153
yangi mahsulotni yaratadi.
Bunda u yangi ishlanmalar, ixtirolar, tamoyillar, yangi
texnologiyalar vamreriallar va hokazolardan foydalanadi. Odatda bunday turdagi
mahsulotlarning yaratilishi iste‟mol bozori va ishlab chiqarishda keskin
o„zgarishlarning boshlanishiga olib keladi.
Ba‟zan esa mutlaqo yangi mahsulot eskisini bozordan siqib chiqarishi bilangina
cheklanib, bozorda yoxud ishlab chiqarishda jiddiy o„zgarishlarni
keltirib
chiqarmaydi.
Yangi mahsulotni yaratish strategiyasini joriy etishda mazkur strategiyasini
amalga oshirish jarayoning oqilona tashkil etilishi juda muhim ahamiyatga ega.Har
bir korxona yangi mahsulotni yaratishda o„z kontsepsiyasi va strategiyasiga ega
bo„lishi mumkin. Biroq, turli- tuman yondashuvlarning mavjudligiga qaramasdan,
korxona yangi mahsulotni ishlab chiqarishda amal qilishi kerak bo„lgan, etti majburiy
qadamdon tashkil topadigan, korxonada Yangi mahsulotni yaratishning muayyan
umumiy sxemasi mavjud.
Birinchi qadam – yangi mahsulot g„oyasini ishlab chiqish. Bu qadamni amalga
oshirishda korxona
nafaqat olim va konstruktorlar, balki xaridorlar, sotuvchilar,
taqsimot tizimi xodimlari va hatto raqobatchilarning salohiyatidan foydalanish zarur.
Rahbariyat mazkur jarayonda faol ishlashi talab etiladi. Xususan, rahbariyat
g„oyalarning ishlab chiqarishi va jamlanishi uchun sharoit yaratishi, mazkur
jarayonlarida
ishtirok
etuvchi
barcha
subyektlarining
sayi-harakatlarini
muvofiqlashtirib turishi kerak. Bu qadamda bir nechta g„oyalar ishlab chiqiladi.
Ularning bir qismidan tanlov
jarayonida voz kechiladi, boshqa bir qismi esa
yaratilayotgan Yangi mahsulotga tatbiq etish uchun ilgari suriladi .
Ikkinchi qadam – rahbariyat tomonidan qay bir g„oyani ilgari surish, qaysilardan
esa voz kechish haqida qaror qabul qilinishi bilan bog„liq. Bu o„ta mas‟uliyatli va
nozik jarayondir, Chunki raqobatchilar uchun muvaffaqiyat keltiradigan g„oyalardan
voz kechib yuborilishi xavfi mavjud yoki aksincha, rahbariyat amalga oshirilishi
kutilayotgan natijani bermaydigan, istiqbolsiz g„oyalarni amaliyotga joriy etib
yuborilishi mumkin. yangi mahsulotga oid qarorlar doimo
strategik ahamiyatga ega
154
ekan, rahbariyat g„oyalarni tanlashda strategik tahlilning mavjud barcha vositalarni
qo„llashi zarur .
Uchinchi qadam – umumiy g„oyani aniq mahsulotga tatbiq qilish. Bu qadamda
yangi mahsulot kontseptsiyasi ishlab chiqiladi va uning bozor tomonidan qanday
qabul qilinishi tekshiruvdan o„tkaziladi. Mahsulotga bozorda talab mavjudligiga
ishonch aniqlanadi.
To„rtinchi qadamda mahsulot konsepsiyasining biznes - tahlili deb ataluvchi
mahsulot bo„yicha ishlab chiqilgan konstepstiyalarni har tomonlama,
chuqur tahlili
amalga oshiriladi.
Beshinchi qadamda mahsulotni yakuniy baholash amalga oshiriladi va
marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu qadamda bozorga cheklangan miqdorda
haqiqiy mahsulot chiqariladi.
Mazkur qadamning vazifasi mahsulotni sotishda duch kelinishi mumkin bo„lgan
muammolarnmi aniqlash, shuningdek, marketing strategiyasi va mahsulotdan
kutilayotgan daromadlilikka oydinlik kiritish uchun axborot olishdan iborat.
Oltinchi qadam- yangi mahsulotga xizmat ko„rsatuvchi tizimni yaratish. Bu
qadam yangi mahsulotni sotish natijalariga baho
berish uchun axborot bilan
ta‟minlashni o„z ichiga oladi.
Ettinchi qadam – yangi mahsulotni bozordagi taqdimotini amalga oshirish. Bu
qadam asosan reklama xarakteriga ega bo„lib, korxonaning bozorga yangi mahsulot
bilan chiqayotganligini e‟lon qilishi bilan bog„liq. Bu qadam uchun vaqt omili,
shuningdek, korxonaning hududiy strategiyalari, u tomonidan bungacha bozorga
chiqarib kelinayotgan mahsulot assortimenti kutilayotgan xaridorlar guruhlari va
h.k.lar bilan bog„liq omillarni hisobga olish juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: