Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


 Kuchli va zaif korporativ madaniyat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
Strategik boshqarish

4.3. Kuchli va zaif korporativ madaniyat 
Kuchli
korporativ madaniyat 
- kompaniya madaniyati o„zida qadriyatlarini, 
ishonchlarini, an‟analarini, ishlash uslubini va ichki ishlab chiqarish muhitini 
mujassam etadi. 
Turli kompaniyalarda korporativ madaniyat kompaniya faoliyat va xulq-atvor 
normalariga turlicha ta‟sir ko„rsatadi.
Zaif korporativ madaniyat-
kompaniyalarda madaniyat quyi tizimlarga 
bo„lingan, umumiy qadriyatlar, xulq-atvor qoidalari va an‟analar bo„lmagan hollarda 
korporativ madaniyat kuchsiz va tarqoq bo„lishi mumkin. Bu holda jamoa a‟zolari 
odatda kompaniya g„amxo„rliklarini o„zlariga yaqin olmasdan, uni o„z bo„limiga, 
hamkasblariga, kasaba uyushmalari va rahbariyatga kun kechirish uchun mablag„ 
topishga xizmat qiluvchi manba sifatida ko„rib chiqadi, odatda kompaniya missiyasi 
va vazifalari ularning ehtiroslari uyg„onishiga sabab bo„lmaydi. 
Kuchli madaniyat strategiyaga mos kelgan hollarda katta ahamiyatga va 
qiymatga ega bo„ladi va aksincha. 
Biroq korporativ madaniyat faoliyat aniq belgilangan tamoyillarga asosan 
amalga oshirilayotgan, Menejerlar esa ko„p vaqtini xodimlarga ushbu tamoyillarning 
mohiyatini tushuntirishga sarflayotgan hollarda kompaniya faoliyatga yyetarlicha 
jiddiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Bunday kompaniyalarda odatda bir qator asosiy 
tamoyillar mavjud bo„lib, menejerlar qaror qabul qilishda bunday tamoyillarni 
qo„llash zarurati va ahamiyatini alohida ko„rsatib o„tadilar. Bunday kompaniyalarda 
xulq-atvor normalari va qadriyatlar shu darajaga etadiki, ular hattoki yangi ijrochi 
4

Waterman Robert H. The Seven Elements of Strategic Fit. Journal of Business, Strategy 2. 2009 №3. P. 70.


70 
direktor tayinlanganda ham, garchi vaqt o„tishi bilan yangi rahbariyat yyetarlicha 
e‟tibor qatratmaydigan bo„lsa umuman yo„q bo„lib ketadigan bo„lsada, hech ham 
o„zgarmaydi. 
Kompaniya strategiyasini amalga oshirishga katta ta‟sir ko„rsatuvchi korporativ 
madaniyatni yaratishga uchta omil xizmat qilishi mumkin: 
1. Xaridorlar ehtiyojlarini qondirish, raqobatchilik va strategiya sharoilariga mos 
kelish nuqtai nazaridan to„liq asoslangan asosiy qadriyatlar va xulq-atvor normasi 
belgilovchi, tamoyillarni o„rnatuvchi kuchli liderning mavjudligi; 
2. Kompaniya rahbariyatining belgilangan an‟analarga mos ravishda harakat 
qilish va bunda qaror qabul qilish korporativ madaniyat tamoyillari asosida o„tishi; 
3. Xaridorlar, kompaniya xodimlari va aktsiyadorlar to„g„risida doimiy 
g„amxo„rlik qilish. 
Kompaniyaning ma‟lum bir biznes sohasida uzoq muddat liderlik qilishi, 
xodimlar sonining kamligi, kompaniya rahbariyatining uzoq vaqt o„zgarmasligi ham 
korporativ madanyatining kuchli an‟analarini yaratishga xizmat qiladi.
Madaniy an‟analar kompaniyada qanchalik chuqur ildiz otganligiga va xulq-
atvor me‟yorlariga qarab, o„zgarib boradi.
Kompaniyaning madaniy an‟analari ko„pchilik submadaniyatlardan va 
tarqoqlashgan va qisman tan olingan qadriyatlardan iborat bo„lganligi uchun zaif 
bo„lishi mumkin. Bu holda xodimlar o„zlarini kompaniya bilan yaxlit hisoblamaydi, 
balki kompaniyaga faqat ish joyi, ishni esa faqat kun kechirish uchun pul topish 
vositasi sifatida qaraydi.
Xodimlar o„z bo„limlariga, hamkasblariga, rahbariga qandaydir sodiqlikni his 
etsalar ham, odatda kompaniyaga va uning missiyasiga yaqinlikni, his-hayajonni, 
bog„liqlikni sezmaydilar. Lekin kompaniyani aniq va e‟lon qilingan qoidalarga va 
qadriyatlarga muvofiq ish yuritishi, rahbariyat ushbu qadriyatlarni targ„ibot etishga 
ko„p kuch g„ayrat va vaqtni sarf etishi, qadriyatlarning oddiy va katta rahbarlar 
o„rtasida tan olinishi kompaniyaning madaniyatini mustahkamligini va uzviyligini 
oshiradi.


71 
Madaniyat chuqur ildiz otgan kompaniyalarda hattoki, uni bosh rahbarlarining 
almashishi ham, uzoq vaqt davomida uning madaniyatniyati o„zgartira olmasligi 
mumkin. Tan olingan madaniyatga oliy rahbariyatning amal qilmasligi uni asta-sekin 
emirilishiga izdan chiqishiga sabab bo„ladi. 
Strategiyani qo„llab-quvvatlaydigan madaniyatni shakllanishiga uchta omil ta‟sir 
qiladi: 
1. Xaridorlar talabiga, raqobat shartlariga va strategiyaga mos keladigan 
madaniyatni yaratuvchi sardorlarning mavjudligi; 
2. Uzoq vaqt davomida kompaniyaning ichki muhitiga mos keladigan 
an‟analarga amal kilgan holda qaror qabul qilish; 
3. Tashkilotning uch asosiy elementlari xaridorlar, xodimlar va aksiyadorlar 
farovonligi to„g„risida haqikiy g„amxo„rlik ko„rsatish. Rahbarning prinsipialligi, katta 
bo„lmagan guruhlarning mavjudligi, va ushbu guruh a‟zolarining muntazamligi, 
geografik konsentratsiya va olamshumul muvaffakiyat mustahkam madaniyatni 
shakllanishiga olib keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin