70
direktor tayinlanganda ham, garchi vaqt o„tishi bilan yangi rahbariyat yyetarlicha
e‟tibor qatratmaydigan bo„lsa umuman yo„q bo„lib ketadigan bo„lsada, hech ham
o„zgarmaydi.
Kompaniya strategiyasini amalga oshirishga katta ta‟sir ko„rsatuvchi korporativ
madaniyatni yaratishga uchta omil xizmat qilishi mumkin:
1. Xaridorlar ehtiyojlarini qondirish, raqobatchilik va strategiya sharoilariga mos
kelish nuqtai nazaridan to„liq asoslangan asosiy qadriyatlar va xulq-atvor normasi
belgilovchi, tamoyillarni o„rnatuvchi kuchli liderning mavjudligi;
2. Kompaniya rahbariyatining belgilangan an‟analarga
mos ravishda harakat
qilish va bunda qaror qabul qilish korporativ madaniyat tamoyillari asosida o„tishi;
3. Xaridorlar, kompaniya xodimlari va aktsiyadorlar to„g„risida doimiy
g„amxo„rlik qilish.
Kompaniyaning ma‟lum bir biznes sohasida uzoq muddat liderlik qilishi,
xodimlar sonining kamligi, kompaniya rahbariyatining uzoq vaqt o„zgarmasligi ham
korporativ madanyatining kuchli an‟analarini yaratishga xizmat qiladi.
Madaniy an‟analar kompaniyada qanchalik chuqur ildiz otganligiga va xulq-
atvor me‟yorlariga qarab, o„zgarib boradi.
Kompaniyaning madaniy an‟analari ko„pchilik submadaniyatlardan va
tarqoqlashgan va qisman tan olingan qadriyatlardan iborat bo„lganligi
uchun zaif
bo„lishi mumkin. Bu holda xodimlar o„zlarini kompaniya bilan yaxlit hisoblamaydi,
balki kompaniyaga faqat ish joyi, ishni esa faqat kun kechirish uchun pul topish
vositasi sifatida qaraydi.
Xodimlar o„z bo„limlariga, hamkasblariga, rahbariga qandaydir sodiqlikni his
etsalar ham, odatda kompaniyaga va
uning missiyasiga yaqinlikni, his-hayajonni,
bog„liqlikni sezmaydilar. Lekin kompaniyani aniq va e‟lon qilingan qoidalarga va
qadriyatlarga muvofiq ish yuritishi, rahbariyat ushbu qadriyatlarni targ„ibot etishga
ko„p kuch g„ayrat
va vaqtni sarf etishi, qadriyatlarning oddiy va katta rahbarlar
o„rtasida tan olinishi kompaniyaning madaniyatini mustahkamligini va uzviyligini
oshiradi.
71
Madaniyat chuqur ildiz otgan kompaniyalarda hattoki, uni bosh rahbarlarining
almashishi ham, uzoq vaqt davomida uning madaniyatniyati o„zgartira
olmasligi
mumkin. Tan olingan madaniyatga oliy rahbariyatning amal qilmasligi uni asta-sekin
emirilishiga izdan chiqishiga sabab bo„ladi.
Strategiyani qo„llab-quvvatlaydigan madaniyatni shakllanishiga uchta omil ta‟sir
qiladi:
1. Xaridorlar talabiga, raqobat shartlariga va strategiyaga mos keladigan
madaniyatni yaratuvchi sardorlarning mavjudligi;
2. Uzoq vaqt davomida kompaniyaning ichki muhitiga mos keladigan
an‟analarga amal kilgan holda qaror qabul qilish;
3. Tashkilotning uch asosiy elementlari xaridorlar,
xodimlar va aksiyadorlar
farovonligi to„g„risida haqikiy g„amxo„rlik ko„rsatish. Rahbarning prinsipialligi, katta
bo„lmagan guruhlarning mavjudligi, va ushbu guruh a‟zolarining muntazamligi,
geografik konsentratsiya va olamshumul muvaffakiyat mustahkam madaniyatni
shakllanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: