Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


Xarajatlarga ta’sir qiladigan omillarni boshqarish-



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Strategik boshqarish

Xarajatlarga ta’sir qiladigan omillarni boshqarish-
xarajatlar nuqtai-
nazaridan kompaniya vaziyati har bir ish ustidagi va ishlab chiqarishning har bir 
bosqichidagi xarajatlar bilan aniqlanadi. 
Tashkilot madaniyati
– bu tashkilot strategiyasini muvaffaqiyatli amalga 
oshirishni ta‟minlovchi yoki unga qarshilik ko„rsatuvchi muhim omildir. 
Strategiyadagi maqsadlarni amalga oshirish uchun xodimlarni qiziqtirishni 
ishonchli yo‘li 
– bu belgilangan natijalarga erishganlarni munosib mukofotlash, 
erishmaganlarni esa mukofotlamaslik yoki jazolashdir.
 
Diversifikatsiyaga ikki turdagi fundamental yondashuvlar mavjud
– turdosh 
va noturdosh bizneslarga diversifikatsiya. Turdosh biznes foydasi uchun dalillar 
strategik xarakterga ega.
 
Restrukturizatsiyalash strategiyasi
. Bunda buyurtma porfelining tarkibi jiddiy 
o„zgartiriladi. 
Qayta qurish
 
strategiyasi buyurtma portfelini sog„lomlashtirishda qo„llaniladi. 
Mushkul ahvol bir yoki bir-necha biznes sohalaridan keladigan zararlar tufayli 
vujudga kelishi mumkin. Qayta qurish strategiyasi zarar keltiruvchi sohalarni aniqlab, 
tahlil etib, ularni foyda keltiradigan sohaga aylantirish demakdir. 
Qisqartirish strategiyasi
bizneslar ko„lamini toraytirishni nazarda tutadi. 
Rahbariyat diversifikatsiya juda keng degan fikrga kelsa, kompaniya o„z kuchini bir 
necha asosiy biznes sohalariga yo„naltirishi mumkin. Ba‟zi kompaniyalar bir necha 
yillik urinishlardan keyin ham biznesni samaradorligini ta‟minlay olmaydilar yoki 
mablag„ va asosiy fondlar etishmasligi sababli biznesni qisqartirishga to„g„ri keladi. 
Rahbariyat kompaniya resurslari juda keng tarqoqlashgan degan fikrga kelsa ham
biznes yo„nalishlarini qisqartirishlari mumkin. 
Ishlab chiqarish muvofiqligi
.
Agar ishlab chiqarish quvvatlaridan va 
malakasidan ilmiy izlanish natijalaridan, yangi texnologiyadan va yakuniy yig„uv 
sexi xizmatidan foydalanishda bizneslar hamkorligi potensiali mavjud bo„lsa, 
bizneslarda ishlab chiqarish muvofiqligi vujudga keladi. Ishlab chiqarish 


170 
muvofiqligining mavjudligi odatda xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Bu kam 
quvvatli ishlab chiqarishlarni birlashtirish natijasidan hosil bo„ladigan yirik ishlab 
chiqarish quvvatlarining (masshtab samarasi) paydo bo„lishi va ushbu ishlab 
chiqarish quvvatlaridan hamkorlikda (korporatsiya samarasi) foydalanish sababli ro„y 
beradi. Hamkorlikda foydalanadigan ishlab chiqarish quvvatlarining ulushi ortib 
borgan sari, xarajatlardagi tejamkorlik yaqqol ko„zga tashlanib boradi va shu bilan 
birga kompaniyaning ustunligi oshib boradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin