GLOSSARIY Strategik tasavvur - tashkilotning faoliyat va rivojlanish yo„nalishini oldindan
ko„rish. Tashkilotning nima qilishga intilishi va qanday ko„rinishga ega bo„lishi
muhimdir.
Tashkilot missiyasi - «Biznesimiz qanaqa va biz iste‟molchilarimiz uchun nima
qilmoqchimiz?» degan savolga boshqaruv nuqtai nazaridan javob berishdir.
Missiyada tashkilot faoliyati va uning tarkibi mukammal yoritiladi.
Moliyaviy maqsadlar - tashkilotning moliyaviy maqsadlari uchun rahbarlar
belgilaydigan natijalar.
Strategik maqsadlar - tashkilotning bozor mavqeini va raqobatbardoshligini
ta‟minlash uchun rahbarlar belgilaydigan maqsadlar.
Uzoq muddatli maqsadlar - yaqin 3-5 yilda yoki yildan-yilga muntazam
amalga oshiriladigan maqsadlar.
Qisqa muddatli maqsadlar - yaqin kelajak maqsadlari. Qisqa muddatli
muvaffaqiyatlar (ko„lami) rahbariyat uzoq muddatli maqsadlarni qanchalik tezlik
bilan amalga oshirmoqchi ekanligini ko„rsatadi.
Strategiya - rahbarlarning maqsadga erishishi uchun harakat qilish obrazi,
yo„nalishi.
Strategik reja - tashkilot missiyasini va rivojlanish yo„nalishini, strategiyani,
uzoq va qisqa muddatli maqsadlarni aks ettiradi.
Strategiyani shakllantirish - rahbariyatning umumiy funksiyasi bo„lib,
tashkilot missiyasini, faoliyat maqsadlarini va strategiyani yaratishga qaratilgan
harakatlar.
Korporativ strategiya - bu diversifikatsiyalashgan kompaniyani umumiy
boshqaruv rejasidir.
Biznes strategiyasi – bu birlik biznesni boshqaruv rejasidir. Biznes
strategiyasining asosiy muammosi bu aniq biznes sohasi bo„yicha kompaniyaning
bozor mavqeini mustahkamlashdan iborat.
Operativ strategiyalar - tayanch ishlab chiqarishni (korxonalar, savdo
nuqtalari, taqsimot markazlarini) boshqarishda va strategik ahamiyatga ega kundalik
169
operativ muammolarni hal etishda (reklama, materiallarni sotib olish, zahiralarni
boshqarish, texnik xizmatlar, ta‟minot) tor strategik tashabuss sifatida foydalaniladi.