish. 
Himoya strategiyasini amalga oshirishning ikkinchi usuli raqobatchi hujumkor 
korxonalarni qanday xavf-xatar kutayotgani to„g„risidagi axborotlarni tarqatish ya‟ni, 
agar ular hujumga o„tadigan bo„lsa, jiddiy qarshilikka uchrashini ma‟lum qilish. 
Ushbu strategiyani maqsadi – raqib ko„llashi mumkin bo„lgan hujumni bartaraf etish. 
Hujum ro„y beradigan bo„lsa, ularni katta moliyaviy yo„qotishlar kutayotganidan 
ogoh etish. Hech bo„lmaganda, ularni himoyalanuvchi uchun mos keladigan 
yo„nalishlarga jalb etish. Agressorlarni quyidagi yo„llar bilan ogohlantirish mumkin: 

Rahbariyatning korxona bozor ulushini ta‟minlash majburiyatini olganligini va 
uni jiddiy himoya qilishni e‟lon qilish. 

Tarmoqdagi talabni to„la qondiradigan, kerak bo„lsa, ortig„i bilan talabni 
qondirilishi mumkinligini raqobatchilarga bildirish uchun, korxonaning ishlab-
chiqarish imkoniyatlarini oshkor etish. 

Raqobatchilarni Yangi mahsulot to„g„risida ularning ishlab – chiqarish hajmi
tannarxi va narxi to„g„risida, Yangi texnologiyalarning ishga tushganligi to„g„risida 
ogoh etish. 

Korxonaning tovarlari va narxlari raqobatga bardosh berishini ochiq e‟lon 
qilish, zahira fondi va qimmatli qog„ozlar hajmi to„g„risida ma‟lumotlarni oshkor 
etish. 


132 

Korxonaning Yaxshi himoyalanishi mumkinligini namoyish etish uchun 
kuchsiz korxonalarga qattiq zarbalar berish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin