77
Menejerlar yangiliklarga intiladilar, biznesda yangi chœqqilarga erishish uchun
yangi g„oyalarni samimiy muhokama etadilar va ma‟lum me‟yorda tavakkal qilishga
tayyor turadilar.
Tadbirkorlik rag„batlantiriladi va mukofotlanadi. Agar yangi xo„jalik sharoiti
an‟anaviy ish usullarini va strategiyani o„zgartirishini talab qilsa, ular o„zgartiriladi.
Moslashuvchan madaniyatda sardorlar kerakli narsalarni kerakli yo„nalishda
o„zgartiradilar, lekin tayanch qadriyatlar va faoliyat qoidalari hech qachon oyoq osti
qilinmaydi.
Moslashuvchan madaniyat shakllangan tashkilotlarda tashkilot manfaatlari
doirasidagi hamma guruhlarning qonuniy ehtiyojlari qondiriladi. Biron bir guruhning
manfaatlari inkor etilmaydi, hamma guruhlarga odilona munosabat bu qaror qabul
qilishda asosiy qoida va «hammasini to„g„ri bajarish» majburiyatidir. Qisman
moslashuvchan madaniyatlarda esa o„zgarishlarga qarshilik ko„rsatish bu odatiy hol,
menejerlar o„z manfaatlarini ko„zlab, konservativ va siyosiy nuqtai-nazardan harakat
qiladilar. Moslashuvchan madaniyatlar – bu strategiyani tatbiq etuvchilar uchun eng
yaxshi ittifoqchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: