Boshqaruv muvofiqligi . Ushbu muvofiqlik turdosh bizneslardagi ishlab
chiqarish, tadbirkorlik, boshqaruv muammolarining ham umumiy o„xshashligini
keltirib chiqaradi. Bu hol o„z navbatida boshqaruv tajribasini bir biznesdan
boshqasiga o„tkazish imkonini beradi. Samarali boshqaruv tajribasi xarajatlar
zanjirining istalgan nuqtasiga ko„chirilishi mumkin.
Strategik muvofiqlikning ijobiy tomonlaridan foydalanish . Strategik
muvofiqlikka ega tarmoqqa diversifikatsiyalashish bu muammo echildi degani emas,
bu ishning yarmi xolos, undan amaliy foyda olishga erishish lozim.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan hamkorlikda foydalanish samarasiga turdosh
bo„limlarni
yagona
funksional
bo„linmaga
birlashtirish
orqali
erishiladi.
Funksiyalarni birlashtirish va ularni muvofiqlashtirish muayyan xarajatlarni talab
qiladi.
Umumiy tushumlarni oshirish. Umumiy tushumlarni oshirish asosan sotish
hajmini ko„paytirishni nazarda tutadi. Sotish hajmini oshirishga qaratilgan bir qancha
choralar mavjud: narxlarni pasaytirish, reklamani kuchaytirish, iste‟molchilarga
qo„shimcha xizmatlar taklif etish va mahsulotni tezkor takomillashtirish.
Xarajatlarni pasaytirish . Agar kompaniyaga ishlab chiqarish strategiyasi
nomuvofiq bo„lib, xarajatlar strukturasi esa uni jiddiy o„zgartirish imkoniyatiga ega
bo„lsa, xarajatlarni pasaytirish strategiyasi faqat shu vaziyatda yaxshi samara beradi.
Ishlab chiqarish samarasiz bo„lib, uni tez o„zgartirish imkoni mavjud bo„lsa va
noo„rin xarajatlar yaqqol ko„zga tashlanib, uni tezkorlik bilan tuzatish mumkin bo„lsa
hamda kompaniya zararsizlik nuqtasiga yyetarlicha yaqin bo„lsa, xarajatlarni
171
pasaytirish mumkin. Har tomonlama tejamkorlik strategiyasi kompaniyaning katta
mablag„ini saqlab qolish imkonini yaratadi.